65
3.5– rasm. Oje-elektronlar chiqish chuqurligi va energiyasi orasidagi
bog‘lanishini ifodalovchi egri chiziq.
Oje – elektronlar spektrometri. Jism yuzasini o‘rganish uchun undan
chiqayotgan oje-elektronlarni
tahlil qilish usuli oje-elektron spektroskopiya
deyiladi. Oje-elektronlar soni juda kam bo‘lganligi
uchun ular hosil qilgan tok
ikkilamchi elektronlar tokining to’xtatuvchi potensialga (energiyaga) bog‘lanish
J2(U) egri chizig‘ida umuman sezilmaydi. Ikkilamchi elektronlarning energetik
spektrida (ya’ni N(E)=dJ2/dE2) oje-elektronlar juda
kichik intensivlikka ega
bo‘lgan cho‘qqichalar hosil qiladi. Ularni yaqqol sezish uchun spektrdan yana bir
marta hosila olinadi: dN/dE=dJ22/dE22.
Oje-elektronlarni hosil qilish, ularni
qabul qilish va kuchaytirish, hamda
differensiallangan energetik spektrlarini yozib olishlarni
amalga oshiruvchi
qurilmalar
oje-elektron
spektrometrlar
deb
ataladi.
Analizatorining
(tahlillagichning) tuzilishi va ishlash prinsipiga qarab spektrometrlarning turlari
har xil bo‘ladi. Biz shulardan eng ko‘p tarqalgan ikki turini ko‘rib o‘tamiz. Boshqa
turdagi analizatorlar ham mohiyat jihatdan bulardan tubdan farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: