AMALIY MASHG’ULOT № 8
Ishni olib borishdan maqsad: Qaymoq turlari va uning olinish usullari bilan talabalarni tanishtirish.
Ish davomida talaba quyidagilarni bilishi va bajarishi shart: Qaymoq sifatini organoleptik va fizik-kimyoviy usullar orqali aniqlashni bilish.
Ishning mazmuni
Qaymoq sifatiga organoleptik jihatdan baho berish.
Qaymoq tarkibidagi saxaroza miqdorini aniqlash.
Qaymoq tarkibidagi kislotalilikni aniqlash.
Qaymoq tarkibidagi yog miqdorini aniqlash.
Qaymoqning ifloslanish darajasini aniqlash.
Qaymoq sifatiga organoleptik jihatdan
baho berish.
Organoleptik jihatdan tekshirish sezgi organlari vositasida olib boriladi.
Bu usul bilan qaymoqning tashqi ko’rinishi tekshiriladi; uning rangi, ta’mi, hidi va konsistentsiyasi aniqlanadi.
Ishning borishi
Qaymoqning tashqi ko’rinishini tekshirish. Qaymoqqa organoleptik jihatdan baho berishda uning idishini ko’zdan kechirish bilan boshlanadi. Buning uchun idishning standart talabiga javob berishi tekshiriladi; idish chetidan quyib qolish holati kuzatiladi; idishning qaymoq bilan to’laligi aniqlanadi.
Standart talabiga ko’ra, idishdagi qaymoqning tashqi ko’rinishi toza, chetlaridan qaymoq oqmagan, idish og’zi mahkam yopilgan; idishi metaldan bo’lsa pachoqlanmagan, shisha idishda bo’lsa darz ketmagan, chetlari uchmagan bo’lishi lozim.
Qaymoqning rangini aniqlash. Qaymoqning rangini aniqlash uchun qaymoq toza va quruq shisha idishga quyiladi. Tabiiy yorug’likda uning rangi aniqlanadi.
Qaymoq tarkibidagi yog’ miqdoriga qarab oq, ko’kishroq, sarg’ishroq-oq rangli bo’lishi mumkin.
Qaymoqning ta’m va hidini aniqlash. Qaymoq ta’mini aniqlashdan oldin idishdagi qaymoq yaxshilab aralashtiriladi. Maxsus idish yoki kimyoviy stakanga quyiladi va ichib qo’rish orqali ta’m va hidi aniqlanadi.
Qaymoq ta’mi sal shirinroq, sut mahsulotiga xos hidga, begona ta’m va hidsiz bo’lishi kerak.
Qaymoqning konsistentsiyasini aniqlash. Qaymoq konsistentsiyasini aniqlashda uning bir jinsligiga, ya’ni idish tubida cho’kma bor yoki yo’qligiga, qaymoq yog’ining bir tekistda tarqalganligiga e’tibor beriladi.
Qaymoqning konsistentsiyasini aniqlash uchun toza kimyoviy stakan olinadi. Stakanga qaymoq bir me’yorda quyiladi va bir jinsliligi kuzatiladi.
Qaymoqning konsistentsiyasi quyuq, bir jinsli bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |