Qandli quyultirilgan sut tarkibidagi
kislotalilikni aniqlash.
Ishni olib borish tartibi: Hajmi 100 ml bo’lgan konussimon kolbaga 10 ml sut bilan aralashtirilgan quyultirilgan eritmadan o’lchab olinadi va uning ustiga 20 ml distillangan suv quyiladi. Aralashma yaxshilab aralashtiriladi va ustiga 3 tomchi fenolftaleindan tomiziladi. So’ngra kolba chayqab turilgan holda 0,1 normalli ishqor eritmasi bilan och qizgish rangga kirguncha titrlanadi.
Hisob.
Bunda:
a – titrlash uchun ketgan ishqorning miqdori, ml.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Titrlash qurilmasi, shtativ, byuretka, 100 ml konussimon kolba, 10, 20 ml-li pipetkalar, 0,1 normalli ishqor eritmasi, fenolftaleinning 2 % spirtli eritmasi.
Qandli quyultirilgan sut tarkibidagi
yog miqdorini aniqlash.
Ishni olib borish tartibi: Jiromer asbobiga 10 ml sulьfat kislotasi va 10,77 ml tayyorlangan eritmadan quyiladi. So’ngra aralashma yaxshilab aralashtiriladi va ustiga 1 ml izoamil spirt solib aralashtiriladi. Jiromer og’zi probka bilan mahkamlanadi va 700S haroratli suv hammomida mahsulot tarkibidagi yog miqdorining erishi uchun 5 minut davomida qizdiriladi. Qizdirilgan aralashma tsentrifuga jihozida 1000 ayl./minut davomida tsetrifugalanadi. Bunda quyultirilgan sut tarkibidagi yog miqdori ajralib chiqadi va natijasi hisoblanadi. Quyultirilgan sut tarkibidagi yog miqdori 8-8,5 % dan ham bo’lmasligi kerak.
Hisob. Topilgan yog miqdori 2,57 ga ko’paytiriladi va quyultirilgan sut tarkibidagi yog miqdori foizlarda hisoblanadi.
J= X* 2,57
Bunda:
X- topilgan yog miqdori, ml
Kerakli jihoz va reaktivlar: Sut uchun jiromer asbobi, tsentrifuga jihozi, 10,77 ml-li pipetka, suv hammomi, 100 0S li harorat o’lchagich, sig’imi 1,81-1,82 bo’lgan sulьfat kislotasi, sig’imi 0,810-0,812 bo’lgan izoamil spirti.
Qandli quyultirilgan sut tarkibidagi namlikni
Do'stlaringiz bilan baham: |