O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)
5-rasm. Shaxsiy dorixona SHD-2. Kimyoviy zaharlovchilarga qarshi yakka tartibdagi paket (SHKP-8). Bu vosita har bir odamda bo‘lishi shart. Bu paket kimyoviy zaharlovchilarni teriga, kiyimlarga, shaxsiy saqlovchi vositalarga tushganda, zararsizlantirishda foydalaniladi. Bu paketda degazatsiya qiluvchi idish eritmasi va to‘rtta paxta dokali tampon bo‘lib bular PE li qopchada germetik joylashtirilgan bo‘ladi. Agar biror zaharlovchi moddalar teriga yoki kiyim boshga tushib qolsa, darhol, tampon, degazatsiya qiluvchi eritmaga shimdirilib, keyin o‘sha joy artiladi. Degazatsiya qiluvchi eritmalar 3 foiz N 2 O 2 +3 foiz NaON yoki 3 foiz N 2 O 2 +(150 g. natriy silikat + 1l. suvdagi aralashmasi). 6.8. Oziq-ovqat, suv, don va uy hayvonlarini zararlanishdan saqlash Oziq-ovqat, suv, donlarni zararlanishdan saqlash omili bu tashqi muhitdan ularni izolirlash hisoblanadi. Uy sharoitida oziq-ovqatlarni saqlash uchun ularni germetik saqlovchi idishlardan foydalaniladi. Masalan, non, qandolat mahsulotlari bir necha qavat qog‘oz bilan o‘ralib, polietilen xaltachada yoki kostryulkada saqlanadi. Un, shakar, undan tayyorlangan mahsulotlar ham polietilen xaltachalarida saqlanadi. Margarin, saryog‘, hayvon yog‘lari, shisha yoki metall idishlarda og‘zi yaxshi yopilgan holatda saqlanadi. Sabzavot mahsulotlari, yog‘och yoki faner yashiklarga solinib, yashiklar zich bo‘lgan material bilan o‘ralgan holda saqlanadi. Qishloq joylarida shu yuqoridagi mahsulotlar miqdori ko‘p bo‘lganligidan, ular asosan omborlarda, erto‘lalarda qadoqlangan holda saqlanadi. Saqlagichlar germetik ravishda jixozlanishi shart. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining emishlari, silos, xashaklar o‘ralarda yoki usti g‘piq qurilmalar tagida yaxshi o‘ralgan holatda saqlanadi. Suvni zararlanishdan saqlash eng muhim va eng mushkul vazifalardan hisoblanadi. Suv bilan ta’minlovchi korxonalarda suvni tozalash va zararsizlantirish jarayonlari maxsus tozalash inshoatlarida olib borilib, iste’molchilarga asosan germetik ravishda quvurlar orqali tarqatiladi. Shu sababdan bunday tizimlarda suvlarni zararlanishi kuzatilmaydi, faqat quvrilar, tozalash inshoatlari buzilgandagina zararlanadi. Qishloq joylarida ba’zan quduqlardan foydalaniladi, uning atrofi ochiq bo‘lganligidan radioaktiv, kimyoviy va biologik moddalar suvni zararlashi mumkin. Bunday quduqlarni zararlanishdan saqlashda quduq atrofi 1-1,5 m diametrda, 20 sm qalinlikdagi tuproq olib tashlanib, uning o‘rniga sof tuproqdan solib zichlantiriladi va ustiga qum to‘kiladi. Quduq atrofi ikki qavat taxta bilan yaxshilab mustaxkamladi va og‘zi ham bekitiladigan qilib jixozlanadi. Umumiy foydalanish uchun bitta chelakdan foydalaniladi. Uy sharoitida suvlar asosan termoslarda, grafinlarda va usti yaxshi yopiladigan idishlarda saqlanadi. Saqlanadigan suvning hajmi faqat ovqat tayyorlash uchun har bir odam boshiga 3-5 litr bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari toza suv yuvinish, oziq-ovqat mahsulotlarini yuvish uchun ham ishlatiladi. Mana shularning hammasini hisobga olgan holda zararlanmagan suvlar zahiraga olib qo‘yiladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini muhofaza qilish ham eng muhim tadbirlardan hisoblanadi. Dushman hujumi ogoh qilinganda hamma hayvonlar yopiq molxonalarga kiritiladi. Molxonalar juda germetik qilib jixozlanishi, ularning ichida uzoq muddatga etadigan em-xashaklar, suv saqlanishi kerak. Agar molxona hajmi kichik bo‘lsa, emxonalar alohida germetik jixozlangan ikkilamchi xonalar tayyorlanib saqlanadi. Mana shunday paytlarda hayvonlar kasallanishiga qarshi profilaktik omillar o‘tkaziladi. Bunda ularga vaktsinalar yuborilib, turli xil kasallarga chidamli immunitetlar hosil qilinadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling