O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Download 2.97 Mb.
bet41/44
Sana12.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1699951
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
Sut amaliy

AMALIY MASHG’ULOT № 25
Parranda go’shtlarini tayyorlash va saqlash texnologiyasi
Parrandachilik – kishlok xujaligining muxim tarmogidir. Tovuklar, o’rdaklar, gozlar va kurkalar ayniksa axamiyatlidir. Bu parrandalar kiska muddatda katta mikdorda yukori tuyimli, ozukaviy maxsulotlarni beradilar. Parrandadan olinadigan go’sht 21 % ga yakin oksil va, ayniksa burdokilanganda kupgina yogga ega. Tuxumda 13 % oksil, 10 % yog, 1 % mineral moddalar va kupgina vitaminlar bor. Bundan tashkari parranda yengil sanoatga kimmatli xomashyo – pat va par xamda siydik kislotasini beradi.
Parranda turlarining maxsuldorlik sifatlari, (tuxumdorlik va go’shtdorlik),, xar xil darajada rivojlangan. Jumladan, tovuklar kuprok tuxumdorlik bilan, kurka va gozlar katta vazn bilan ajraladi. Tovuk va urdaklar tuxum va go’sht , kurka va gozlar fakat go’sht olish uchun urchitiladi.
Tuxum yunalishidagi tovuk zotlari (leggorn, rus ok tovuki), erta yetiladilar va yaxshi oziklantirish va asrash sharoitlarida tuxum berishni 4,5-5 oyligida boshlaydilar. Go’sht-tuxum va zotlar sekinrok yetiladilar va tuxum berishni 6-7, xattoki 8 oyda xam berishni boshlaydilar.
Gozlarning jinsiy yetilishi 275-320 kunligida sodir buladi.
Tuxum berish kobiliyati xar xil turdagi parrandada ayniksa xar xildir. Tovuklarning yaxshi tuxumdorligi oyiga 200 – 230 donaga, urdaklarniki 120 – 150, kurkalarniki 100 – 120, gozlarniki 40 – 60 donaga yetadi.
Birinchi yili tovuklarning, urdaklarning va kurkalarning tuxum berishi eng yukori buladi, sung yosh ulgayishi bilan pasayadi. Leggorn zotli tovuklar ikinchi yili 14 % ga, uchinchi yili – 16 % ga birinchi yilga karaganda tuxum berishni kamaytiradilar. Kelgusida yil sayin tuxumdorlik pasayib boradi. Tovuklarning urtacha maxsuldorlik xayoti 3 yildan oshmaydi, lekin tugri utkazilgan naslchilik ishida, yaxshi oziklantirish va saklash sharoitlarda bu muddatni uzaytirish mumkin.
Sanoat xujaliklarida (parrandachilik fabrikalarida, yirik fermerlik xujaliklarida), tovuk, urdak va kurka podalari xar yili yangilanadi.
Tovuklarda va kurkalarda teskari vaziyat-gozlarda tuxum berish yosh ulgayishi bilan oshadi. Jumladan, ikkinchi yili birinchi yilga nisbatan tuxum berish 15-20 %, uchinchi yili 30 – 45 % ziyod buladi. Kelgusida gozlarning tuxum berishi pasayadi.
Tovuk va urdaklarda zotlik tafovut yaxshi seziladi. Tuxum yunalishidagi tovuklarda va urdaklarda tuxum berish urtacha 10 – 12 % ga go’sht-tuxum yunalishdagilarga va deyarli 2 martaga go’shtdor yunalishdakilarga karaganda ziyoddir.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling