O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Biologik qurollar va ularning talofatlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


2.4. Biologik qurollar va ularning talofatlari 
Biologik qurollar asosan keng miqyosda odamlarni, qishloq xo‘jalik 
xayvonlarini, ekinlarini, o‘simliklar va ba’zi bir harbiy materiallarni zararlash 
uchun mo‘ljallangan. Biologik qurollar asosini biologik vositalar tashkil etib, unga 
kasallik tarqatuvchi viruslar, bakteriyalar, zamburuglar va rikketsinlar kiradi.
Biologik aslahalar aviatsiya bombasi, kasetalar, konteynerlar, changlantiruvchi 
jihozlar, raketalarning jangovor qismi, chayqatuvchi jixozlar va boshqalar kiradi. 
Biologik vositalar qo‘llanishi oqibatida favqulodda epidemologik, epizootik 
va epifitotik vaziyatlar yuzaga keladi. Bular quyidagi ko‘rinishlarda kuzatiladi:
1. 
alohida xavfli yuqumli kasalliklar tarqalganda; 
2. 
epidemiya;
3. 
guruh kasallanishi oqibatida; 
4. 
kasallanishning va o‘limning o‘sishi natijasida; 
5. 
odamlarni zaharlanishida; 
6. 
epizootik vaziyat, ya’ni hayvonot dunyosida o‘tkir kasalliklarni 
tarqalishi; 
7. 
epifitotik vaziyat, ya’ni o‘simliklarni kasallanishi.
Biologik (bakteriologik) qurollarni, odamlarga va hayvonlarga ta’siri o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega. Ya’ni ular tirik organizmga juda kichik dozada tushsa ham 
yuqumli kasalliklar epidemiyasini boshlaydi. Ularning tarqalish tezligi juda 
yuqori, ta’sir vaqti ham uzoq, ular germetik bo‘lmagan saqlagichlarga oson 
kiriadi, ularning mikrobini, toksinini aniqlash juda qiyin. 
Biologik qurollar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
a) bakteriyalar asosida tarqaladigan kasalliklarga: o‘lat, sibir yarasi 
(kuydirgi), vabo, tulyaremiya, sapa va boshqalar
b) viruslar orqali kasallik tarqalishi: suvchechak, entsifalitning turli 
ko‘rinishlari va boshqalar; 
v) rikketsinlar orqali kasallik tarqalishi: cho‘chqa tifi;
 


g) zamburug‘lar orqali kasallik tarqalishi: blastomikoza, 
koktsidiondomikozi, gistoplazmoza va boshqalar. 
Yuqumli kasalliklarning toifalari 4-jadvalda keltirilgan. 
Shulardan eng xavflisi va bizni o‘lkamizda ko‘proq tarqalishi mumkin 
bo‘lgan kasalliklardan o‘lat - odam va qishloq xo‘jaligi hayvonlarining eng xavfli 
yuqumli kasalligi hisoblanib, uning tarqatuvchisi odam organizmidan tashqarida 
yashash davri qisqa hisoblanadi. Lekin odam so‘lagi bilan chiqqan mikrob 10 
kungacha yashashi mumkin.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling