O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


2.5. Oddiy xujumkor qurollar 
 
«Oddiy xujum qilish vositalari» termini, yuqori jangovor xossalarga ega 
bo‘lgan yadroviy qurollar ishlab chiqarilgandan keyin paydo bo‘ldi. Hozirgi kunga 
kelib oddiy qurollarning ba’zi namunalari o‘zining samaradorligi bo‘yicha 
ommaviy qirg‘in qurollaridan qolishmaydi.
Oddiy xujum qurollari alohida yoki ommaviy qirg‘in qurollari bilan 
birgalikda dushmanning aholisini, texnikasini shikastlash uchun hamda ob’ektlarni 
buzish va yo‘q qilib yuborish maqsadida ishlatilishi mumkin. 
Oddiy xujum vositalariga parchalanuvchi, fugas, kumulyativ, beton 
buzuvchi, yondiruvchi aslahalar, hajmiy portlash aslahalari va yuqori 
aniqlikdagi qurollar kiradi.
Parchalanuvchi aslahalar asosan odamlarga talofat etkazish uchun 
mo‘ljallangan. Parchalangan aslahalarning ichida eng samaralisi sharikli bombalar 
hisoblanadi. Sharikli bombalar samolyotlardan kassetalarda tashlanadi. Har bir 
kassetalarda 96 tadan 640 gacha bomba bo‘ladi. Bunday kasseta er ustida ochilib, 
bombalar har tarafga otilib chiqib 250 ming m
2
maydonda portlaydi. Har bir 
bombaning parchalarini o‘ldirish kuchi 15 metr radiusda saqlanadi. Kassetali 
aslaxalar boshqacha ko‘rinishdagi bombalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Fugas aslaxalar asosan sanoat, turar joy va ma’muriy binolarni, temir 
yo‘llarni, avtomobil yo‘llarini buzish, texnika va odamlarga talofat etkazish uchun 
mo‘ljallangan. Fugas aslahalarining asosiy talofat omili zarb to‘lqini bo‘lib, uning 
kuchi aslahadagi portlovchi moddaning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Parchalanuvchi va fugas aslahalarining talofat faktorlaridan saqlanish joylari, 
turli xil chuqurliklar xisoblanadi.
Kumulyativ aslahalar himoyalangan nishonlarni yo‘qotish uchun 
mo‘ljalangan. Bunday aslahalar qalinligi bir necha santimetrli ximoya qatlamini 
teshib, yong‘inlarni paydo qilishi mumkin. Chunki bunday aslahalar ishlatilganda 
6-7 ming. gradus xarorati va juda katta bosim paydo bo‘ladi. Kumulyativ 
 


aslahadan himoyalanish uchun himoya qatlamini oldi qismida, 15-20 santimetr 
uzoqlikda turli xil materiallardan ekran o‘rnatiladi. Unda aslahaning kuchi ekranga 
sarf bo‘lib, himoya qatlami shikastlanmaydi. 
Beton buzuvchi aslahalar yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan temirli, betonli 
inshoatlarni hamda aerodromlarni, uchish-qo‘nish yo‘llarini buzish uchun 
mo‘ljallangan.
Bunday aslahani asosiga ikkita kumulyativ va fugas zaryad va hamda ikkita 
detonator joylashtirilgan bo‘ladi. Beton buzuvchi aslaha to‘siqqa duch kelganda 
birinchi detonator kumulyativ zaryadni portlatadi. Bir necha daqiqadan keyin 
ikkincha detonator fugas zaryadni portlatadi va ob’ektni to‘liq buzilishiga olib 
keladi.
Yondiruvchi aslahalar odamlarni shikastlash uchun, binolarni va ishlab 
chiqarish ob’ektlarini va aholi yashaydigan maskanlarni, omborlarni, transport 
vositalarni yondirish, yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Yondiruvchi aslahalar to‘rt xil bo‘ladi:
1. 
Tarkibida neft maxsulotlari, polistirol hamda naften va palmitin 
kislotalarining tuzlari bo‘lgan yondiruvchi aslahalar napalm deb atalib, ular 
gelsimon ko‘rinishda bo‘ladi va xo‘llangan sirtlarga yopishib qoladi. Napalm 
bo‘laklari 5-10 daqiqada yonib, xarorati 1200
0
S gacha ko‘tariladi va zaharli gaz 
ajralib chiqadi. Yonayotgan napalm berkinish joylarini teshiklaridan kirib
odamlarni va texnikalarni shikastlashi mumkin.
2. 
Tarkibida neft mahsulotlari va magniy yoki alyuminiy kukuni bo‘lgan 
yondiruvchi aslahalarni pirogel deyiladi. Bular yonganda 1600
0
S dan ortiq issiqlik 
ajralib chiqib odamlarga va texnikalarga katta ziyon etkazadi. 
3. 
Metallarning kukuni (masalan, alyuminiy) va oksidlari (masalan, temir 
(11) oksidi) aralashmasidan tashkil topgan yondiruvchi qurollarni termit deyiladi. 
Ular yonganda 3000
0
S issiqlik ajralib chiqib, odamlarni va texnikani shikastlaydi.
4. 
Oq fosfor havoda o‘z-o‘zidan yonib ketib, 900
0
S atrofida issiqlik ajralib 
chiqadi. Bunda hosil bo‘lgan fosfor oksidi odamlarni juda og‘ir jarohatlaydi.
Yondiruvchi qurollardan saqlanishning ishonchli omili - bu boshpanalar 
 


hisoblanadi.
Hajmiy portlash aslahasi (XPA) etilen oksid, diboran, sirka kislota peroksidi, 
propil nitrat aralashmasidan iborat. U ishlatilganda, havoda aralashmaning 15 metr 
radiusda va 2-3 metr qalinlikdagi yoqilg‘i-havo aralashmasining sferik buluti hosil 
bo‘ladi. Bu bulut detonator yordamida portlatiladi. Bunda bir necha o‘n 
mikrosoniya vaqt mobaynida 2500-3000
0
S issiqlik ajralib chiqadi. XPA ning 
asosiy talofat omili zarb to‘lqini hisoblanadi. Uning portlash joyidan 100 metr 
uzoqlikda ortiqcha bosimi 100 KPA ga etishi mumkin. Quvvati jihatidan yadroviy 
qurolga yaqinlashib qoladi.
Yuqori aniqlikdagi qurollar asosan yaxshi himoya qilingan ob’ektlarni yo‘q 
qilishga mo‘ljallangan. Idora qilinadigan aviatsiya bombalari shu maqsadlarda 
qo‘llanilishi mumkin. Bunday bombalar samolyotdan tashlanib, radio va 
televidenie tizimlari orqali nishonga etkaziladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling