O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir sifatini tekshirish


Download 2.97 Mb.
bet20/44
Sana12.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1699951
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
Sut amaliy

Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir sifatini tekshirish




Ishni olib borishdan maqsad: Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir ishlab chiqarish usullari bilan talabalarni tanishtirish.
Ish davomida talabalar quyidagilarni bilishi va bajarishi shart: Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir sifatini organoleptik va fizik-kimyoviy usullar orqali aniqlashni bilish.
Ishning mazmuni

  1. Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir sifatiga organoleptik jihatdan baho berish.

  2. Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir tarkibidagi kislotalilikni aniqlash.

  3. Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir tarkibidagi yog miqdorini aniqlash.



Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir sifatiga
organoleptik jihatdan baho berish.
Sut- achitqi mahsuloti sifatiga organoleptik jihatdan baho berishda uning tashqi ko’rinishi, konsistentsiyasi, rangi, ta’mi va hidi hisobga olinadi.
Ishning borishi
Prostokvasha, atsidofilli sut va kefirning tashqi ko’rinishini tekshirish. Prostokvasha, atsidofilli sut va kefirga organoleptik jihatdan baho berishda uning idishini ko’zdan kechirish bilan boshlanadi. Buning uchun idishning standart talabiga javob berishi tekshiriladi; idish chetidan quyib qolish holati kuzatiladi; idishning sut- achitqi mahsuloti bilan to’laligi aniqlanadi.
Standart talabiga ko’ra, idishdagi sut-achitqi mahsulotining tashqi ko’rinishi toza, chetlaridan mahsulot oqmagan, idish og’zi mahkam yopilgan; idishi metaldan bo’lsa pachoqlanmagan, shisha idishda bo’lsa darz ketmagan, chetlari uchmagan bo’lishi lozim.
Prostokvasha, atsidofilli sut va kefirning rangini aniqlash. Sut- achitqi mahsulotining rangini aniqlash uchun sut- achitqi mahsuloti toza va quruq shisha idishga quyiladi. Tabiiy yorug’likda uning rangi aniqlanadi.
Sut- achitqi mahsuloti tarkibidagi yog’ miqdoriga qarab oq, ko’kishroq, sarg’ishroq-oq rangli bo’lishi mumkin.
Sut-achitqi mahsulotining ta’m va hidini aniqlash. Sut- achitqi mahsuloti ta’mini aniqlashdan oldin idishdagi sut- achitqi mahsuloti yaxshilab aralashtiriladi. Maxsus idish yoki kimyoviy stakanga quyiladi va ichib ko’rish orqali ta’m va hidi aniqlanadi.
Sut- achitqi mahsuloti ta’mi sal shirinroq, sut- achitqi mahsulotiga xos hidga, begona ta’m va hidsiz bo’lishi kerak.
Sut-achitqi mahsulotining konsistentsiyasini aniqlash. Sut- achitqi mahsuloti konsistentsiyasini aniqlashda uning bir jinsligiga, ya’ni idish tubida cho’kma bor yoki yo’qligiga, sut yog’ining sut- achitqi mahsuloti yuzasida ko’rinib turgan yoki turmaganligiga e’tibor beriladi.
Sut- achitqi mahsulotining konsistentsiyasini aniqlash uchun toza kimyoviy stakan olinadi. Stakanga sut- achitqi mahsuloti bir me’yorda quyiladi va bir jinsliligi kuzatiladi.
Sut- achitqi mahsulotining konsistentsiyasi quyuq, bir jinsli bo’lishi, zardobi ajralib chiqmagan bo’lishi kerak.



Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling