Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
OZBEKISTONDA ARXIV ISHI TARIXI 1.TURKISTONDA ARXIV ISHI(1917-1924 yillar)
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
OZBEKISTONDA ARXIV ISHI TARIXI 1.TURKISTONDA ARXIV ISHI(1917-1924 yillar)
1917 yilgi oktyabr voqealarsha qadar hujjatlar har bir ilorada va tashkilotning ozida saqlangan. Arxivlar tarqok, holda bolib, hujjatlar bir joyda yigilmagan, markazlashmagan edi. Oktyabr tontarishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibida avtonom respublika sifatida faoliyat korsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan barcha qonunlar,qarorlar Turkiston uchun ham tegishli edi. SHuni aytish kerakki, RSFSR hukumati 1918 yil 1- iyunda «Arxiv ishiii qayta qurish va markazlashtirish togrisida» dekret qabul qildi. Bu dekret asosida barcha tarqoq arxivlar markazlashtirildi. SHundan kelib chiqqan holda Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) 1919 yil 5- noyabrda «Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish torisida» qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917 yilga qadar bolgan barcha idoraviy arxivlar tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Respublikasining YAgona davlat arxiv fondi (YADAF)ni tashkil qiladi, deb elon qilindi. YADAF ni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishi bosh boshqarmasi gashkil qilindi. YADAFga 1917 yil 25- oktyabrgacha bolgan barcha hujjatlar topshirilishi kerak edi. YUqoridagi takidlangan qarorda arxiv hujjatlarini yoq qilish tartibi ornatildi. Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz oz hujjatlarini yoq qilish huquqiga ega emas, deb korsatilgan. Sovet idoralarida tashkil bolgan hujjatlar YADAF ning tarkibiy qismi deb qayd qilingan- Bu hujjatlarni Arxiv ishi bosh boshqarmasiga nazorat qilib turish topshirilgan. Bu boshqarma Maorif xalq komissarligi huzurida tashkil qilingan. 1919 yil 15-noyabrda Turkiston Reslublikasi Maorif xalq komissarligi qaroriga binoan Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tuzildi va V. N. Kucherbaev boshqarma boshligi etib tayinlandi. Tez orada RSFSR Arxnv ishi bosh boshqarmasi (Bosh arxiv)dan Toshkentga vakil qilib D. I. Nechkin yuborildi. Turkkomissiya uni Turkiston Respublikasi Arxiv ishi mardaziy boshqarmasi boshligi qilib tayinladi. D. I. Nechkin MIKning yarxiv togrisidagi qaroriga ozgartirishlar kirshdi. Muhim ozgartirish" shu boldiki, Turkiston Respublikasi Arxiv ishi markaziy boshqarmasi boshligi RSFSR bosh arxivi hodimi bilan Turkisgon Respublikasi Maorif xalq komissarlign qaroriga asosan tayinlanadi deb korsatildi. Bu bilan Turkiston Respublikasi huquqi, shubhasiz, cheklandi. Arxiv ishi markaziy boshqarmasi quyidagi bolimlardan iborat edi: botqarma boshligi huzuridagi kengash, ish boshqarmasi, ilmiy statisgika bolimi, inspeksiya, tahririyat kengashi, davlat arxivlari bolimi. Kengash maslahat organi bolib, bolimlar rejalari, hisobotlarini eshitgan, ularning faoliyatini yonaltirib turgan, ilmiy, metodik ishlarni tasdiqlagan va arxiv togrisidagi qonuniy hujjatlar loyihalarini korib chiqish bilan shugullangan. Inspeksiya davlat tashkilotlari ish yuritishichi va arxivlari ishini nazorat qilgan. Ilmiy statistika bolimi arxizlar haqida malumotlar yigish va metodik qollanmalar tayyorlash bilan mashgul bolgan. YADAF 8 ta seksiya va 4 bolimdai iborat edi. Bolimlar quyidagilardan iborat bolgan: 1-bolim-mamuriy-diplomatik, yuridik seksiyalarni birlashtirgan; 2-bolim-harbiy seksiya; 3-bolim-maorif va iqtisodiyot seksiyalari; 4-bolim-tarixiy-inqilobiy, sharq va matbuot seksiyalaridan iborat bolgan. Davlat arxivi fondnga faqat 1917 yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham k.abul qilingan. Tashkilotlarda hujjaglar 5 yil saklanishi va keyin davlat arxiviga topshiriliish belgilangan. Bu qoida 1921 yil 30- sentyabrdan kuchga kirgan. Joylarda viloyat arxiv bolimlari tashkil qilindi. Masalan, 1920 yil martida - Fargonada, 1920 yil iyunda-Samarqandda, osha yil noyabrda-Ettisuvda, 1921 yil martda-Kaspiy orti viloyatida ana shuiday arxiv bolimlari tashkil qilindi. Mahalpiy arxiv gashkilotlari Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ning 1921 yil 25- yanvardagi «Viloyat arxiv fondlari togrisidaigi qaroriga asosan qonuniy jihatdan rasmiylashdi. Bu qarorga kora viloyat hududidagi barcha idoralarning ish yuritish hujjatlari viloyat davlat arxivi fondinimg tarkibiy qismi hisoblanadi deb korsatilgan. Markaziy va mahallny arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarshsh qidirib topish va yigish 1920-1921 yillari 500 dan ortiq fondlar hisobga olindi. 1921 yil oxirisacha davlat arxiv fondlariga 157 ta harbiy va fuqzro tashkilotlari 305 mingdan ortiq yigma jildlarni joylatirdilar. 1922 yili 83 ta tashkilot tomonidan 200 mingga yaqin yigma jild topshirildi. Turkiston Respublikasi XKSning 1921 yil 25- yanvardagi qaroriga binoan arxivlarda holyozma hujjatlargina emas, balki nashr qilingan materiallar va foto hujjatlar ham yigila boshlanli (varaqalar. xitobnomalar.tarixiy kitoblar va risolalar). Arxiv hujjatlarini saqiash choralari korildi. Hukumatning 1921 yil 23- iyundagi buyrugi bilan hujjatlarni yoq qilish man qilindi. Arxiv tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish bilan birga ularni tartibga keltirish ishlari hamda arxiv hujjatlaridan foyda.ianishii tashkil qilish, ularni bayon qilish bilan shugullandilar. Arxiv hujjatlari royxatini tuzishdan oldin bu hujjatlar kerak va keraksizlarga ajratilib, i.shiy, amaliy ahamiyati borlarini doimiy saqlash, bunday qimmatga ega bolmaganlarini yoq qilish belgilandi, yani arxiv materiallarining oziga xos ekspertizasi otkazildi. Bu masala boyicha Turkiston Respublikasi XKSning 1923 yil 25-yanvardagi «Arxiv hujjatlarini saqlash va yoq qilish togrisida»gi qarorida yol-yoriqlar, korsatmalar berildi. Ushbu qarorda arxiv hujjatlarining yoq qilishni quyidagi tartibi ornatilgan edi: arxiv hujjatlari tarkibidan yoq qilinadigan xujjatlarni ajratish uchun Ajratish komissiyalari tuzilib, ularga Arxiv boshqarmasi va arxivi tekshirilayotgan idora vaknllari kiritilishi belgilangan. Bu komissiya qarorini Arxiv ishi Markaziy boshqarmasi xuzuridagi Tskshirish komissiyasi korib chiqib, oz xulosasini Boshqarma boshligi tasdigiga havola qilardi. SHunday qilib, tashkilotlar hujjatlarini yoq qilish huquqi arxiv idorasiga-Arxiv ishi Bosh boshqarmasiga topshirildi. Davlat tashkilotlari uning ruxsatisiz arxiv hujjatlarini yoq qilish huquqiga ega emas edi. Arxiv xodimlari hujjatlarni yoq qilishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishardi. YADAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratilgai hujjatlar tartibga solindi va royxatyaash-tirildi. 1920-1922 yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar royxatga olingan. 1924 yilga kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallariiimg uchdan bir qismi tartibga solingan edi. Arxiv hujjatlarini tartibga cholish ulardan ilmiy va amaliy maqsadda foydalanish imkonini berdi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy ishlar gayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin (1918 - yil martda Kolesovning Buxoroga yurishi» asarini yozgan edi. Arxiv tashkilotlari arxiv hujjatlari korgazmalarini tashkil qnldi! idoralarga malumotnomalar berli, hujjatlardan qiroatxokalar orqali foydalanishni tashkil qildi. 1920-1924 yillarda metodik qollanmalar xam vznldi. Masalan, arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxialar ishlarini olib borish tartibi, joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga shshsh, h.ujjatlarni ajratish va yoq qilish togrisida yoriqnomalar tuzildi. Turkiston Respublikasi arxivlarining bu ishlari arxiv nazariyasi va amaliyotiga muhim va salmoqli hissa bolib qoshildi.. SHunday qilib, oktyabr tontarishidan keyingi dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublikada markazlashgan arxivni tashkil qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va mablag bolmagan hollarda ularni arxivchilarning ozlari tashidilar, saqlab qolish uchun qoldan kelgan barcha choralarni kordilar. Osha yillar eng ogir yillar edi. Maoshlar yarim yillab berilmas edi, lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom ettirdilar. Turkiston Respublikasining arxiv xodimlari oktyabr tuntarishidan oldingi tashkilotlarning, yani Turkiston general-gubernatorligi tashkilotlarining arxivlarinn saqlab qolish uchun katga ishlarii bajardilar. YUqorida takidlanganidek, Turkiston Respublikasining YAgona davlat arxiv fondi tashkil qilinib, arxiv hujjatlarini yigishdan tashqari ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yolga qoyish boyicha ham kopgina ishlar amalga oshirildi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling