Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


3.1. Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 


34
3.1. Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning 
bevosita belgilari 
 
Qidirish belgilarining klassifikatsiyasi
Yer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki 
bor boʻlishi mumkinligidan darak beruvchi dalillar - qidirish belgilari 
deyiladi. 
Darak beruvchi faktlar va hodisalarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
Konlarning hosil boʻlishi, oʻzgarishi va yemirilishi jarayonlarining 
izlari; 
- Foydali qazilmalar va qamrovchi jinslarning fizik, kimyoviy va 
mineralogik xususiyatlari; 
- Insonlar faoliyati haqida tarixiy ma’lumotlar. 
Yer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki 
bor boʻlishi mumkinligidan toʻgʻridan-toʻgʻri darak beruvchi dalillar -
bevosita qidirish belgilari deyiladi. 
Yer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki 
bor boʻlishi mumkinligidan biron-bir vosita orqali darak beruvchi 
dalillar - bilvosita qidirish belgilari deyiladi. 
 
Bevosita qidirish belgilari quyidagicha tasniflanadi:
1. Foydali qazilmalarning yer yuzasiga chiqishi; 
2. Foydali qazilmalarning oreollari va tarqalish oqimlari
3. Foydali qazilmalarning alohida fizik xususiyatlari; 
4. Tarixiy ma’lumotlar.
 
Bilvosita qidirish belgilari quyidagicha tasniflanadi: 
1. Ma’danoldi oʻzgarishlari; 
2. Tomirsimon minerallarning mavjudligi; 
3. Foydali qazilmalar va qamrovchi jinslarning fizik 
xususiyatlaridagi farqlanish (geofizik anomaliyalar); 
4. Relyefning oʻziga xos xususiyatlari
5. Gidrogeologik belgilar; 
6. Botanik belgilar; 
7. va boshqalar. 
Yuqorida keltirilganidek, foydali qazilma borligidan yoki bor 
boʻlishi mumkinligidan toʻgʻridan-toʻgʻri darak beruvchi dalillar -
bevosita qidirish belgilari deyiladi. Ular toʻrtta turga ajaratiladi. 


35

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling