1-topshiriq: Har 2 talaba birgalikda turli parrandaning 3 boshiga kompleks baho bering va jadvalni to’ldiring
AMALIY MASHG’ULOT № 18
Cho’chqalarni go’sht sifatlarini va mahsuldorligini baholash
Darsning maqsadi- cho’chqalarni semizligini va mahsuldorligini xisobga olishni urganish.
Darsning mazmuni va uni o’tkazish – cho’chqalarni go’shtdor bo’rdoqi sifatlarini muhim ko’rsatkichlari–o’rtacha sutkalik o’sish, o’sish birligiga ozuqa sarflanishi, so’yim vazni, so’yim chiqim, nimtalanmagan go’shtning sifati. Hozirgi zamon cho’chqalar zotini bo’rdoqilashda ular 6 oyligida 100 kg tirik vaznga ega bo’ladilar, sutkalik o’sish 600-700g va 1 kg o’sishga 3,6-3,8 ozuqa birligi sarflanadi.
Tirik vazni, dudlangan cho’chqa yog’i qalinligi va yoshiga qarab cho’chqalar 5 turkumga bo’linadi.
Birinchi va ikkinchi turkumga ona cho’chqalar kirmaydi. Birinchi turkumga 8 oyga yetgan barcha cho’chqalar kiradi. Tirik vazni 80-105 kg. Nazorat so’yishda qo’yidilagi talablarga javob berish kerak: muskul to’qimasi yaxshi rivoj topgan, dudlangan yog’i zich.
Ikkinchi turkumga go’shtdor yosh, 60-130 kg cho’chqalar kiradi.
Uchinchi turkumga yog’li cho’chqalar, ona va erkak cho’chqalar kiradi. To’rtinchi turkumga 130 kg ziyod tirik vaznga ega erkak va ona cho’chqalar kiradi.
Beshinchi turkumga sut emadigan cho’chqa bolalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |