O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


Elektromagnit impuls yadroviy portlashda atmosferada juda katta 
elektromagnit maydoni vujudga kelib, bunda to‘lqin uzunligi 1 dan 1000 m va 
undan ham uzun bo‘ladi. Mana shu paydo bo‘lgan elektromagnit maydonning 
kuchi elektromagnit impulsi deyiladi. 
Elektromagnit impulsining ta’sir etuvchi kuchi havodagi va er osti 
kabellaridagi elektr tokining qarshiligini, signa-lizatsiya, elektr o‘tkazuvchi va 
radio uzatkich antennalarining qarshiligini keskin oshirib yuborib, turli darajadagi 
falokatlarga olib keladi. Elektromagnit impulsining ta’sir darajasi, aslaha 
quvvatiga va portlash balandligiga, portlash markazidan uzoqligi hamda atrof-
muhit xususiyatlariga bog‘liq. 
 
 


2.3. Kimyoviy qurollar, ularning turlari va xususiyatlari 
 
Kimyoviy qurollar - zaharli kimyoviy birikmalar bo‘lib, ular asosan zaharli 
moddalar hisoblanadi. Kimyoviy qurollarning kuchi, ularning zaharli xususiyatiga 
qarab belgilanadi. 
Kimyoviy qurollar himoyalanmagan odamlarni, hayvonlarni, o‘simlik, er, 
suv, havo, inshoat, texnika va jamiiki ko‘rinadigan narsalarni zaharlaydi. Bunday 
qurollar asosan nafas yo‘li, teri, oshqozon-ichak va yaralangan joylarda qon yo‘li 
bilan ta’sir qilishi mumkin. Zaharlovchi moddalarning kuchi uning zaharliligi, tez 
ta’sir etuvchanligi va chidamliligi bilan o‘lchanadi. Bulardan tashqari, bunday 
qurollarning ta’sir etish diapazoni (ko‘lami) juda katta hisoblanadi. 
Kimyoviy qurollar - nishonga tez va o‘ylangan maqsadga to‘la erishish 
darajasi bo‘yicha ta’sir etishiga qarab eng xavfli va qudratli qirg‘in qurol 
hisoblanadi. Chunki uning juda kichik dozasi ham juda qisqa vaqtda ta’sir etib 
hamma narsani zaharlaydi. Yana uning zaharlilik kuchi ma’lum vaqt mobaynida 
havoda, suvda, erda, hamda o‘simlik dunyosida saqlanib turadi. 
Dastlab kimyoviy qurollar unitar tarzda ishlatilgan, ya’ni bitta zaharli 
modda kimyoviy qurol sifatida qo‘llanilgan. Keyinchalik binar, kimyoviy qurol 
yaratildiki, buni oldini olish va qurol asoratidan qutilish juda ham muammo 
hisoblanadi. Binar - ikki va undan ortiq zaharli moddasi bo‘lgan qurol demakdir. 
Kimyoviy qurollarni ta’sir darajasini oshirish uchun ular ishlatilganda par
aerozol yoki tomchi holatiga o‘tkaziladi. 
Kimyoviy qurollar shikastlash xususiyatiga ko‘ra: asabni pallajlovchi, 
(zoman, zarin, VI-iks), terini zaharlovchi (iprit, azotli iprit), umumiy zaharlovchi 
(sinil kislotasi, xlortsian) bo‘g‘uvchi (fozgen, difozgen), qaltiratuvchi 
(xloratsetofenon, adamsit), ruhiyatga ta’sir etuvchi (LSD-dietilamidlizirin kislotasi 
va Bi-Zet). 
 


Zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatiga hamda taktik qo‘llanishiga 
ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
O‘ldiruvchi - VI-Iks, zarin, zoman, iprit, azotli iprit, sinil kislotasi, 
xlortsian, fozgen; 
Vaqtinchalik faoliyatni yo‘qotish - maqsadida Bi-Zet; 
Qaltiratuvchi - Xloratsetefon, adamsit, Si-Es, Si-Er. 
O‘ldiruvchi zaharli moddalar ta’sir doirasining uzunligiga qarab turg‘un va 
noturg‘un hillarga bo‘linadi. Ba’zi turg‘un zaharli moddalarning ta’sir vaqti bir 
necha kundan, xaftalargacha cho‘zilishi mumkin. Mana shundaylar qatoriga VI-
iks, zoman, iprit kiradi. 
Turg‘un bo‘lmagan zaharli moddalar tezda parchalanib ketadi va ularni 
ta’sir etish vaqti ham qisqa bo‘ladi. Masalan, sinil kislotasi, xlortsian, fozgen. 
Yana kimyoviy qurollar organizmga ta’sir etish vaqtiga qarab tez hamda 
sust ta’sir etuvchi hillariga bo‘linadi. Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarga - zarin, 
zoman, sinil kislotasi, xlortsian Si-Er kirib, ularning ta’siri bir necha daqiqada 
kuzatiladi. Sekin ta’sir etuvchi zaharli moddalarga VI-iks, iprit, fozgen, Bi-Zet 
kirib, ular bir qancha vaqtdan keyin ta’siri kuzatiladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling