Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
-MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK VA BIBLIOGRAFIYA ASOSLARI HAMDA ULARNING TARIXCHINING ISH SOHASIDAGI AHAMIYATI
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR: F.Abdullaev Kutubxonashunoslik asoslari, T,1988 yil. M.Matyoqubova Xiva xonligida kitobat, T,2009 yil.
7-MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK VA BIBLIOGRAFIYA ASOSLARI HAMDA ULARNING TARIXCHINING ISH SOHASIDAGI AHAMIYATIREJA: 1.TARIXCHI MUTAXASSISLAR FAOLIYATIDA BIBLIOGRAFIYANING TUTGAN ORNI VA AHAMIYATI 2.OZBEKISTONDAGI KUTUBXONALAR TARIXI VA BIBLIOGRAFIYA ASOSLARI ADABIYOTLAR: F.Abdullaev Kutubxonashunoslik asoslari, T,1988 yil. M.Matyoqubova Xiva xonligida kitobat, T,2009 yil. X.Aminov, N.Polvonov Feruzxon fehristi, T, 2009 yil. Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasiga 1870 yilda asos solingan. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldagi PF-3029-son «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish togrisida»gi Farmoniga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi va Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi negizida tashkil qilingan Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi uzoq tarixga ega. Turkiston general gubernatori K.P.Kaufman 1867 yil 16 avgustda Xalq maorifi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ommaviy kutubxonaga, Geografiya jamiyatiga, Rossiya Bosh shtabiga kutubxona tashkil etishga va kitob omborlaridan dublet nusxali nashrlarni berish bilan yangi kutubxona asosini yaratishga yordam berishni sorab murojaat qildi. SHu davr kutubxona tarixining boshlanish davri edi. 1870 yil mayida bolajak Toshkent ommaviy kutubxonasining yadrosini tashkil qilgan 2200 dan koproq jild (200 nomdagi) nashr yigilgan edi, bu ommaviy kutubxonani ochishga imkon berdi. Olkaning katta bilimdoni va kuchli bibliofil, kutubxonaning birinchi direktori N.V.Dmitrovskiy (1841 1910) ozining sergayrat faoliyati bilan Toshkent ommaviy kutubxonasi tarixida uning ravnaqi uchun muhim rol oynadi. Kutubxona faoliyat korsata boshlagan davrda kitobxonlarning asosiy qismini harbiylar tashkil etgan. Kutubxona Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik va qadimgi kitob saqlash maskanlaridan biri bolib, 28 nomdagi turli noananaviy xizmatlarni korsatadi. Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi axborot va madaniy-marifiy muassasa bolib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxona fondi mazmunan universal milliy va xorijiy matbuotning noyob toplamidir. Kutubxona faoliyatining bosh maqsadi, butun insoniyat bilimini aks ettirgan, avvalo, Ozbekistonga va uning milliy manfaat lariga taalluqli hujjatlarning universal fondini yigish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taq dim etishdir. Noyob va nodir nashrlar fondi kutubxona kitob kolleksiyasining faxridir, u 250 mingdan ortiq nashrdan iborat. Ularning 15 mingdan ortigi nodir kitoblar hamda qolyozmalardir. Kutubxonaning ota noyob toplamida Orta Osiyoning 1917 yilgacha bolgan tarixi, etnografiyasi, madaniyati va geografiyasiga oid oziga xos ensiklopediya bolgan 594 tomlik noyob «Turkiston toplami» hamda A.P.Kun tuzgan 4 qismdan iborat 10 tomlik 1200 noyob fotosuratlarni oz ichiga olgan Turkiston olkasi aholisining turmush tarzi, urf-odatlari togrisidagi «Turkiston albomi» alohida orin egallaydi. Respublika tarixi boyicha XIX asrning oxiri XX asrning birinchi choragidagi olkashunoslik mavzusidagi adabiyotlar, birinchi Turkiston litografik, vaqtli nashrlari, qolyozma kitoblar kolleksiyasi, muqaddas kitobQuronning turli nashrlari tadqiqotchilar uchun katta qiziqish uygotadi. Kutubxonada qadimiy rus kitoblaridan XVI asr matbaa sanati yodgorligi, Ivan Fedorov tomonidan 1581 yilda Ostrog shahrida bosilgan «Ostrojskaya bibliya» kitobi, 1647 yilda Moskvada cherkov-slavyan shrifti bilan bosilgan dunyoviy mazmundagi «Uchenie i xitrost ratnogo stroeniya pexotnыx lyudey» birinchi rus kitobi, Petr davri kitoblari–Leontiy Magnitskiyning «Arifmetika»si (1703 yil), Buyuk Petr davri «Xmochnovskaya rukopis» va boshqalar mavjud. G‘arbiy Evropa kitoblarining nodir kolleksiyasida 1489 yilda Nyurnbergda bosilgan «Devyataya Nemetskaya bibliya» inkunabuli, B.Erbeloning 1697 yilda Parijda nashr qilingan «Vostochnaya biblioteka»si mavjud. Buyuk ajdodlarimiz Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad YAssaviy, Bahoutdin Naqshbandiy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Bobur asarlari kutubxona fondida koz qorachigidek saqlanmoqda. CHolpon, Fitrat, U.Nosir, Hamza, G.Gulom, A.Qahhor va boshqa ijodkorlarning hayotligida chop etilgan asarlarning ilk nashrlari, rus adiblari A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, A.P.CHexov, A.N.Tolstoylarning asarlari bebahodir. Xorijiy tillardagi adabiyotlar fondi 75 dan ziyod tillardagi ijtimoiy-siyosiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy va texnika masalalariga oid nashrlar bolib, bugungi kunda 350 mingdan ortiq nusxani tashkil etadi. Kutubxonaning Sanat bolimi oziga xos notali-musiqaviy asarlar toplamini, ozbek klassik va jahon musiqasi gramplastinka yozuvlarini, 150 mingdan ortiq tasviriy va amaliy sanat nashrlarini jamlagan. Texnikaga doir adabiyotlar (2 mln.dan ortiq nusxada) ham mazmuniga kora oziga xos bolib, memoriy-texnik hujjatlar, sanoat kataloglari (qogozda) toplami (33700 nusxadan ortiq)dir. Avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari bolimi yagona avtomatlashgan kutubxona tizimini qollaydi va rivojlantiradi, elektron katalog hamda elektron malumotlar bazasini yaratishda metodik yordam beradi. Kutubxona oz nashriyot va bosmaxonasiga ega bolib, noshirlik hamda matbaa faoliyati bilan shugullanadi. 1988 yildan kutubxonachilik jarayonini avtomatlashtirishga, 1999 yildan Rossiya Davlat Ilmiy texnika kutubxonasining IRBIS avtomatlashtirilgan axborot dasturidan foydalangan holda vatanimiz va chet el yangi nashrlarining elektron katalogini yaratishga kirishildi. Kutubxonaning elektron katalogi bugungi kunda 25 mingdan ortiq yangi adabiyotlarning bibliografik yozuvlari va davriy nashrlarning analitik yozuvlarini saqlaydi. Kutubxona oz malumotlar bazasini yaratmoqda va Curret Content, MicroMedex, Medine, EBSCO va malumot bazalari bilan ishlash imkoniyatidan unumli foydalanmoqda. Kutubxona 1923 yildan boshlab bosma asarlardan majburiy nusxa ola boshlagan. 1948 yilda kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilgan. Kutubxona 1956 yildan buyon xalqaro kitob almashuvini amalga oshirib, uning sheriklari jahonning 24 mamlakatidan 30 dan ortiq tashkilotlardir. Kutubxona yirik xalqaro kutubxonachilik tashkilotlari: IFLA, EvroOsiyo kutubxonalar Assotsiatsiyasi, elektron kutubxonalar va yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilar xalqaro Assotsiatsiyasining azosi. Kutubxona koplab xalqaro tashkilotlar va jamgarmalar bilan, shuningdek, Ozbekistonda akkreditatsiya qilingan chet mamlakatlarning elchixonalari bilan mustahkam ijodiy aloqalar ornatgan bolib, madaniyati, diniy qarashlari va tarixiy ildizlari turlicha bolgan xalqlarning yaqinlashishiga ozining hissasini qoshmoqda. Hozirgi kunda kutubxona fondi jahonning 75 tillaridagi deyarli 10 mln. nusxaga etgan. Kutubxona respublikamizdagi barcha kutubxonalarga kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohalari boyicha metodik rahbarlik qiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling