O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
Download 2.97 Mb.
|
Sut amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHG’ULOT № 3
- Ishning borishi
AMALIY MASHG’ULOT № 3 Sut zichligini tekshirish. Sut zichligi sutning tabiiyligini xarakterlovchi ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Zichlik (hajmiy og’irlik) – 20 °S haroratdagi hajmi, uning o’lchov birligi g/sm3. Sut zichligini aniqlashda maxsus sut uchun areometr (laktodensimetr) asbobidan foydalaniladi. Sut sog’ilganiga ikki soat bo’lgach uning zichligi tekshiriladi. CHunki yangi sog’ilgan sutda havo ko’pikchalari ko’p miqdorda bo’ladi. SHuning uchun uning zichligini aniq tekshirib bo’lmaydi. Bundan tashqari sut zichligi uning tarkibidagi yog’ning qay holatda (erigan yoki qattiq holatda) bo’lishiga ham bog’liq. Ishning borishi 1) Areometr asbobi. Sutning zichligini aniqlash uchun maxsus areometr (yoki laktodensimetr) asbobi qo’llaniladi. Asbobning o’rta qismida raqamli chiziqlar chizilgan. Bu chiziqlar zichlikni belgilaydi. Areometrning yuqori qismida harorat shkalasi bor. Areometrning umumiy ko’rinishi quyidagi rasmda keltirilgan. Areometr suyuqlikli idishga sut og’irligi areometr og’irligiga teng bo’lguncha tushiriladi. Suyuqlik qancha yuqori zichlikka ega bo’lsa, u shuncha kam suyuqlik tubiga tushadi. 2) Sut zichligini tekshirish. Tabiiy sof sutning zichligi 1027-1032 kg/m3 ga teng. Sut tarkibiga suv qo’shilsa, har 10 % suv miqdoriga sutning zichligi 0,003 birlikda kamayadi. Zichligi 1027 kg/m3 dan past bo’lgnan sut tarkibiga suv qo’shilgan deb hisoblanadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling