O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti fizika va texnoligik ta’lim fakulteti Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi Abduvaitova Durdona Umid qizining
-modda. Markaziy vakolatli organlar
Download 179.57 Kb.
|
BMI yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-modda. Hamkorlik yo’nalishlari
4-modda.
Markaziy vakolatli organlar 1. Ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirishda quyidagilar Tomonlarning markaziy vakolatli organlari ( markaziy organ yoki markaziy organlar) etib tayinlandilar: O’zbekiston Respublikasi uchun: Milliy xavfsizlik xizmati; Pokiston Islom Respublikasi uchun: Ichki ishlar vazirligi. 38 2. Tomonlar o’zlarining markaziy vakolatli organlari ro’yxatiga kiritilgan har qanday o’zgartirishlar to’g’risida bir-birlarini imkon qadar tez xabardor qiladilar. 3. Markaziy vakolatli organlar ushbu Bitim doirasida hamkorlik qiladilar. 4. Markaziy vakolatli organlar uchrashuvlarni o’tkazish va hamkorlikni kengaytirish qoidalarini ishlab chiqadilar. 5-modda. Hamkorlik yo’nalishlari 1. Tomonlar 2 – modda qoidalariga muvofiq xalqaro terrorizmga qarshi kurashda , shu jumladan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik qiladilar: Terrorizmning jamoat xavfsizligiga tajovuz qiluvchi barcha ko’rinishlariga qarshi kurash; Bir Tomon davlat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo’lgan terrorchilik tashkilotlar faoliyatini, terrorchilarni tayyorlash markazlari hamda shaxslarni aniqlash va bartaraf etish; Terrorchilik tashkilotlarini o’qotar qurollar , o’q-dorilar, ko’p maqsadli harbiy uskuna, portlovchi, zaharlovchi, biologik va kimyoviy moddalar bilan ta’minlash yo’llarini aniqlash hamda oldini olish; Terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish maqsadida giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanmasi bilan shug’ullanuvchi terroristik tashkilotlar, guruhlar va shaxslarning faoliyatini oldini olish; Terrorizmni qo’llab quvvatlashda shubhalanayotgan terrorchilik tashkilotlar yoki shaxslarga moliyaviy aktivlarni va pul o’tkazishini amalga oshirishni oldini olish maqsadida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish; Ularning davlatlari hududlarida terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida foydalanishni, ta’minot bazalari, o’quv lagerlari va markazlarining yaratilishi, terrorchilik harakatlarini tayyorlash yoki tashkil etishni oldini olish bo’yicha choralarni qo’llash; Tomonlar davlatlari fuqarolarini terrorchilik tashkilotlarga terrorchilik harakatini amalga oshirishda yordam berish maqsadida yollanishini bartaraf etish bo’yicha choralarni qo’llash; 39 Terrorchilik harakatlarining transportning barcha turlari, hayotni ta’minlash hamda aloqa obektlariga, insonlar hayoti va salomatligi hamda atrof-muhit uchun xavf solinishiga qaratilgan har qanday shakli va ko’rinishlarini oldini olish; Tomonlar davlatlarida ro’yxatga olingan havo kemalarining xavfsizligini Tomonlar davlatlari ishtirok etgan fuqaro aviatsiyasiga taaluqli xalqaro konvensiyalarning qoidalariga muvofiq ta’minlash; Tomonlar tashuvni amalga oshirishni o’zaro kelishilgan holda qimmatbaho va maxsus yuklarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash; Terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin bp’lgan harbiy aslahalar va ikki yoqlama maqsaddagi tovarlarni eksport qilishni nazorat qilsish; Terrorchilik harakatlarini oldini olish, aniqlash, bartaraf qilish va tergov olib borish, shuningdek ularga daxldor shaxslarni javobgarlikka tortish bo’yicha o’zaro kelishilgan choralarni ishlab chiqish; ( Bu Bitim 19 moddadan iborat bo’lib qolgan moddalarni O’zbekiston respublikasi xalqaro shartnomalar to’plami, 2006 – y, 1-2 son dan topishingiz mumkin) ,, Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, mintaqa va umuman dunyodagi vaziyatning murakkabligiga qaramay, mamlakatimizning yangi islohotlar va rivojlanish davrida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilib kelinayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat hamda xalqimizning kuchli irodasi, mehnatsevarligi, bag’rikengligi va ma’rifatparvarligi tufayli mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta’minlanib kelinmoqda. Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo’shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan turli millat va din vakillarining eng asosiy vazifalaridan bo’lmog’i lozim.” O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Boshqarmasi mas’ul kotibi F.Y.Elmirzayev. 40 Download 179.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling