Parrandaning go’sht maxsuldorligi uning vazni, usish va jujalarni patlanish tezligi va burdokilanish kobiliyati bilan aniklanadi. Parranda vazni turli, zotli, yoshli va individual kursatgichlarga boglik, Eng kup vazn kurkalar va gozlarda. Voyaga yetgan kurkalar 12-18 kg va undan xam ko’p. G’ozlar 5-9 kg, go’shtdor zot urdaklar 3-4 kg, tovuklar 2,5-4 kg ga yetadi.
Erkak parranda odatda urgochilardan ogirrok.
Kishlok xujalik parrandaning biologik xossasi – uni yukori serpushtligidir. U parrandani tuxum berishi va juja ochirishi bilan aniklanadi.
Tuxumlarni otalanishi va juja ochirishi kochiruvchi erkak parrandani mustaxkamligi va xayotchanligi, ularni yoshi va konstitutsional xususiyatlari, xarorat va yil fasliga boglik. Parrandaning ona podasini tula kimmatli oziklantirish, erkak va urgochilarni normal nisbati podada kochiruvchilarni tugri tanlash va saralash – bularning barchasi inkubatsiya uchun yukori, sifatli tuxum olishni ta’minlaydi.
Voyaga yetgan parranda jinsini aniklash kiyindir. Xurozlar tovuklardan tanasi va tojining kattaligi bilan, dumidagi, yolidagi, belidagi parlarni yaxshirok rivojlanganligi bilan, oyok kaftida pixlarni borligi bilan xamda ayrim zotlarda patlarni rangi bilan aniklanadi.
Kurkalar yukorida keltirilgandan tashkari urgochilardan kuzgalishda ularda yelpigich shaklida yoyiladigan dumining shakli bilan xamda kukragidagi sokolning kattaligi bilan ajralib turadi.
AMALIY MASHG’ULOT № 26
Go’sht mahsulotlarini qayta ishlashda qo’llaniladigan jihozlar
CHorvachilik mahsulotlariga ayniqsa go’shtga dastlabki ishlov berish muhim ahamiyatga ega. Agar go’shtga dastlabki ishlov berilmasa uning rangi va tashqi ko’rinishi bir muncha xunik bo’ladi, sifati tez buziladi va qisqa vaqt ichida aynishga moyil bo’ladi.
CHorva mollari mahsulotini qayta ishlash bir-necha texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Masalan, mollarni so’yishdan oldin hushsizlantirish, so’ng qonsizlantirish, terisini shilish, ichki organlarini chiqarib olish, tanasini tozalash shular jumlasiga kiradi.
Mollarni so’yish natijasida olinadigan eng asosiy mahsulot go’sht va mol yog’i hisoblanadi. Nihoyat uchinchi o’rinda qo’shimcha mahsulotlar olinadi. Umuman har bir go’sht kombinati va qushxonani texnikaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlari ularni qancha miqdorda mahsulot ishlab bera olishi quvvati bilan belgilanadi. Ishlab chiqariladigan go’shtning sifati ko’p jihatdan hayvonlar semizligi, jinsi, yoshi va zoti bilan bog’liq holda bo’ladi. Lekin go’shtni qayta ishlash jarayonida uni xaridorbop va sifatli bo’lishi asosan go’sht kombinati ishchilarining mahorati va tajribasiga bog’liq bo’ladi. Bu borada ayrim me’yor darajadagi ko’rsatkichlar ishlab chiqilgan. (2-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |