O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 41.15 Kb.
bet8/9
Sana20.01.2023
Hajmi41.15 Kb.
#1104139
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maxamatova N Usmanova2

YE = Foydaning о‘sishi (P) / Kapital qо‘yilmalar (K)
Har bir alohida holda xarajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi kо‘rsatkichlari boshqa davrlar yoki boshqa korxonalar uchun meyoriy yoki huddi shunday kо‘rsatkichlar bilan solishtiriladi.
Yechimlar variantlarini solishtirishda xarajatlarning solish-tirma iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. Eng kam qilingan xara-jatlar eng muvofiq variantning kо‘rsatkichi bо‘lib xizmat qiladi:


Zp = S + Yep K → mini ,


bu yerda, Zp – ushbu variant bо‘yicha berilgan xarajatlar;
S – joriy xarajatlar (tannarx);
K – kapital qо‘yilmalar;
Yep – kapital qо‘yilmalar solishtirma iqtisodiy samara-dorligining meyoriy koeffitsiyenti. Xalq xо‘jaligi bо‘yicha u 0,16 deb belgilangan.
Ushbu koeffitsiyentdan kelib chiqqan holda xarajatlarning о‘rnini qoplash muddatini aniqlash mumkin:
Tok = 1 : 0.16 = 6,25 yil


4. Samaradorlikni oshirishning asosiy yо‘nalishlari




Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyati ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yо‘llarini doimo qidirishni talab qiladi. Agar shunday qilinmas ekan, korxonaning qat’iy raqobat muxitida omon qolishi qiyindir. Bu ayniqsa, kichik va о‘rta korxonalarga tegishlidir. Avval aytib о‘tilganidek, ularning vujudga kelishi va rivojlanishining barcha bosqichlarida qiyinchiliklar va hal qilinmagan muammolar juda kо‘p uchraydi.
Tadbirkor muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun oddiy bozor omillari (mahsulotni doimo yangilash, sifatini oshi­rish, marketing tadqiqotlari, muvaffaqiyatli raqobat va boshqalar)dan tashqari о‘z faoliyatining samaradorligiga erishishning turli-tuman yо‘llaridan foydalanishi zarur. Bular quyidagilardir:
- ilg‘or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foyda­lanish;
- xom ashyo va materiallarning yangi turlarini qо‘llash;
- asosiy fondlardan yaxshiroq foydalanish;
- aylanma mablag‘larni aylanishini jadallashtirish;
- mehnatni tashkil qilishning samarali shakllari va usullarini qо‘llash;
- menejment fani va amaliyotining ilg‘or yutuqlaridan foydalanish;
- mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish va boshqalar.

Download 41.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling