Estoniya bekon zoti. Erkak chuchkalar 290 – 320 kg, urgochilari
220-250 kg. Bir tukkanida 11 – 12 bola beradilar, sutdorligi 75 – 90 kg. Jadal burdokilanganda yosh chuchkalar 6 oyligida 90 -100 kg ga yetadi.
SHimoliy kavkaz zoti kupincha zich go’sht-yog xildagi chuchkalar. Erkaklari 240 – 280 kg, urgochilari – 200 kg atrofida tosh bosadi. Bir tukkanida 10 – 11 bola beradi, sutdorligi 65-70 kg. Xayvonlar maxalliy sharoitga moslashgan, yaxshi burdokilanadi.
Boshka chuchka zotlaridan ukraina chul, mirgorod, shimoliy sibir, bretov, liven, berkshir zotlari urchitiladi.
Quyonchilikdan xilma-xil mahsulot va xom ashyolar olinishi mumkin. Xalqimiz iborasida aytganda "Etti xazinaning biridir". CHunonchi mustaqil O’zbekistonda rivojlanishining bozor iqtisodi yo’nalishini tanlagan bir paytda fermerlik, shirkat, xatto dehqon xo’jaliklarning taraqqiy etishida tadbirkorlik vositasi sifatida foydalansa bo’ladigan tarmoqdir. O’zbekiston sharoitida ana shu imkoniyatlar mukammal ishga solinsa, barcha xo’jaliklar sharoitida katta bevosita aholining farovonligi oshishi va xukumatimiz yo’llanmasiga layoqatli xissa kushgan bo’linadi.
Quyondan parxez go’sht, xar xil mo’ynalar, charm-terisi, sifatli mayin tivit, har xil konserva mahsulotlari, turli fermentlar, tutilgan bolalarini 2 kunlikkacha biolaboratoriyalarga topshirib har xil vaktsinalar tayyorlash, quloq kaft chiqim (so’yishda) laridan oliy navli yelim, qushxona chikitlaridan go’sht-suyak uni, hamda gung organik o’g’it va boshqa narsalar yetishtirish mumkin.
O’zbekistonda quyonlar asosan go’sht va muynasi uchun bokiladi. Quyon muynasi rang-barang, yengil, chiroyli va arzonga tushishi uchun undan keng foydalaniladi. Undan bolalar palьtosi, telpak, yoqa, poyafzal tayyorlanadi.
Quyon tez yetiladi, shuning uchun kiska vakt ichida undan kuplab parxez, yukori sifatli quyon go’shti yetishtiriladi. Yiliga bir ona quyon xisobiga 70-80 kg go’sht va 25-35 dona muyna olish mumkin. Bir kilogramm quyon go’shti yetishtirish uchun kuy, chuchka yoki koramol go’shti tayyorlashdagiga nisbatan kam ozuka sarflanadi.
Quyon go’shti tarkibida oksil kup, xolesterin kam bulganligi tufayli ayniksa bolalar, xomilador va emizikli ayollar, shuningdek oshkozoni kasal va yurak-tomir kasalligiga chalingan kishilar uchun juda foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |