O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Terini zaharlovchi xususiyatli qurollar guruxiga kiruvchi moddalar par va 
aerozol holda ishlatilib, ular asosan teri va nafas yo‘llari orqali ta’sir etadi. Bu 
guruhning tipik vakili iprit-rangsiz, moysimon suyuqlik bo‘lib, organik 
erituvchilarda yaxshi, ammo suvda yomon eriydi. Iprit har xil g‘ovak 
materiallarga, lak, moy qoplamalariga rezina mahsulotlariga yaxshi yutilib, 
ulardan chiqib ketishi juda qiyin. Ipritning zichligi 1,3, qaynash temperaturasi 
217
0
S ga teng. Iprit bilan zaharlangan uchastkalardan uning uchishi sekinlik bilan 
boradi. Shu sababdan u turg‘un zaharli modda hisoblanadi: ya’ni yozda 7-14 
kungacha, qishda bir oy va undan yuqori muddalarda saqlanib turadi. Uning kuchli 
ta’siri tomchi holda kuzatiladi. Iprit-teri, ko‘z, nafas organlari hamda oshqozon-
ichak yo‘llarini zaharlaydi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi nafas yo‘li orqali ta’sir 
etganda -1,3 mg/l, teri orqali ta’sir etganda - 5 mg/l. teng. Iprit ta’sirining belgilari: 
ikki-olti soat ichida terilar qizaradi, 24 soatdan keyin pufakchalar hosil bo‘ladi, 2-
3 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning antidoti yo‘q. 
Umumiy zaharlovchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari nafas 
organlarini ishdan chiqaradi. Odam organizmidagi to‘qimalarni oksidlanish 
 


jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi. Bu guruhning tipik vakili - sinil kislotasi-rangsiz 
suyuqlik bo‘lib, achchiq mindal hidga ega. Uning zichligi 0,7, qaynash xarorati 
26
0
S, muzlash xarorati esa -14
0
S. Sinil kislotani zaharli darajasi asabni 
pallajlovchi moddalardan kuchsiz hisoblanadi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 1 
daqiqada 2 mg/l. Zaharlash belgilari: og‘izda metall mazasini hosil bo‘lishi, tinka 
qurishi, bosh og‘rig‘i, organizm a’zolarining harakatini yo‘qolishi. Sinil kislotasini 
antidoti amilnitrit va propil nitrit hisoblanadi. 
Xlortsian - o‘ziga xos xidli rangsiz suyuqlik bo‘lib qaynash xarorati 12,6
0
S, 
muzlash xarorati -6,5
0
S, zichligi 1,22. Uning kuchli ta’siri par holdagisi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling