AMALIY MASHG’ULOT № 7
Ishni olib borishdan maqsad: Pishloq ishlab chiqarish usullari bilan tanishish.
Ish davomida talabalar quyidagilarni bilishlari va bajarishlari shart: Pishloq sifatini organoleptik va fizik-kimyoviy usullar orqali aniqlashni bilish.
Ishning mazmuni:
Pishloq sifatiga organoleptik jihatdan baho berish.
Pishloq tarkibidagi namlikni aniqlash.
Pishloq tarkibidagi yog miqdorini aniqlash.
Pishloq tarkibidagi tuz miqdorini aniqlash.
Pishloq sifatiga organoleptik jihatdan
baho berish.
Pishloq sifatiga organoleptik jihatdan baho berishda uning tashqi ko’rinishi, konsistentsiyasi, rangi, ta’mi va hidi hisobga olinadi.
Tashqi ko’rinishi. Qadoqlangan mahsulotni ko’zdan kechirganda uning mahkam berkitilganligi, qopqog’ining bo’rtib chiqqan yoki chiqmaganligi. Idishining pachoqlanganligi va boshqa xil defektlar kuzatiladi.
Idish ochilgach, mahsulotning yuzasi ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotning yuza qismi toza, yaltirroq holda bo’lishi kerak. Qopqog’ining ichki qismi zanglanmagan, yoki qora dog’lari bo’lmasligi lozim.
Konsistentsiyasi. Pishloqning konsistentsiyasini aniqlashda uning yopishqoqligiga e’tibor beriladi. Pishloqning konsistentsiyasi bir jinsli, yumshoq yoki qattiq bo’lishi kerak.
Ta’mi va hidi: Pishloqning ta’mi sho’r, sal sho’rroq, nafis ta’mli, xech qanday begona ta’m va hidsiz bo’lishi lozim.
Rangi: Sarg’ishroq oq, sariq yoki sap-sariq bo’lib butun massasi bo’ylab bir tekisda tarqalgan bo’lishi kerak.
Pishloq tarkibidagi namlikni
aniqlash.
Ishning borishi. Qum solingan farfor idishi harorati 102-105 0S bo’lgan quritish shkafida bir soat davomida quritiladi. Quritish shkafidan olingan idish sovutilmasdan o’lchanadi va ichiga maydalangan pishloqdan 5 gramm o’lchab solinadi, qum bilan yaxshilab aralashtiriladi. Idish mahsuloti bilan birga harorati 160-165 0S bo’lgan quritish shkafida 20 minut quritiladi. Quritilgan mahsulot sovutilmasdan tezda o’lchab olinadi.
Hisob. Pishloq tarkibidagi namlik quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Bunda: q1- idishning mahsulot bilan birgalikda quritishdan oldingi og’irligi, gramm
q2-idishning mahsulot bilan birgalikda quritishdan keyingi og’irligi, gramm
5 – Mahsulot og’irligi, gramm
Kerakli asbob va reaktivlar: texnik tarozi, diametri 4 sm. bo’lgan farfor idish, shisha tayoqcha, quritish shkafi harorat o’lchagichi bilan, yuvilgan va qizdirilgan qum.
Do'stlaringiz bilan baham: |