O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Bo‘g‘uvchi zaharli moddalar. Bu birikmalar nafas organlarini izdan 
chiqarib, o‘pkani zararlaydi. 
Fozgen - xavodan 3,5 marta og‘ir bo‘lgan gazsimon modda. U asosan o‘pka 
to‘qimalarini ishdan chiqaradi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 1 daqiqadan 3,2 
mg/l. Zaharlash belgilari: ko‘zdan yosh oqizadi, bosh aylanadi, holsizlanish 
kuzatiladi. Fozgenni antidoti yo‘q.
Ruhiyatga ta’sir etuvchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari asab 
sistemasiga muayyan ta’sir etib, insonni vaqtinchalik faoliyatini izdan chiqaradi. 
Bi-zet - oq kristal kukun bo‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash xarorati 412
0
S, 
suyulish xarorati 190
0
S. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘lib, nafas 
yo‘llari va oshqozon-ichak orqali ta’sir etadi. 
Zaharlash belgilari: qusish, gapira olmaslik, so‘ngra gallyutsinatsiya va 
xayajonlanish. 
Qaltiratuvi zaharli moddalar. Bunday xususiyatli moddalar-ko‘zning 
xarakatchan qismini hamda nafas yo‘llarining yuqori qismini izdan chiqaradi. Bu 
guruhga kiruvchi moddalardan Si-es va Si-er muhim ahamiyatga ega. 
Si-es - oq kristal kukun bo‘lib, suvda yomon, atseton, benzollarda yaxshi 
eriydi. Uning qaynash xarorati 315
0
S, suyulish xarorati 95
0
S, solishtirma og‘irligi 
1,0ga teng. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida. Si-esning havoda aerozol 
ko‘rinishidagi miqdori 5
⋅10
-3
mg/lda hamma odamlarni birdan izdan chiqaradi, 
yuqori kontsentratsiyada esa terining ochiq joylarida kuyish sodir bo‘lib, nafas 
 


organlari pallajlanadi. Zararlanish belgilari: ko‘zni, ko‘krak qafasini qizishi, 
og‘rishi, ko‘zdan yosh oqishi, yo‘tal va boshqalar.
Si-er qattiq kristall modda bo‘lib, zaharliligi Bi-zetdan yuqori. Si-er ham 
inson terisini qattiq shikastlantiradi. Buning ham kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida 
bo‘ladi. 
Toksinlar. Bakterial toksinlar, hozirgi davrda yuqori zaharli moddalar 
hisoblanadi. Bunday moddalarga botunil toksini va staffilokkok enterotoksin 
kiradi. 
Botunil toksini - o‘ldiruvchi zaharli moddalar ichida eng zaharlisi 
hisoblanadi. Toza botunil toksini kristall modda. Zararlanish belgilari: bosh 
og‘rigi, holsizlanish, ko‘z xiralashish, qusish, pallajlanish. Yuqori miya 
pallajlanib, natijada odam o‘ladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling