Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
-mavzu: Numizmatika fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifasi
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Numizmatika fani va uning vazifalari
8-mavzu: Numizmatika fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifasi.
Reja 1.Numizmatika fani va uning vazifalari. Numizmatikaning paydo bolishi va uning fan sifatida rivojlanishi. 2.Ilmiy numizmatikaning qaror topishida avstraliyalik olimlar Y.Ekkel, Y.Mayder, polyak olimi I.Lelevin, olmon olimi V.Renikman va fransuz olimlari A.Anjel va R.Serryurlarning orni. 3.Numizmatikani tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Ozbekistonda numizmatika fanining shakllanishi va rivojlanishi. Numizmatika fani va uning vazifalari Bugungi kunda jamiyatimizning turli javhalarida tub islohatlar otkazilmoqda. Bu islohatlar zaminida mustaqil Ozbekistonni har tomonlama rivojlangan davlatga aylantirish dunyo davlatlari orasida uni salohiyati yanada kotarish mezoni yotibdi. Albatta bunday jamiyat qilishni yosh avlodsiz koz oldimizga keltira olmaymiz. Yosh avlod avvalo chuqur bilimga ega, ulartning manaviyat dunyosi keng bolmogi lozim. Binobarin, Respublika talim sohasida otkazilgan islohat zaminida xam aynan shunday qarashni ustivor yonalish sifatida qabul qilinishi bejiz emas. Islohatda jamiyat taraqqiyoti darajasida toliq javob bera oladigan oqitish uslub va yonalishlarini keng joriy qilishga alohida yotibor berilgan. Tarix fakultetlarida Numizmatika fanini oqitish talabalarning ilmiy-nazariy bilimlarini yanada chuqurlashtirishda, oz kasblarini mukammal egallashlariga, ularning manaviy dunyosini bilishga, dunyo qarashlarini yanada kengaytirish barkamol inson, Vatan fidoiysi bolib etishishiga xizmat qiladi. Shu bilan Numizmatika fani talabalarda dunyo xalqlari tarixi va madaniyatiga hurmat bilan qarash tuygularini uygotadi. Tarixiy manbalar orasida tangalar alohida orin egallaydi. Ular boshqa manbalarga nisbatan koproq informativligi bilan ajralib turadi. Tangalar jamiyat hayotining turli tomonlarini yorituvchi malumotlarni ozlarida mujassamlashtirganlar. Ayniqsa, insoniyat tarixi va madaniyatini qadimdi davrlarni organishda tangalarning ahamiyari beqiyosdir. Tavar ayriboshlash vositasi sifatida vujudga kelgan tangalar jamiyat iqtisodiy hayotini turli yonalishlarini yoritish bilan bir qatorida, siyosiy tarix bilan bogliq muammolarni oydinlashtirishda, tilshunoslik, sanatshunoslik, memorchilikni organishda ham ularning orinlari juda salmoqlidir. Tangalar davlatlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini ularning chegaralarini, shoxlarni nomlari va hukmronlik qilgan yillarini, davlat mafkurasini, halqaro madaniy va iqtisodiy aloqalarni, tabiatini, aholiusini, qishloq xojaligini, xunarmandchilik sohalarini, qurol-yaroq tarixini, kiyim-boshlarni organishda muhim mazmun kasb etadi. Turli tarixi va arxeologik yodgorliklarni yoshini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Tangalar qadimgi sanatni rivojlanish yollari aniqlashda qimmatli manba bolishi bilan birga, tangalar ham noyob sanat asarlari hisoblangan. Binobarin ular insonning manaviy dunyosini organishda xam katta ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda shu jumladan Ozbekiston tavar ayriboshlash erta rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Xalqimizda ilk bor tangalarni milloddan oldingi III-ming yillik ortalarida tanishgan. Milloddan oldingi III asrdan boshlab esa u ozining tangalarini muntazam zarb qilib kelmoqda. Xozir Ozbekiston numizmatikasi turli tarixiy davrlarga oid bir necha 100 mingdan ortiq tangalar kolleksiyalariga ega. Bebaho boylik hisoblangan bu tangalar xalqimizning teran tarixi, yuksak va shu bilan birga oziga hos bolgan madaniyatini, dunyosini organishda katta ahamiyatga egadirlar. Numizmatika - qadimiy tanga - chaqa va medallarni tarixiy yodgorlik sifatida tekshiradigan fan hisoblanadi, havaskorlarning qadimiy tangalarni toplashlari oqibatida asta - sekin tarix fanining alohida sohasi - numizmatika (lotincha -numizma - tanga sozidan) paydo bolgan. Dunyodagi turli mamlakatlarning olimlari oz hayotlarini numizmatikaga bagishladilar va muhim kashfiyotlar qildilar. Masalan: Ilmiy numizmatika qaror topishida Avstriyalik olimlardan Y.Ekkel', E. Mader, Polyak olimi I.Peleven, Olmon olimi V.Renikman va Fransuz olimlari A.Aljel' va R.Serryurlarning orni juda kattadir. Numizmatikani tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqalari kattadir. Bu fan halqlar tarixini organishda qadimiy geografiyani, arxeologiya, qadimiy imloni, xronologiya va geraldikani (gerblar haqida) organishda yordamchi fan tariqasida ayniqsa katta rol oynaydi. Ozbekistonda numizmatikasini rivojlanishida ozlarining salmoqli hissalarini qoshgan olimlar: M.E.Masson, V.M.Massoy, G.A.Pugachenkova, E.A.Davidovich, O.I.Smirnova, B.I.Vayanberg, v.G.Dukonin va boshqalar. Bugungi kunda ozbek Numizmatikasi oldida turgan alohida vazifalari va muommalari kattadir. Ozbek davlatchiligi tarihini organishda qadimiy tangalarning orni benihoyat kattadir, shunday qilib bu numizmatika fani tangalar haqidagi fan: tangalarning tasvirlari, yozuvlari, ogirligi, qanday metalldan yasalgaqligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinishi tarihini urganadi. Numizmatika hronologiya, moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarihi masala-larini tekshirishga imkon beradi. Tarih, arxeologiya, paleografiya, san`at tarihi, siyosiy iqtisod, etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga egadir. Numizmatika tushunchasi yana qogoz pullarni organish (bonistika) va medal, jeton, orden, hamda znachoklarni organish ham kiradi. (Faleristika) metall pullar paydo bolgunga qadar pul vazifasini har hil tovarlar: hayvonlar, taqinchoqlar, metal qurollar va quymalar bajargan, jamiyatning iqtisodiy tomonidan rivojlanshi, savdoni osishi pulga bolgan zaruriyatni keltirib chiqardi. Faqat davlat boshliqlarigina tanga chiqarish huquqiga ega edi. Birinchi metal tangalar miloddan avvalgi VII asrga Kichik Osiyoning Lidiya davlatiga zarb qilingan. Orta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi III asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi (AVERSI)ga podshoning surati, orqa tomoni (REVERSI)ga esa har xil hudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg’asi tushirilgan. Qadimgi tangalar muayyan og’irliklarga chiqarilgan, lekin pul islohotlari ta'sirida tez - tez uzgarib torgan. Birinchi tangalar kumush va oltin aralashmasi elektrdan yasalgan bolsa, keyinchalik oltin kumush, mis va har hil metallarning aralashmalaridan ham ishlangan. Tanganing ogirligini va metallini aniqlash iqtisodiy hayotdagi qator voqealarni tiklashga, tanga topilgin joylarning topografiyasini organish esa pul muomalasi doirasini, qadimgi savdo yullari yonalishi, ayriboshlash tarkibini yoritishga yordam beradi. Numizmatika fani numizmatik kolleksiyalardan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya qilish esa XIV-XV asrlarda Italiyada paydo bolgan. Ilmiy Numizmatika fani XVIII asrning ikkinchi yarmida Venalik I.Okkel tomonidan asoslab berilgan. Numizmatika shartli ravshda antik davr Vizantiya, Sharqi, Osiyo va Afrika mamlakatlarida, SHuningdek Orta Osiyo, Kavkaz, Rim, Volga boyida orta asrlarda chiqarilgan tangalarni oz ichiga oladi. (Garb tangalariga Garbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasi mamlakatlarida orta asrlarda, yangi va eng yangi davrlarga chiqarilgan tangalarni organyadi) va Rossiya Numizmatikasiga bulinidi. Numizmatika antik tangalarning tasvir va yozuvlarini organishdan boshlangan. Antik davr Numizmatikasini organuvchi numizmatlari G.K. Keller, A.V.Oreshnikov, A.N.Zograflardir. Shimoliy Qora dengiz buyi davlatlari tangalarini organganlar. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Vizantiya Numizmatikasi alohida ajralib chiqadi. Vizantiya Numizmatikasining rivojlanishiga rus numizmatlari I.Tolstov katta hizmati bor. (SHarq numizmatikasiga D.Fren asos solgan. Undan tashqari Sharq numizmatikasini, ayniqsa, Orta Osiyo davlatlari tangalarini organishda L.S.Savelev, A.Davidovich, O.l.Smirnovalar katta hissa qushganlar). Orta Osiyoda arxeologiya fanining ravnoq topishi Numizmatikaning yanada rivojlanishiga sabab boldi. Panjikentdan topilgan tangalar kompleksyi O.I.Smirnova tomonidan, qadimgi Samarqandan topilgan tangalar kompleksi T.S.Ernazarova tomonidan organilishi natijasida Numizmatikaning yangi turi Sugd Numizmatikasi paydo boldi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling