2-jadval. Qora mollarning oriq semizligiga ko’ra go’sht va yog’ chiqimi
(tirik vazniga ko’ra foiz hisobida)
№
|
Mollarning semizligi
|
Go’sht (to’shi)
|
Yog’
|
1
|
Yuqori semizlikda bo’lganda
|
47,0-50,3
|
3,3-6,4
|
2
|
O’rta semizlikda bo’lganda
|
44,2-48,4
|
2,3-4,4
|
3
|
O’rtadan past semizlikda bo’lganda
|
40,9-45,2
|
1,3-2,2
|
4
|
Oriq bo’lganda
|
37,2-41,0
|
0,5-0,8
|
|
1-kategoriyadagi novvoslar
|
50,0
|
2,3
|
|
2-kategoriyadagi novvoslar
|
48,0
|
0,8
|
|
1 va 2 kategoriyadagi buzoqlar
|
52,3
|
0,68
|
|
Oriq bo’lgan buzoqlar
|
42,0
|
-
|
Muzlangan go’shtni muzdan tushirish (defrostatsiya)
Muzlatilgan go’sht tabiiy va sun’iy usulda eritiladi.
Sun’iy eritish – kameradagi havo rejimi (harorat, namlik, havoning aylanishi) buzmasdan amalga oshiriladi.
Tabiiy eritish – (issiqlik ta’sirida) deyarli bir maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunga sabab, go’shtning shirasi tananing va to’qimalarning shimilmasdan tashqariga oqib ketadi. Bunda go’sht oziq moddalarini bir muncha yo’qotadi va lattaga o’xshab qoladi.
Agar go’sht maxsus kamera (defroster)larda sekinlik bilan sun’iy eritilsa, erigan suv va go’sht shirasi kolloidlar tomonidan shimib olinadi.
Nimtalar asosan bo’laklarga bo’lingan holda eritiladi. Bo’laklar nimtaning chorak, ya’ni 1/4 qismidan kichik bo’lmasligi kerak, chunki mayda bo’laklar shirani ko’p yo’qotadi.
Eritilgan go’sht 1-3 kun 0 –2 haroratda saqlanadi. Bu vaqtda u shirasini yo’qotmaydi va suv kolloidlari tomonidan shimiladi va go’shtning ustida harorat –1 bo’ladi. SHunday usulda eritilgan go’sht 0 haroratda 6-8 kun saqlanishi mumkin. Muzlatilgan go’shtni eritish uchun 2-5 kun vaqt sarflanadi.
Dezinfektsiya. Dezinfektsiyalash uchun har xil magor zamburug’lariga aktiv ta’sir etadigan moddalarni tanlab olish talab etiladi. Kameralarni dezinfektsiya qilish uchun 5% temir sulьfat tuzining eritmasi, 5 o’yuvchi natriy (NaON)ning eritmasi, antiseptol (/tarkibida 25% xlor bo’lgan xlorli ohakdan 2,5 kg, 35 kg kalьtsiylangan soda va 100 litr suv aralashmasi) ishlatiladi. Taniqli olim, prof. M.Danilov bu borada ko’plab kuzatishlar olib borgan va uning fikriga ko’ra kameralarni BUV-15 va BUV-30 markali lampalar bilan zararsizlantirishni ma’qul deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |