69
ega bo‘lib, ulardan biriga mishen, ikkinchisiga esa ikkilamchi
elektronlarni qabul
qiluvchi asbob (elektron kuchaytirgich - EK) o‘rnatiladi (3.8 – rasm).
3.8-rasm. Silindrik ko‘zguli analizator spektrometri: EK – elektron
kuchaytirgich, EEO – elektronlar energiyali oqimi, T – to‘siq, 1 va 2 – ichki va
tashqi silindrlar.
Nishondan uchib chiqqan elektronlar radial yo‘nalishlar bo‘ylab
harakatlanib, ichki silindrdagi halqasimon tirqish orqali o‘ta boshlaydi. Tashqi
silindrga berilgan manfiy potensial ma’lum energiyali
elektronlarni orqaga
qaytarib, ikkinchi halqasimon ko’zgu orqali EK ga yo‘naltiradi. Tahlil qilinayotgan
elektronlarning energiyasi tashqi silindr potensialiga proporsional bo‘ladi.
Maydonning ekvipotensialligini saqlash uchun halqasimon tirqishlarga to‘rlar
qoplanadi. Elektronlar ichki silindr orqali EK ga tushmasligi uchun elektron
energiyali oqimi (EEO) orqa tomoniga to‘siq qo‘yiladi.
Bu usulda yozib olingan signal to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkilamchi elektronlarning
spektri N(E) ni beradi. Oje-signallarni yozish uchun tashqi silindrga qo‘shimcha
70
ozgina
sinusoida kuchlanish
U=Ksin
t beriladi. Bu spektrometrda signalning
shovqinga nisbati 103 va undan katta bo‘ladi.
Ajrata olish qobiliyati esa 0,2
0,5% ni tashkil qiladi. Demak,
silindrik
ko‘zguli analizatorlarning sezgirlik va aniqlik darajasi to‘xtatuvchi maydonli
analizatorlardan ancha yuqori bo‘ladi.
Biz ko‘rib o‘tgan bu ikkala turdagi analizatorlarning o‘nlab modifikatsiyalari
ishlab chiqilgan. Bundan tashqari uchinchi tur analizatorlar ham mavjud. Bunday
analizatorlar Yuza-Rojanskiy analizatori deb ataladi.
Bu analizatorlar hozirgi
kunda oje-elektron spektroskopiya keng tarqalmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: