Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
38 3.2. Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning bilvosita belgilari Togʻ jinslarining ma’dan atrofidagi oʻzgarishlari Togʻ jinslarining ma’dan atrofidagi oʻzgarishlarini qidirish mezoni sifatida qabul qilinishiga sabab shundan iboratki, ma’dan hosil boʻlish jarayoni biron bir nuqtada foydali minerallar toʻplanishiga olib kelar ekan, atrofdagi qamrovchi jinslarga ham ta’sir oʻtkazishi muqarrardir. Demak ma’dan hosil boʻlish jarayoni doimo atrofdagi togʻ jinslarining ma’lum miqdorda oʻzgarishiga olib keladi. Lekin togʻ jinslaridagi har qanday oʻzgarish ma’dan toʻplanishiga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun bu belgi bilvosita belgilar guruhiga kiritiladi. Yondosh jinslarning oʻzgarishi faqat ma’danli gidrotermal eritmalar ta’siridagina emas, balki nurash jarayonida konlarning parchalanishidan ham paydo boʻlishi mumkin. Endogen konlardagi yondosh jinslarning ma’dan oldi oʻzgarishlari skarnlanish, greyzenlanish, kvarslanish, kaolinlanish, dolomitlanish, seritsitlanish va boshqalardan iborat. Skarn va skarnli jinslar kuchsiz nordon va oʻrtacha tarkibli magmatik intruziyalarning karbonatli choʻkindi yoki vulkanogen-choʻkindi jinslar bilan kimyoviy reaksiyasi natijasida vujudga keladi. Ular granat, piroksin va kalsiy-temirli silikatlar qatoridagi vollastonit, skapolit, epidot va amfibollardan iborat boʻlib, koʻpincha shu intruziyalarning tashqi chegarasida joylashadi. Temir, mis, polimetall, volfram, molibden, oltin, qalay, bor va boshqa konlar skarnlar bilan bogʻliq . Greyzenlar nordon tarkibli granit intruziyalari bilan bogʻliq boʻladi va ularning apikal qismlaridan joy egallaydi. Greyzenlar tarkibi: kvars, muskovit, biotit, sinnvaldit, topaz, turmalin, flyuoritlardan iborat. Greyzenlar intruziyalarning yuqori qismidagi ona togʻ jinslari orasida qolib ketgan kvarsitlar, kvarsli qumtoshlar va nordon effuzivlarga ham oʻtishi mumkin. Greyzenlashgan jinslarda qalay, vol’fram, molibden, berilliy, tantal, niobiy, vismut konlari uchraydi. Oltin, mis, rux, qoʻrgʻoshin va nodir metallar konlari seritsitlanish bilan bogʻliq. Kaolinlanish oʻrta va past haroratli qoʻrgʻoshin, rux, oltin, qalay, flyuorit, simob konlariga xosdir. 39 Kvarslanish koʻpchilik gidrotermal konlar uchun xos jarayondir. Kvarslanish ikki xil koʻrinishda: jins massasi boʻyicha va turli qalinlikdagi tomirlar koʻrinishida boʻlishi mumkin. Togʻ jinslarining ma’dan oldi oʻzgarishi katta qidirish ahamiyatiga ega. Chunki ular koʻzga oson tashlanuvchi yorqin ranglarga ega boʻlgan holda foydali qazilma uyumi kattaligiga nisbatan keng maydonlarni egallaydi. Shuni hisobga olish kerakki, togʻ jinslarining ma’dan oldi oʻzgarishlarida har doim ham sanoatga yaroqli ma’danlar uchramaydi. Nordon va oʻrta tarkibli intruziv jinslarning gidrotermal jarayonda oʻzgarishi ikkilamchi kvarsitlar hosil boʻlishiga olib keladi va ular tarkibida kvars bilan birga seritsit, kaolinit, andaluzit, alunit, pirofillit hamda rutil, turmalin va ma’danli minerallar (pirit, xalkopirit, gematit, molibdenit) boʻladi. Bundan tashqari, ikkilamchi kvarsitlar formatsiyasi bilan misli, mis-molibdenli, molibdenli konlar bogʻliq boʻladi. Djasperoidlarni qoʻrgʻoshin, rux, surma va simob konlarida uchratish mumkin. Berezitlar – gidrotermal jarayonlar natijasida oʻzgargan granitoid tarkibli (granit-pofir, kvarsli-parfirlar) jinslarda rivojlanadi hamda kvars, seritsit, pirit va rutil kabi minerallardan iborat boʻladi. Oltin konlarida va molibden, volfram, misli obyektlarda berezitli oʻzgarishlar keng miqyosda uchraydi. Undan tashqari, ma’danlarni qamrovchi jinslarning tarkibiga mos ravishda gidrotermal jarayonning ta’siri quyidagicha boʻladi: - asos tarkibli magmatik jinslarda joylashgan gidrotermal foydali qazilma konlarida odatda, karbonat-kvars paragenezisli metasomatik oʻzgarishlar (listvenitlar) uchraydi. Listvenitlar tarkibida pirit, xlorit, talk, seritsit, serpentin va aktinolit minerallari boʻladi; - oʻta asos tarkibli togʻ jinslarida serpentinlanish va “talklanish” jarayonlari uchraydi, hamda vulkanogen togʻ jinslariga bogʻliq boʻlgan oltin va kumushli-surma va qoʻrgʻoshin-rux konlarida “propilitlanish” kuzatiladi. Propilitlanish jarayonida birlamchi togʻ jinslari tarkibida xlorit, korbanat, epidot va pirit minerallari paydo boʻladi. “Temir shlyapalari” – getit, gidrogetit, gematit, xalsedon, opal, pirit, malaxitlardan iborat sulfidli ma’danlarning oʻzgarishlari ishonchli izlash belgisi boʻlib, obyekt sifatida sanoatimizni qiziqtirishi mumkin. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling