O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


5-jadval 
Epidemiya jihatidan noqulay viloyatlar 
Viloyatlar Zararlanish 
turlari 
Buxoro 
Qrim gemoragik bezgagi 
Qashqadaryo 
Kuydirgi, qrim gemoragik bezgagi 
Andijon Kuydirgi 
Namangan Kuydirgi 
Sirdaryo Kuydirgi 
Surxondaryo Kuydirgi 
Toshkent Kuydirgi 
Farg‘ona Kuydirgi 
Xorazm Kuydirgi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Kuydirgi, kana entsefaliti 
Bakteriologik qurollar ishlatilganda suyuq yoki kukun holda erga, 
o‘simliklarga va suvga tarqatiladi. Bularni esa qurt-qumursqalar tezlikda atrofga 
tarqatib, biologik qurolning zararlash miqyosi kengayishiga sabab bo‘ladi. 
Biologik qurollardan saqlanish va uni tarqatmaslik choralaridan biri bu 
zararlangan mintaqani karantin yoki observatsiya qilish hisoblanadi. Karantin 
degandan epidemiyaga qarshi rejimli chora-tadbirlarni o‘tkazish (ya’ni, yuqumli 
kasalliklarni tarqatmaslik) tushuniladi. Karantinda odamlar, hayvonlar va yuklar 
zararlangan mintaqadan tashqariga chiqarilmaydi, toki kasallik shikastlangan 
xududdan tashqariga yuqmaydigan holatga kelguncha. 
Agar kasallik tarqatuvchi xavfli bo‘lmasa, zararlangan xudud miqyosi kichik 
bo‘lsa observatsiya omili qo‘llaniladi.
Observatsiya omilida ham izolyatsiya hamda profilaktik-tuzatish ishlari olib 
borilib, bunda epidemiolog vrachning ruxsati bilan xududdan odamlarni chiqishi 
va u erdan mol-mulkni chiqarish amalga oshiriladi. Karantinda ham 
 


observatsiyada ham dezinfektsiya va dezinsektsiya omillari bajariladi. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarini zararlash uchun katta shoxli hayvonlar o‘lati, 
sibir yarasi (kuydurgisi), sapa, oqsil va boshqa kasalliklarni tarqatuvchilar 
qo‘llanilib, nafaqat hayvonot dunyosiga balki insoniyat hayotiga ham katta xavf 
soladi. Masalan: 2001 yilning dastlabki oylarida Buyuk Britaniyada 
qoramollarning oqsil kasalligi bilan kasallanishi keng miqiyosida tarqalib, bu xavf 
boshqa Evropa davlatlariga (Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Gollandiya, Rossiya 
va boshqa davlatlarga), hatto Markaziy Osiyo davlatlariga (Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, Tojikiston Turkmaniston, Xitoy, Quriya davlatlariga) va Avstraliya 
qit’asigacha tarqalganligi ma’lum bo‘ldi. Bu kasallikni tarqatuvchisi filtrlanuvchi 
virus hisoblanadi va ular kasallangan mollar so‘lagi, peshobi, axlati bilan tashqi 
muhitga chiqarib atrofdagi barcha narsalarni: hayvonlarni, buyumlarni, joylarni, 
fuqarolarni va ularning kiyim-kechaklarini bu kasallik viruslari bilan zararlaydi. 
Tashqariga chiqarilgan viruslar darhol nobud bo‘lmay, balki uzoq vaqt tirik 
qoladi, uzoq masofalarga tarqaladi va o‘sha erlardagi hayvonlarning kasallanishiga 
olib keladi.
Kasallik tarqalishining asosiy manbai: oqsil bilan kasallangan hayvonlar 
hamda zararlangan joylardan o‘tgan hayvonlar va transport vositalari hisoblanadi.
Oqsil kasalligining boshlanish davrida hayvonlarning ishtahasi yo‘qola 
boshlaydi, ularning harorati ko‘tariladi - 40-42
0
S darajagacha chiqib ketadi, 
sigirlar beradigan sutini keskin kamaytiradi, mollarning og‘zidan ipsimon so‘lak 
oqadi, so‘ngra ularning og‘zida, tilida va lablarida shishlar (aftalar) paydo bo‘ladi, 
ular bir-ikki kundan keyin yorila boshlaydi va yarachalarga aylanadi. Shu vaqtda 
hayvonlardan juda ko‘p ko‘piksimon so‘lak oqa boshlaydi. Oqsil kasalligiga 
qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun bu kasallik bo‘yicha karantinga rioya qilish 
hamda kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha veterenariya-sanitariya qoidalarini 
bajarish kerak. Kasallangan mollarning: go‘shti, suti, terisi, yungini va boshqa 
xom-ashyolaridan foydalanish man etiladi. Shuning uchun ham oqsil bilan 
kasallangan mollar, yoqish yoki ko‘mish orqali yo‘q qilib yuboriladi. Zararlangan 
em-xashaklar, atrof muhit va joylarni dezinfektsiya omillarini qo‘llash orqali 
 


epizootik vaziyatni tugatish imkoniyati yaratiladi.
Qishloq xo‘jalik o‘smliklarini zararlashda esa kartoshka chirishi, zamburug‘li 
kasallik tarqatuvchilari, hamda qurt qumursqalar (Kollarado qo‘ng‘izi, Chigirtka 
va boshqalar) va boshqa vositalar orqali amalga oshirilib, epifitotik vaziyat 
vujudga keladi. Agar bu vaziyat tezda tugatilmasa, katta iqtisodiy muammolarni 
yuzaga keltirishi mumkin.
Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, qirg‘in 
qurollarning hamma turlari nafaqat tirik mavjudotlarni jiddiy shikaslantiradi, 
balki tabiat, o‘simlik dunyosi, jamiyki moddiy resurslarni zararlaydi. Shuning 
uchun biz doimo unday qurollarni ishlatishdan ogoh bo‘lib, uning ta’sirlariga 
qarshi barcha chora-tadbirlarni ko‘rib qo‘ygan bo‘lishimiz kerak. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling