162
REM – oddiy bo‘lmagan elektron mikroskop bo‘lib, unda tasvir obyekt
orqali o‘tgan elektronlar yordamida elektronlar linzalar tomonidan hosil qilinadi.
REM da tasvirni hosil qilish va uning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun elektron-
optik tizimlar ishlatilmaydi.Unda tasvir nuqta bo‘yicha
quriladi va u elektron
to‘plamining namuna sirti bilan ta’sirlashish natijasidir. Kuzatilayotgan soxa
mikroskop elektron to‘pi bilan siljitib nurlantiriladi, mos keluvchi tasvir sinxron va
sinfoz quriladi. Elektron linzalar REMning elektron-optik usulda muhim qismini
tashkil qilib, biroq ular elektron to‘plamni hosil qilish uchun ishlatiladi.
Rastr elektron mikroskopda ishlatiladigan
elektronlar oqimi, nurlarga
qo‘yilgan barcha talablarni qanoatlantiradi:
-elektronlar oqimini elektr yoki magnit maydoni yordamida og‘dirish
mumkin. Biroq bittasini ishlatishni afzal ko‘riladi ham mikroskopni elektron
zondida, hamda tasvirni kuzatish va sifatga olish uchun mo‘ljallangan elektron-nur
trubkalarda. Hozirda elektromagnit og‘diruvchi
tizimlardan foydalaniladi, chunki
ularni vakuumdan tashqariga joylashtirish mumkin. Elektr maydon orqali
elektronlarni og‘dirish uchun plastinkani kalonna ichiga joylashtirish kerak bo‘ladi.
Ularni ifloslanishi tasvirni buzilishiga olib keladi.
-to‘plam diametri namuna sirtida ma’lum bir o‘lchamga keltirish mumkin.
Elektronlar oqimini elektrostatik yoki elektromagnit linzalar
yordamida fokuslash
mumkin.
-nurlanish namuna tizimida ta’sirlashish samaradorligi va kuzatilayotgan
namuna tarkibi va topografiyasi haqida ma’lumotlarni olib boruvchi sirt
xususiyatlari orasidagi bog‘liqlikni mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: