refraktometr asbobida aniqlash.
Ishning borishi: SHisha probirka olib uning ichiga suv bilan aralashtirilmagan yaxshilab chayqatilgan qandli quyultirilgan sut quyiladi, og’zi harorat o’lchagichli probka bilan mahkamlanadi. Tarkibidagi laktoza kristallarining erishi uchun suv hammomida harorati 90 0S bo’lguncha saqlanadi. Bunday haroratda uning tarkibidagi laktoza kristallari batamom eriydi. So’ngra probirka suv hammomidan olinadi, probirka devoridagi kondensatsiyalangan suv tomchisi harorat o’lchagich yordamida sutga qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra probirkadagi qandli quyultirilgan sut aralashmasi 18-19 0S haroratli suvda tez sovutiladi. Sovutish jarayonida probirkadagi sut aralashtirilmaydi. Sovutilgan sutdan tezda 1-2 tomchi olinib refraktometrning toza, quruq prizmasiga tomiziladi va undagi quruq moddalar miqdori refraktometrning shkalasiga qarab aniqlanadi.
Hisob. Qandli quyultirilgan sut tarkibidagi namlik refraktometrning ko’rsatgichiga qarab quruq moddaga nisbatan 100 % farqda topiladi.
Kerakli jihoz va reaktivlar: RL markali refraktometr, termometrli probirka, probirkalar uchun shtativ, suv hammomi, plita.
Qandli quyultirilgan sut tarkibidagi sut qandi
kristallarining kattaligini aniqlash.
Bu usul sut qandi kristallarining mikroskop ostida o’lchashga asoslangan. Qandli quyultirilgan sut tarkibidagi kristallar piramida shakliga ega bo’ladi.
Ishning borishi: Yaxshilab aralashtirilgan qandli quyultirilgan sutdan shisha tayoqcha yordamida ozroq olinadi va shisha yuzasiga tomiziladi. Sut tarkibidagi sut qandi kristallarining kattaligi mikroskop ostida ko’riladi va chizib olinadi.
Kerakli jihoz va reaktivlar: mikroskop, qandli quyultirilgan sut.
AMALIY MASHG’ULOT № 10
Ishni olib borishdan maqsad: Quruq sut ishlab chiqarish usullari bilan talabalarni tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |