O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov


Sifatiy va miqdoriy analizlar. Kimyoviy siljishlar


Download 4.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/114
Sana03.11.2023
Hajmi4.16 Mb.
#1742786
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Bog'liq
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020

3.2.1.Sifatiy va miqdoriy analizlar. Kimyoviy siljishlar. 
Sifat tahlili. Kimyoviy siljishlar.Jism yuzasidagi elementlarning tarkibini va 
atomlar orasidagi kimyoviy bog‘lanishlar bor yoki yo‘q ekanligini aniqlash bilan 
kifoyalanish sifat tahlili deyiladi. Sifat tahlilida ma’lum bir elementning ko‘p yoki 
ozligi to‘g‘risida Oje-cho‘qqilarning intensivligiga qarab fikr yuritish mumkin, 
ammo ularning konsentratsiyalari to‘g‘risida ma’lumot berilmaydi. Masalan
3.7-rasmga qarab Mo tarkibida uglerod ko‘proq, kislorod ozroq deb fikrlash 
mumkin. Ammo ularning konsentratsiyalarini aniqlaganimizda teskarisi bo‘lishi 
ham mumkin. 
Jism yuzasidagi atomlar o‘zaro kimyoviy birikmalar hosil qilsa, Oje-
cho‘qqilarning energetik o‘rni va shakli o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishlar 
asosan SVV turidagi Oje-cho‘qqilarda sezilarli bo‘ladi, shuning uchun ular 
atomlarning kimyoviy holatini aniqlash uchun keng qo‘llaniladi. 3.9-rasmda 
oksidlanish jarayonida kremniyning L
23
VV cho‘qqisining o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
Oksidlanish davomida yangi cho‘qqining hosil bo‘lishi, uning siljishi va 
shaklining o‘zgarishiga qarab yangi birikma hosil bo‘layotganligini yaqqol bilish 
mumkin. Yuqori oksidlanish ro‘y berganda kremniyga tegishli energiyali 92 eV 
bo‘lgan L23VV cho‘qqi butunlay yo‘qoladi va energiyasi 76 eV bo‘lgan kremniy 
oksidiga tegishli cho‘qqi paydo bo‘ladi. Bu holda SiO2 ning plyonkasi hosil bo‘ldi 
deb (adabiyotlardagi ma’lumotlarga suyangan holda) aytish mumkin. Ammo bu 


71 
yerda 
ham 
maxsus 
usullar qo‘llamay turib yuzadagi atomlarning 
konsentratsiyalarini va kimyoviy birikmaning tipini to‘g‘ri aniqlash mumkin emas. 
dE
dN
Е
2
, эВ
3.9-rasm. Kremniyning oksidlanish jarayonida L
23
VV – Oje-cho‘qqining 
o‘zgarishi. 
Sifat 
tahlili 
elektron 
texnikaning 
hamma 
sohalarida 
(jumladan 
mikroelektronikada) juda ko‘p qo‘llaniladi. Chunki ko‘p hollarda jismda qanday 
chet elementlar bor ekanligini, ular kimyoviy birikma hosil qiladimi- yo‘qmi 
ekanligini taxminiy aniqlash yetarli bo‘ladi.

Download 4.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling