O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


I darajali kuyishda terini usti qizarib jarohatlangani kuzatiladi;  II-darajali


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

I darajali kuyishda terini usti qizarib jarohatlangani kuzatiladi; 
II-darajali kuyishda esa terini ustida suvga to‘lgan pufakchalar paydo 
bo‘ladi; 
III-darajali kuyishda terining chuqur qismlaridagi kuyish;
IV-darajali kuyishda teri qorayib ketib, teri osti to‘qimalar juda qattiq 
jarohatlanadi. 
Odamlar II va III darajali kuyganida ishga yaroqsiz hisoblanadilar. 
Yorug‘lik nurlanish, to‘lqin zarbasi faktorlari bilan birgalikda ta’sir etganda
yong‘in, portlash, yashash joylardagi kommunikatsiyalarni izdan chiqaradi. 
Yorug‘lik nurlanish faktorlaridan saqlanish uchun: o‘z vaqtida 
ogohlantirish, himoya inshoatlarida, tabiiy chuqurliklarda saqlanish, shaxsiy 
himoya vositalaridan va yong‘inga qarshi omillardan foydalanish darkor. 
O‘tuvchi radiatsiya. O‘tuvchi radiatsiya - gamma nurlar va neytronlar 
oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurini manbai yadro aslahasi portlaganda 
ketadigan yadroviy reaktsiya hamda yadrolarni radioaktiv parchalanishidan hosil 
bo‘ladi. Radiatsiya faktorining ta’sir vaqti 15-25s tashkil etadi. Bu faktorni asosiy 
shikastlantiruvchi ta’siri-nurlantirish dozasi (D) hisoblanadi. 
Nurlanish dozasi - bir birlik nurlanayotgan muhitni yutgan ionlantiruvchi 
 


nurlar energiyasi miqdoriga teng, va kl/kg, rentgen va greylarda o‘lchanadi. 
Radiatsiya faktorining ta’siri ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lganligidan 
nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. 
I-darajali nurlanish kasalligi 100-200 rad nur olganda kuzatilib, bunda 
xolsizlanish, og‘ir bo‘lib ketish, bosh aylanish, xarorat ko‘tarilish alomatlari 
kuzatiladi. 
II-darajali nurlanish kasalligi 200-400 rad nur olganda paydo bo‘lib, bunda 
bosh og‘rib, aylanadi, asab sistemalari buziladi, tez-tez qusish, ich ketish 
kuzatiladi va qondagi leykotsitlar miqdori 2 marta kamayib ketadi. 
III-darajali nurlanish kasali 400-600 rad nur olganda kuzatilib, bunda 
kuchli bosh og‘rig‘i, qusish, hushidan ketish, qon siyish, terilar qizarib, qondagi 
leykotsit, eritrotsitlar miqdori kamayishi kuzatiladi. 
Bu holda o‘z vaqtida tuzatish omillari bajarilganda inson 3-6 oydan 
keyingina tuzalishi mumkin. 
IV -darajali nurlanish >600 rad. olganda, bunda kasallik juda og‘ir ahvolda 
bo‘lib, o‘lim bilan yakunlanadi. 
Nurlanish kasalligiga uchragan odamlarda infektsiyaga qarshilik ko‘rsatish 
(immunitet) keskin kamayib, to‘qimalarni kislorodga to‘yinmaganligi hamda 
qonni ivimaslik xususiyatilari paydo bo‘ladi. 
Radiatsiya nurlaridan ishonchli saqlaydigan vosita - bu himoya inshoatlari 
hisoblanadi. Himoya inshoatlari - gamma nurlarini turli darajada susaytiradi, 
chunki ular turli xil materiallardan qurilgan bo‘ladi. Eng ishonchli himoya inshoati 
- bu qo‘rg‘oshindan, temirdan, temir-betondan va hakozo materiallardan qurilgan 
boshpanadir. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling