O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Download 2.97 Mb.
bet15/44
Sana12.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1699951
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
Sut amaliy

Ishni olib borish tartibi: Hajmi 200 ml bo’lgan kimyoviy stakanga 100 gramm quyultirilgan sutdan o’lchab olinadi. Sut ustiga 70 0S haroratli yangi qaynatib olingan distillangan suvdan 100 ml quyiladi va sut shakari erishi uchun yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra tayyorlangan eritma isrof qilinmasdan hajmi 250 ml bo’lgan kolbaga quyiladi. Eritma harorati 20 0S bo’lguncha suv jo’mragi tagida sovutiladi va belgisigacha suv quyiladi.
Ishchi eritmani tayyorlash uchun sig’imi 500 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga pipetka yordamida 25 ml tayyorlangan eritmadan o’lchab quyiladi va uning ustiga 200 ml distillangan suv solib aralashtiriladi. Oqsillarning cho’kmaga tushishi uchun aralashmaga 10 ml mis kuporosi va 1 n. (NaON) ishqor eritmasidan 4 ml solinadi va distillangan suvdan kolba belgisigacha quyib aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashmadagi oqsillar cho’kmaga tushishi uchun tindirib qo’yiladi. So’ngra quruq kolbaga filьtr orqali filьtrlab olinadi.
Agar ishqor qo’shib aralashma tindirilganda, aralashmada cho’kma hosil bo’lmasa, yoki aralashmaning yuqori qismi tiniq holga kelmasa, u holda ishchi eriitma miqdori kamaytirilib qayta tayyorlanadi.
Tayyorlangan ishchi eritmadan pipetka yordamida 25 ml olib sig’imi 300 ml bo’lgan kolbaga quyiladi, kolba og’zi harorat o’lchagichi bo’lgan probka bilan yaxshilab berkitiladi. Bunda harorat o’lchagichning pastki qismi eritmaga tushib turishi kerak. Eritma harorati 68-70 0S bo’lguncha suv hammomida qizdiriladi va saxaroza inversiyalanishi uchun sig’imi 1,12 bo’lgan xlorid kislota (NCl) eritmasidan 2,5 ml qo’shiladi hamda 10 minut davomida aralashtirgan holda suv hammomida saqlanadi. So’ngra harorat o’lchagichni olmagan holda kolba 20 0S gacha tez sovutiladi.
Sovutilgan eritmaga 0,5 % li metiloranj eritmasidan bir tomchi tomiziladi va tez-tez aralashtirgan holda 1 normalli natriy ishqor (NaOH) eritmasi bilan rangi o’zgarguncha titrlanadi. Titrlash 2-3 marta qaytariladi. Birinchi va ikkinchi titrlash orasidagi farq 17,1 ga ko’paytiriladi va 25 ml ishchi eritmadagi saxarozaning milligrammlardagi miqdori topiladi.
Hisob. 25 ml ishchi eritmadagi quyultirilgan sutning grammlardagi miqdori quyidagicha topiladi:


gramm

Quyultirilgan sut tarkibidagi saxarozaning miqdori quyidagi ifoda orqali topiladi:



Bunda, X- quyultirilgan sut tarkibidagi saxaroza miqdori, %
g- 25 ml ishchi eritmada topilgan saxaroza miqdori, mg.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Texnik tarozi, 200 ml-li kimyoviy stakan, 250-500 ml-li kolbalar, 2 ta 25 ml-li pipetka, 25-50 ml-li byuretka, suv hammomi, pipetka, harorat o’lchagich, 4, 10 va 200 ml-li o’lchov tsilindrlari, 7% li SiSO4*5N2O eritmasi, 1n va 0,1 normalli ishqor eritmasi (natriy yoki kaliy ishqori), yod eritmasi, 0,1 n-li giposulьfit eritmasi, sig’imi 1,12 bo’lgan xlorid kislota (NSl) eritmasi (ya’ni sig’imi 1,19 bo’lgan kontsentrlangan kislotadan 100 ml olinadi va u 200 ml-gacha distillangan suv bilan aralashtiriladi), 0,5 % li metiloranjning spirtli eritmasi, 1% qraxmal eritmasi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling