O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Sut tarkibidagi quruq moddalar miqdorini aniqlash


Download 2.97 Mb.
bet8/44
Sana12.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1699951
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Sut amaliy

Sut tarkibidagi quruq moddalar miqdorini aniqlash.

Ishni bajarishdan oldin metall byuksilar ichiga doka solinadi va quritish shkafida 105°S haroratda 20-30 minut davomida byuksi qopqog’i yopilmasdan quritiladi. So’ngra byuksi qopqog’i mahkamlangan holda eksikatorda 20-30 minut sovutiladi. Quritilgan va sovutilgan dokali byuksi o’lchanadi.


Ishning borishi.
Tayyorlangan dokali byuksiga pipetka yordamida 3 ml sut doka yuzasiga bir tekisda tomiziladi va qopqog’ini yopib o’lchab olinadi. So’ngra byuksi qopqog’i olinib byuksining tagiga qo’yiladi va ular quritish shkafiga joylashtiriladi. Byuksi ichidagi mahsuloti bilan birgalikda 105°S haroratda 60 minut quritiladi. Quritilgan byuksining qopqog’i yopiladi, eksikatorda sovutiladi va o’lchab olinadi. Byuksini mahsuloti bilan birga quritish va o’lchash har 20-30 minutdan keyin olib boriladi. Oxirgi ikki marta quritib o’lchab olingan natijalar orasidagi farq 0,001 grammdan ko’p bo’lmasa, quritish to’xtatiladi. Doka ustidagi sutning quruq qoldig’i bir tekis och-sariq rangga ega bo’lishi kerak.
Quruq moddalar miqdori quyidagi ifoda orqali topiladi:

S = (V - A) / (B - A) . 100;


Bunda, A – byuksining doka bilan birgalikdagi og’irligi, g;


B – byuksining sut bilan birgalikdagi quritishdan oldingi og’irligi, g;
V – byuksining quritishdan keyingi og’irligi, g.


CHijova /VCH/ asbobi yordamida quritish.

Tez quritish aniqlanayotgan mahsulotni infraqizil nurlar bilan qizdirishga asoslangan. VCH asbobi 2 ta aylana shaklli elektr isitkichli metall plitadan iborat. Elektr isitkichlar 2 diapazondan iborat: kuchli, 20-25 minut ichida plastinkalarni 160°S haroratgacha qizdiruvchi va kuchsiz, quritish davomida bir xil haroratni saqlash uchun. Harorat plita ushlagichida o’rnatilgan harorat o’lchagich yordamida nazorat qilinadi. Yuqori va quyi plitalar orasidagi harorat farqi 5°S dan oshmasligi kerak.


Mahsulotni quritish maxsus qog’ozlardan yasalgan paketlarda olib boriladi. Paket tayyorlash uchun 150x150 mm o’lchamli qog’oz olinadi. Qog’oz chetlari 1,5 sm da bukiladi. Paketlar 160°S haroratda quritiladi, 2-3 minut eksikator jihozga qo’yib sovutiladi. Sovutilgan paketlar texnik tarozilarda o’lchab olinadi.

Ishning borishi


VCH asbobi kuchli qizdiriladi. Kerakli haroratga yetgach, asbob kuchsiz qizdirishga tushiriladi. SHu haroratda mahsulotni quritish olib boriladi.


Tayyorlangan paketni ochib, unga 4-5 gramm aniqlanadigan mahsulotdan bir tekisda solinadi, so’ngra paket yopiladi, chetlari bukiladi, o’lchab olinadi va VCH priboriga qo’yiladi.
Paketlar quritilgandan so’ng eksikatorda sovutiladi va quruq qoldiq miqdori va namlik quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
Quruq qoldiq miqdori:

S = 100 . (V - A) / (E - A)


Bunda, A – byuksining filьtr qog’ozi bilan birgalikdagi og’irligi; g;


B – byuksining sut bilan birgalikdagi quritishdan oldingi og’irligi, g;
V - byuksining sut bilan birgalikdagi quritishdan keyingi og’irligi, g.
Quritishdan keyin mahsulotning namligi quyidagi ifoda orqali topiladi:

V = 100 . (B - V) / (B - A)


Turli sut mahsulotlarni quritishda harorat va quritish vaqti har xil bo’lib, u quyidagi jadvalda keltrilgan.


Jadval № 58
Turli sut mahsulotlarni quritishda harorat va quritish vaqti

Mahsulot

Qog’oz paket

Namuna og’irligi, g

Asbobning pastki plitasidagi qizdirish harorati, °S

Quritish davomiyligi, minut

Sut

Pergamentga joylashtirilgan ikki qavatli qog’ozli paket

1

160

7

Tvorog, tvorogli massa, atsidofil pastasi

Pergamentga joylashtirilgan ikki qavatli qog’ozli paket

5

150-152

5

Presslash
dan keyingi pishloq

Pergamentga joylashtirilgan ikki qavatli qog’ozli paket

5

160-162

6

Yashil pishloq

Pergamentga joylashtirilgan ikki qavatli qog’ozli paket

5

150-155

7

Eritilgan pishloq

Pergamentga joylashtirilgan ikki qavatli qog’ozli paket

5

160-162

8

Qandli quyultirilgan qaymoq, sterillangan quyultirilgan sut

Pergamentga joylashtirilgan ikki qavatli qog’ozli paket

5

160-162


5


Qandli quyultirilgan sut

Pergamentga joylashtirilgan bir qavatli qog’ozli paket

5

160-162


5


Quritilgan sut

Pergamentsiz bir qavatli qog’ozli paket

4

140-142


2

Quritilgan yogsizlantirilgan sut

Pergamentsiz bir qavatli qog’ozli paket

4

140-142


3

Quruq qaymoq

Pergamentsiz ikki qavatli qog’ozli paket

4

140-142


3




Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling