Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
Geomorfologik mezon Ma’lumki, yer yuzi relyefining paydo boʻlishini geomorfologiya fani oʻrganadi. Tub togʻ jinslarining parchalanishi va boʻshoq materiallarning qayta yigʻilish bilan bogʻliq boʻlgan konlarning fazoviy holatini geomorfologik mezon aniqlaydi. Bularga har xil sochilma konlar, nurash konlari, gillar, qumlar va shagʻallar kiradi. Geomorfologik mezon sochilma konlarni qidirishda katta ahamiyatga ega. Hozirgi va qadimgi daryo vodiylarining paydo boʻlish tarixini oʻrganish natijasida har xil nodir metallar sochilmalarini topishga imkon tugʻiladi. Relyefning asosiy shakllari nurash va muzlik yotqiziqlari rivojlangan maydonlarga xosdir. Juda katta boksit, marganes, nikel, nodir metall konlari tekislangan nurash yuzalari bilan bogʻliq . 32 Relyefning muzlik shakllari (ozlar, drumlinlar, kamlar) yuqori sifatli qum, shagʻal konlarini qidirish uchun ishonchli belgi hisoblanadi. Oʻzgargan togʻ jinsi maydonlarida joylashgan ma’dan uyumlarini qidirishda geomorfologik kuzatishlar katta yordam beradi. Nurashga chidamli ma’dan uyumlari, daykalar oʻzgargan maydonlar relyefining musbat shaklini paydo qiladi. Oson nuraydigan oksidlangan sulfidli ma’dan uyumlari va tektonik harakatga uchrab buzilgan togʻ jinslari manfiy relyef shakllarini hosil qiladi. Bunday holatlarni aerofotosuratlar yordamida, dala ishlariga chiqish bosqichidan oldin, geomorfologiya belgilari boʻyicha u yoki bu foydali qazilmalarni qidirish uchun qiziqarli maydonlarni ajratish mumkin. Geomorfologik mezon Yer qobigʻining hozirgi zamon tektonika harakati bilan bogʻliq boʻlgan, yosh koʻtarilmalarni aniqlashga va neft, gaz konlarini qidirishga yordam beradi. Metamorfogen mezon Turli magmatik va choʻkindi togʻ jinslari Yer qobigʻining rivojlanishi jarayonida metamorfizmga uchraydi. Harorat va bosimning oʻzgarishi natijasida metamorfizmga uchragan togʻ jinslarida yangi metamorfogen konlar paydo boʻladi. Flogopit, grafit, temirli kvarsit, marmar, island shpati, granat kabi foydali qazilma konlarining paydo boʻlishi metamorfizm bilan bogʻliq. Metamorflashgan va metamorfogen konlarning yondosh jinslari uchun oʻziga xos oʻzgarishlar xarakterlidir. Masalan, oʻta asos jinslarning serpentinlanishi, gneyslarning grafitlanishi, ohaktoshlarning marmarlanishi ular bilan bogʻliq konlarni qidirish mezonlari boʻlishi mumkin. Bunday oʻzgarishlar faqat regional metamorfizm ta’siridagina sodir boʻlmasdan, chuqurlikdagi magma ta’sirida ham sodir boʻladi. Bu esa maydonda qidirishning istiqbollarini ancha oshiradi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling