Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Ma’danli jinslarning tabiiy va sun’iy ochilmalari


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Ma’danli jinslarning tabiiy va sun’iy ochilmalari
Togʻ jinslari va foydali qazilmalarning yer yuzasiga chiqib qolgan 
joylarni umumiy tarzda ochilmalar deyiladi. Kelib chiqishi boʻyicha 
ochilmalar tabiiy yoki sun’iy ravishda hosil qilinganlar boʻlishi mumkin. 
Foydali qazilmalarning yer yuzida tabiiy va sun’iy holda ochilib 
qolishi eng ishonchli qidirish belgisi hisoblanadi. 
Bularga qattiq foydali qazilma minerallarining toʻplanishi. Har xil 
tabiiy sharoitlarda neft va gaz uyumlarining paydo boʻlishi, suv 
manbalarining minerallanishini koʻrsatish mumkin. 
Foydali qazilmaning tub ochilmasiga qarab minerallashishning 
chuqurliklarga tarqalishi, u yoki bu elementlarning miqdori, foydali 
qazilmalarning sifati toʻgʻrisida fikr yuritish mumkin. 
Foydali qazilmalarning sun’iy ochilmalari har xil xaritalash va 
qidirish ishlari jarayonida oʻtqaziladigan togʻ qazilmalarida (burgʻilash 
qudugʻida, kanavada, shurfda) namoyon boʻladi. Ba’zi hollarda 
qurilish ishlari jarayonida, ayniqsa yoʻllar qurilishi paytida sun’iy 
ochilmalar koʻp hosil boʻladi. 
 
Foydali qazilmalarning oreollari va tarqalish oqimlari
Foydali qazilma tanalari Yer qobigʻining muayyan joylarida 
toʻplanar ekan, bu toʻplanish notekis xarakterga ega boʻladi. Odatda 
foydali qazilmaning eng koʻp toʻplangan qismi iqtisodiy talablarga javob 
beradigan boʻlib, uning atrofida sanoat talabiga javob bermaydigan 
foydali qazilma toʻplamlari paydo boʻladi va ular oreollar deb yuritiladi. 
Hosil bulish davriga qarab, oreollar ikki turga boʻlinadi: birlamchi va 
ikkilamchi oreollar. Birlamchi oreollar foydali qazilma tanalari bilan bir 
jarayonda va deyarli bir vaqtda paydo boʻladi. Ikkilamchi oreollar esa 
foydali qazilma tanasi va uning atrofidagi birlamchi oreollar hisobiga, 
ularning yemirilishi va boshqa joyga koʻchishi natijasida paydo boʻladi. 
Ularni ba’zan tarqalish oqimlari ham deyiladi. 
Birlamchi oreollar ularni oʻrab turuvchi qamrovchi jinslarga 
nisbatan: singenetik (qamrovchi jinslar bilan bir vaqtda paydo 
boʻlganlar) va epigenetik (qamrovchi jinslarga nisbatan keyinroq paydo 
boʻlgan) turlarga ajratiladi. 
Oreollarning yer yuzasiga nisbatan joylashishiga qarab: ochiq (yer 
yuzasiga chiqqan) va yopiq (yer yuziga chiqmagan) turlarga ajratiladi. 
Yopiq oreollar oʻz navbatida, nima bilan yopilganiga karab: koʻr 
(«slepoy» 

ya’ni, yer yuzasiga chiqmagan) va koʻmilgan 


36
(«pogrebenniye» - avval ochilib, keyinchalik koʻmilib ketgan) turlarga 
ajratiladi. 
Oreollar oʻzining koʻlamiga (kattaligiga) qarab: ma’dan tanalarining 
oreollari; konlarning oreollari va ma’danli maydonlarning oreollariga 
ajaratilishi mumkin. 
Oreollarning xususiyatlari (shakli, oʻlchami, tarkibi) koʻp sabablarga 
bogʻliq, shulardan eng muhimlari: 
- oreol tarkibiga kiruvchi elementlar geokimyosi
- ma’danlarning tarkibi, tuzilishi, morfologiyasi, genezisi; 
- qamrovchi jinslarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va yotish 
elementlari. 
Qidirish ishlarida foydali qazilmalarning tarqalish oreollari katta 
ahamiyatga ega. Har xil geokimyoviy jarayonlar natijasida togʻ 
jinslarida, boʻshoq yotqiziqlarda, tuproqlarda, tabiiy suvlarda, 
oʻsimliklarda kimyoviy elementlarning oʻrtacha miqdori odatdagiga 
nisbatan ancha yuqori boʻlib anomaliyalar paydo boʻladi. 
Foydali qazilma uyumlari va ularning parchalanish mahsulotlaridan 
hosil boʻlgan anomaliyalar "tarqalish oreollari" deb ataladi. 
Ular tub togʻ jinslarida (litogeokimyoviy oreol), boʻshoq jinslarda, 
tuproqlarda, 
suvlarda 
(gidrogeokimyoviy 
oreol), 
oʻsimliklarda 
(biogeokimyoviy oreol), tuproq havolarida (atmogeokimyoviy oreol) 
keng rivojlanadi. 
Masalan, galenit, sfalerit, magnenit, xalkopiritdan tashkil topgan 
qoʻrgʻoshin, 
rux 
konlaridagi 
birlamchi 
tarqalish 
oreollarida 
qoʻrgʻoshin, rux, margimush, mis va boshqa elementlarning yuqori 
miqdori kuzatiladi. 
Ikkilamchi tarqalish oreollarida esa ma’dan uyumlarining eng 
koʻp tarqalgan elementlarigina uchraydi. 
Masalan, 
mis-kolchedan 
konlaridagi 
suv 
oreollarida 
mis, 
qoʻrgʻoshin, rux kuzatiladi. Molibden konlaridagi suv oreollarida 
molibden, volfram, qoʻrgʻoshin, rux va boshqa elementlar kuzatiladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling