Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxeologiya kafedrasi
Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi Kafedraga 1991-1993 yillarda dots. Ergashev F.R., 1993-1998 yillarda dots. Toshmuhamedov O.M., 1998 yilda dots. CHoriev Z.U., 1998-2001 yillarda prof. Vohidov SH.H., 2001-2004 yillarda dots. Boriev O., 2004-2005 yillarda prof. Kamaliddinov SH., 2005-2013 yillarda dots. Saidboboev Z.A., 2013 yildan esa dots. Rahmonqulova Z.B. rahbarlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada: prof., Munavvarov Z., t.f.n.,dots. Raxmonqulova Z.B. dots. Saidboboev Z.A., t.f.n., dots. Jumaev U. dots., Borieva X.O, katta oqituvchilar Iofe V.G., Joraev Z.M., CHoriev SH.SH., oqituvchilar Rashidov O.R., Saidboboeva G.N.,Nazarov A.Y., Adilov J.X., YUsupova D., orindoshlik asosida: t.f.d. prof. Alimova D.A., t.f.d., prof. Ziyaeva D.X., t.f.n., dots. Boriev O., t.f.n., dots. Jumaev U , t.f.n., dots. Borieva X.O., Duschanov R.R. mehnat qilishmoqda.Kafedrada 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari (Osiyo va Evropa mamlakatlari boyicha, 5A220301 Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik magistratura mutaxasissliklari mavjud.Kafedrada oquv jarayonini takomillashtirish va saviyasini oshirish maqsadida turli tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan (OzR FA Tarix instituti, SHarq qolyozmalar Markazi, Ozarxiv agentligi, Ozbekmuzey, litsey va kasb-hunar kollejlar) 2018 yil 25 aprel kuni "Tarixiy manbashunoslik muammolari" nomli Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi bolib otdi. Mazkur konfrensiya kafedra tomonidan ananaviy tarzda tashkil qilinadi. Ushbu konfrensiya Ozbekiston Milliy universiteti 100 yilligiga bagishlangan. Arxeologiya kafedrasi Orta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi OzMU) qoshida 1940 yil 1 aprelda M.E.Masson tomonidan tashkil etilgan. Kafedraga prof. M.E.Masson (1940-1967), prof.G.B.Lunina (1967-1981, dots.Z.I.Usmanova (1981-1992), prof.A.S.Sagdullaev (1992-1998), prof. R.H.Suleymanovlar (1998-2006) rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda kafedraga t.f.n. dotsent Ochildiev Fayzulla Boboqulovich rahbarlik qiladi. 1997 yilda tarix va arxeologiya fanlari doktori, Turkmaniston FA akademigi, Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi, tanikli arxeolog Mixail Evgenevich Masson tavalludiga 100 yil toldi. SHu munosabat bilan Toshkent, Ashxobod shaxarlarida bir kator tadbirlar, Toshkentda xar yilgi Masson okishlari otkazildi. SHuni xam aytishimiz joizki, Mixail Masson Orta Osiyo Davlat Universiteti (xozirgi Ozbekiston Milliy Universiteti)ning arxeologiya kafedrasining tashkilotchisi va mudiri edi (1936 yildan). Uning shogirdlari xozirgi kunda Markaziy Osiyoning etakchi arxeologlari, MDXdagi fanlar akademiyalari akademik va muxbir-azolaridir. Ozbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda Orta Osiyo Davlat universitetida Arxeologiya kafedrasini ochilishi (1940 y.), OzFA qoshida dastlab Arxeologiya bolimini, sal otib tarix va arxeologiya institutini tashkil etilishi (1943 y.), respublikada qadimshunos mutaxassislarni, ayniqsa mahalliy kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega boldi. Arxeologiya kafedrasida tahsil olgan talabalardan koplari istiqbolda, nafaqat Ozbekiston, Orta Osiyo, yoki MDH davlatlari, balki, dunyo miqyosida taniqli arxeolog bolib etishdilar Kafedra faoliyati davomida mashhur olimlardan prof. M.E.Masson, akad. G.A.Pugachenkova, g.f.d. N.G.Mallitskiy, b.f.d. L.V. Oshanin, t.f.d. A.A. Semyonov, I.I. Petrushevskiy, S.N. Zamyatnin, prof. V.P. Smirnov, E.V. Davidovich, B.A. Litvinskiy, B. A. Litvinskiy, E.V. Rtveladze, V.M. Masson, V.I. Sarianidi, N.I Krashennikova, YU.F. Buryakov, O.B. Obelchenko, B.D. Kochnev, R.H. Sulaymonov, Z.I.Usmanova, G.YA.Dresvyanskaya, professorlar: A.S.Sagdullaev va boshqalar faoliyan yuritgan. Otgan asrning 30-40 yillaridan boshlab arxeologiyaga mahalliy kadrlar kirib kela boshladi. Bu jarayonlarda birinchi qaldirgoch vazifasini otagan YA.G. Gulomovning bosib otgan hayoti yoli, ilmiy pedagogik faoliyati va ilmiy merosi ozidan keyingi avlod uchun yuksak namuna vazifasini otadi. OzMU arxeologiya kafedrasi oqituvchisi SHaydullaev Alisher SHopolatovich Ozbekiston CHexiya xalqaro arxeologiya ekspeditsiyasida 2008 yildan buyon doimiy azosi sifatida muntazam qatnashib kelmoqda. Ushbu ekspeditsiya Surxondaryo viloyatidagi Jandavlattepa (2008 2012 yy), Burguttepa (2014 - 2017), Kayrit qorgon (2016-2017) kabi arxeologik yodgorliklarda qazuv tadqiqot ishlarini olib bormoqda. A. SHaydullaev joriy yilda ushbu ekspeditsiya tarkibida Aleksandr Makedonskiy izidan nomli xalqaro grant asosida arxeologik dala qidiruv ishida qatnashib bir qancha yangi ilmiy yangiliklarga erishdi. OzMU arxeologiya kafedrasi oqituvchisi Annaev J.T. 2016-2017 oquv yillarida Ozbek-Xitoy xalqaro ekspeditsiyasida azo sifatida ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatining Termiz tumani xududida joylashgan Talitogora yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarida ishtirok etib kelmoqda. Kafedra bilan ishlab chiqarish korxonalari ortasida ozaro hamkorlik shartnomalari tuzilga bolib, Jumladan, Arxeologiya kafedrasi Qarshi Davlat universiteti bilan Oquv, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik togrisidagi ikki tomonlama shartnoma, Ozbekiston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari boyicha vzirligi bilan Arxeologik yodgorliklarni saqlash va ilmiy tadqiqot faoliyati yuritish togrisidagi ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi, Ozbekiston tarixi muzeyi, Ozbekistonning eng yangi tarixi masalalari boyicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi, Ozbekiston Davlat sanat muzeyi bilan YOdgorliklarni saqlash, restavratsiya ishlari, muzeylashtirish togrisidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatlari yuritish masalalarida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalar tuzilgan. Arxeologiya yonalishi boyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan talabalar, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar Arxeologiya kafedrasida faoliyat olib boruvchi professor-oqituvchilar va OzRFA arxeologiya instituti Toshkent bolimi, OzRFA tarix institutining qadimgi dunyo va ilk orta asrlar bolimlarida ozi ilmiy mazulariga doir ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda, xususan arxeologiya mutaxassisligi boyicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan SHaydullaev A.SH, Annaev J.T., Mominov O.O lar ilmiy mavzulari boyicha Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga arxeologik ekspiditsiyada ishtirok etishib bronza vailk temir davriga mansub bolgan xali fanga nomalum bolgan malumotlarni toplashga muvaffaq boldilar, shuningdek, arxeologiya kafedrasining professor oqituvchilari Suleymanov R.X, SHonazarov SH.B, doktarant Parmanov SH va talabalar ishtirokida Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani eski Langar ota qishlogiga arxeologik ekspiditsiya tashkil etildi bundan asosiy kozlangan maqsad bronza davriga mansub arxeologik obekt va Amir Temur tugilib osgan diyorni aniqlashga qaratildi natijada Munchoqtepa 1 va munchoqtepa 2 arxeologik yodgorliklarni aniqlashga muvaffaq bolindi shuningdek orta Osiyo arxeologiyasining zamonaviy muammolariga bagishlangan mavzular yuzasidan ozaro xamkorlikda ilmiy tadqiqotlar ham olib borilmoqda. Kafedra mamlakatimizning bir qator ilmiy va oquv maskanlar, jumladan: Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti; SHarqshunoslik qolyozmalar instituti, Nukus Davlat universiteti; Qarshi Davlat universiteti; Termiz Davlat universiteti; Samarqand Davlat universiteti;Namangan Davlat universiteti; Toshkent Davlat SHarqshunoslik instituti; Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. Urganch davlat universiteti Tarix fakultetining shakllanish jarayoni 1935-yildan boshlanadi. Shu yildan (1935) boshlab Xorazm Davlat pedagogika instituti tarkibida ijtimoiy fanlar o`qitila boshlangan. 1944-yilga kelib, ijtimoiy fanlar alohida kafedra tarkibiga jamlandi. 1944-1946-yillarda kafedraga S.Boltacheeva so`ngra Moskvadan yuborilgan L.A.Vishkarev rahbarlik qilgan. Kafedrada o`sha yillari L.A.Vishkarev, S.Boltacheeva, A.Mantusieva, Grinka, M.X.Aliakbarov kabi o`qituvchilar ishladilar. 1954-yilda kafedra jamoasiga falsafa fanlari nomzodi Ya.Rajapov va katta o`qituvchi R. Jumaniyozov, Vapaevlar kelib qo`shildi. 1954-yildan boshlab institut ijtimoiy fanlar kafedrasiga dotsent Ya. Rajapov mudir etib tayinlandi. U ana shu lavozimda salkam 30 yilga yaqin faoliyat ko`rsatdi. O`sha yillarda kafedraning ilmiy salohiyati nihoyatda quyi darajada edi. Olimlarga-fan nomzodlariga, professorlarga ehtiyoj sezilardi. Kafedrada ishlayotgan 10 dan ortiq o`qituvchilardan bir kishi yani Ya.Rajapov ilmiy darajaga ega edi xolos. Kafedrani tajribali o`qituvchilar bilan mustahkamlash lozim edi. Shu sababdan Toshkent oliygohlaridan professor J. M.Bobonev, professor B. Ismoilov, professor M.Baratov, professor I. Jabbrov kabi olimlar ishga taklif etildi. 1960-1970-yillarda kafedra salohiyati Toshkent, Moskva, Leningrad, Kiev oliygohlarida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan yoshlar hisobiga mustahkamlandi. Fan nomzodi, dotsentlardan N.Qalandarov, M.Matniyozov, A.Sotliqov, K.Abdullaev, A.Xayitboev, X.Sapaev, F.Madraximov, A.Sobirovlar yoshlarga ijtimoiy fanlarni o`qitishda alohida fidoiylik ko`rsatdilar. 1967 yilga kelib Xorazm Davlat pedagogika institutining kengayishi munosabati bilan ijtimoiy fanlar kafedrasi 3 ta kafedraga ajratildi. Tarix fakulteti uzoq yillar davomida faoliyat ko`rsatib, dastlab Filologiya va tarix fakulteti deb nomlandi, Filologiya va tarix fakultetidan 2001-yil 3-yanvarda ajaralib alohida Tarix va huquq fakulteti bolib shakllandi. 2008- yildan boshlab esa, Tarix fakulteti deya nomlanadi. Fakultetni 2001-2005-yillar davomida yu.f.n. Ya.Yu.Ollamov, 2005-2009- yillarda t.f.n,dots. S.R.Davletov boshqardi, 2009-yilda t.f.n. T.P. Abdullayev boshqardi. 2013-yildan boshlab t.f.n. O.Shixov rahbarlik qilmoqda. Joriy oquv yilida jami 598 nafar talaba bilim olmoqda. Fakultetda quyidagi talim yonalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi: 5120300-«Tarix (mamlakatlar va mintaqalar boyicha)» 5111600- «Milliy goya, manaviyat asoslari va huquq talimi» Shuningdek 5A120302-«Tarih(yonalishlar va mamlakatlar)» mutahassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlanadi. Bugungi kunda o`quv jarayonlari va ilmiy-uslubiy ishlarga quyidagi kafedralar rahbarlik qilmoqda: Tarix kafedrasi. Kafedra mudiri., t.f.n., dots. O`.I. Abdullayev, Milliy goya, manaviyat asoslari va huquq talimi kafedrasi. Kafedra mudiri., t.f.n. dots. O.B. Abdullayev , O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va falsafa kafedrasi. Kafedra mudiri., f.f.d. M. Xajiyeva. Fakultetda 2 nafar professor, 1nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodi dars beradi. Professor o`qituvchilar tarkibibining saviyasi ularning ilmiy tadqiqotlar, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishlari, fanlarning o`quv dasturlariga yangi metod va texnologiyalarni joriy qilishida namoyon bo`ladi. O`quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalar, ta`lim berishning faol shakl va usullari, videoleksiyalar va yangi texnologiyalarni qo`llash ko`magida talabalarning tarix va boshqa gumanitar fanlardan bilimi yuksalib, olimpiadalar, intellektual o`yinlar, munozaralarda faolligi oshadi. Fakultetda talabalar uchun bir necha ilmiy to`garaklar faoliyat yuritmoqda. Tarix kafedrasida Oykumena, O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va falsafa kafedrasida Yosh faylasuflar, Milliy goya, manaviyat asoslari va huquq talimi kafedrasida Yosh huquqshunoslar ilmiy to`garaklari faoliyat ko`rsatadi. Talabalar ushbu ilmiy to`garaklarda tarix, falsafa va huquqiy sohalardagi fan yangiliklari bilan tanishib, ilmiy izlanishlar olib boradilar. Fakultetda iqtidorli talabalar guruhi shakllangan bo`lib, ularga muntazam ravishda mutaxassislik fanlaridan, xorijiy tillar va informatika va ahborot tehnologiyalaridan maslahat mashg`ulotlari o`tkaziladi. 2002-2016-yillarda fakultet talabalaridan 3 nafari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi, 9 nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo`ldilar. Fakultet bitkazuvchilari jamiyatning ta`lim va boshqa sohalarida o`zlarining yuksak professional tayyorgarlik darajasini namoyon qilmoqdalar. Tarix fakultetida ta`lim olgan qobiliyatli yosh mutaxassislar bugungi kunda o`qish va ish faoliyatlarini xorijda, O`zbekistinning turli hududlarida davom ettirmoqdalar. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling