O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
fayllarda
. FAYL bu nomlangan, diskda joylashgan ma’lumotlar qismi (harflar, raqamlar va belgilar mantiqiy ketma ketligi). Kitobning nomi ikkita qismdan iborat bo‘lsa (kitob nomi va avtor nomi), fayl nomi ham ikkita qismdan iborat (fayl nomi va turi). Shu ikkita qismi faylning to`liq nomi deb nomlanadi. Fayl nomi uzunligi - 8 belgigacha, kengaytmasi - 3 belgigacha bo‘lishi mumkin. Fayl nomi va kengaytmasi o`rtasida nuqta belgisi qo`yilishi shart. Fayl nomi kitob nomiga o`xshab ichida saqlanib turgan ma’lumotlar mavzusiga qarab qo`yiladi. Fayl turi (kengeytmasi) shu ma’lumotlar turiga qarab qo`yiladi. Fayl nomiga qarab biz shu fayldagi ma’lumotlar nima haqidaligini yoki kimga tegishligini aniqlashimiz mumkin. Fayl turi (kengaytmasiga) qarab kompyuter ma’lumotlarni qanaqa ko`rinishda bizga ko`rsatishni aniqlaydi. Shuning uchun asosiy, ko`p qo`llanadigan, kengaytmalar bilan tanishamiz. Asosiy kengeytmalar: exe, com, bat - har xil programmalarni ishga tushiradigan fayllar bmp, jpg, gif - rasm va tasvir fayllari txt, doc, wri - matn fayllari wav, mid, mp3 - audio fayllari mov, avi - video fayllari sys - sistema fayllari Masalan: referat.doc, photo.jpg, setora.mp3, taxi.mov, aziz.txt Kitoblar kutubxonadi xonalarda joylanishsa, kompyuterda esa fayllar kataloglarda (direktoriya yoki papkalarda) joylashadi. Bitta xonada bir nechta xona bo‘lishi munkin bo‘lsa, bitta katalogda bir nechta boshqa katalog bo‘lishi mumkin. Bitta xonada chiqib ketsangiz, siz yuqori joylashgan xonaga chiqib ketasiz. Eng 101 yuqori xona esa karidor deb nomlanadi. Xuddi shu vaziyat kataloglar bilan. Agar siz katalogdan chiqib ketsangiz, u xolda siz yuqori joylashgan katalokga chiqasiz. Eng yuqori katalog asosiy deb nomlanadi. Kataloglar nomi uzinligi 8 ta belgidan oshmasligi kerak. Xonaning nomi uning ichidagi kitoblarga qarab qo`yilsa, katalog nomi ham ichida saqlanib turgan fayllarga qarab qo`yiladi. Masalan: GAME, TXT, BUGALTER, PROGRAMM Hamma xonalar va kitoblar kutubxonada etajlarda joylashadi, kompyuterda esa kataloglar va fayllar disklarda . Disklar 3 xil bo‘ladi: qattiq, yumshoq va kompakt. Etajlar nomi tartiblanib sonlar bilan berilsa, disklar nomi ham tartiblanib lotin harflar bilan beriladi (A, B, C, D, E...). Bulardan A va B yumshoq (floppi) disklarga beriladi. Qolgan harflar C, D, E ... qattiq disklarga beriladi. Agar sizda (kompakt disklar yurituvchisi) ham kompyuterda bo‘lsa u holda oxirgi harf unga beriladi Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling