O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Sentrifugalash orqali uning eruvchanligini


Download 2,97 Mb.
bet19/44
Sana12.10.2023
Hajmi2,97 Mb.
#1699951
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
Sut amaliy

Sentrifugalash orqali uning eruvchanligini
aniqlash.
Bu usul tsentrifugalash orqali qayta tiklangan sut tarkibidagi erimagan ho’l cho’kmani ajratib olishga asoslangan.
Ishning borishi. TSentrifuga probirkasiga 1,25 gramm sof yoki 0,9 gramm yogsizlantirilgan quruq sut o’lchab olinadi. Olingan quruq sutga harorati 40-45 0S bo’lgan distillangan suvdan ozroq solinadi. Quruq sut bir jinsli bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi va qayta tiklangan sut hajmi 10 ml bo’lguncha suv solinadi. Qayta tiklangan sutli probirka og’zi yaxshilab berkitiladi 3-4 marta chayqatib turgan holda aralashtiriladi. Aralashmali probirka 1000 ayl./minutda 10 minut davomida tsentrifugalanadi. TSentrifugalash tugagach probirka tsentrifugadan olinadi va cho’kma qismi o’lchab olinadi.
Kerakli jihoz va reaktivlar: texnik tarozilar, tajriba uchun tsentrifuga, 10 ml-li probirka, shisha tayoqcha, probirka uchun shtativ.
Quruq sut tarkibidagi yog miqdorini
aniqlash.
Ishning borishi. Kichkina kimyoviy stakanga 2,5 gramm quruq sut o’lchab olinadi. Uning ustiga 4-5 ml sulьfat kislotasi quyiladi va shisha tayoqcha yordamida bir jinsli holatga kelguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashma jiromer priboriga solinadi, qolgan qoldig’i sulьfat kislotasi bilan yuvib solinadi. So’ngra unga 1 ml izoamil spirti qo’shiladi, og’zi berkitiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Suv hammomida 75 0S haroratgacha qizdiriladi va jiromer 5 minutdan 2 marta tsentrifugalanadi.
Hisob. Quruq sut tarkibidagi yog miqdori jiromer asbobining ko’rsatkichini 2 ga ko’paytirib topiladi. Yog miqdori foizlarda belgilanadi.
Kerakli jihoz va reaktivlar: texnik tarozi, jiromer, 50 ml-li kimyoviy stakan, shisha tayoqcha, qadoq, 1 ml-li pipetka-avtomat, 20 ml-li o’lchov tsilindri, jiromer uchun suv hammomi, tajriba uchun tsentrifuga, zichligi 1,5-1,55 bo’lgan sulьfat kislotasi va izoamil spirti.
AMALIY MASHG’ULOT № 11



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling