Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
-5 mavzu: Arxivshunoslik sohasida uslubiy ishlar. Tadqiqot ishlarida arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanish
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1..Kogan L.N. O spetsifike primeniniya kriteriya praktika v istoricheskoy nauke, Praktika-kriteriy istini nauke,-M, 1960.
- 4. J.Rahimov Ozbekiston tarixini organishda arxiv manbalaridan foydalanish T, 1999 yil.
- Xolislik, ilmiylik qoidasi
4-5 mavzu: Arxivshunoslik sohasida uslubiy ishlar. Tadqiqot ishlarida arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanish.
REJA: TARIX SOHASIDA USLUBIY ISHLAR TARIX FANINI OQITISHDA YANGICHA OQUV USLUBIY ISHLAR ADABIYOTLAR: 1..Kogan L.N. O spetsifike primeniniya kriteriya praktika v istoricheskoy nauke, Praktika-kriteriy istini nauke,-M, 1960. 2. Lotman YU.V. Vnutri mislyashix mirov: CHelovek tekst-semiosfera-istoriya,-M, 1996. 3. Obichkin O.G. Diplomnaya rabota po istorii,-M, 1975. 4. J.Rahimov Ozbekiston tarixini organishda arxiv manbalaridan foydalanish T, 1999 yil. Tarix talimi murakkab va kop qirrali jarayonni tashkil etadi. Darc jarayonida ularni ilgari otilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini yanada mustahkamlaymiz, yani bilimlarini tekshiramiz, organilayotgan tarixiy materialni tahlil etish va umumlashtirish yoli bilan uning mazmunini oquvchilar tomonidan atroflicha ozlashtirib olishlariga harakat kilamiz. SHuningdek, dars davomida oquvchilarni yangi tarixiy tushunchalarni samarali ozlashtirishlari uchun ozlarida mavjud bolgan ilgarigi tarixiy bilimlardan foydalanishlariga undaymiz. YAngidan organilayotgan tarixiy material asosida ularning bilimlarini chuqurlashtirish, ken- gaytirish va tizimlashtirish xususida izchillik bilan ish olib boriladi. Eng asosiysi, dars davomida oquvchilarni organilayotgan tarixiy material ustida samarali ishlash qobiliyatlari va malakalarini shakllantirib borishga erish mogimiz lozim. CHunonchi, oquvchi dars jarayonida tarixiy xaritalar bilan erkin ishlashi va ularga qarab aniq moljal olmoqlari, tarixiy hujjatlar va olkashunoslik materiallari ustida mustaqil ishlay bilishlari, ularni qiyosiy taqqoslashlari, tarixiy asoslarini tolaqonli bilmoqlari lozim. Tarixiy voqealarni organishda togri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni togri yoritish va organish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur. Bilish nazariyasining dialektik metodi ana shunday tamoyillardan biridir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir boladigan hodisalar, voqealar umumiy va ozaro boglanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda boladi, deb talim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gertsen va boshqa olim va marifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va manaviy dunyoni uzviy bogliq jarayon shaklida, yani ularni uzluksiz harakat qilib, ozgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki boglanishda olib organish qoidalarini yaratdilar. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, Ozbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bogliq holda organishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, oziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy boglanishdadir. Darhaqiqat, Ozbekiston tarixi, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas boglangan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi kopgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bolib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo ozaro tasirda va aloqada bolganlar, qoshilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bogliq otgan. Shu sababdan Ozbekiston tarixini qoshni mamlakatlar tarixi bilan bogliq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qoymagan holda organish taqazo etiladi. Qozoq, qirgiz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afgon, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, Ozbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama organishga imkon yaratadi, komaklashadi. Tarixiy voqea, hodisalarni organish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik tamoyillardir. Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni organayotganda ular bilan bogliq bolgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, ozaro aloqada va munosabatda deb organish darkor. Oldindan toqilgan bir goyani, uydirmani oqlash lozim bolsa faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish «tajribasi» sir emas, albatta. Bunday yol bilan chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bolmay, u bir tomonlamalikka olib keladi. Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «Ozbek olimlarining kuch gayratlari bilan tariximizning kopdan kop goyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, otmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bolindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»1.Tarixni organishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni oz davrining aniq tarixiy sharoitidan, osha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda organishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan boglab organgandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi ornini togri aniqlash, belgilash mumkin boladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bolagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bolganligini, bu hodisa oz taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib otganligini, keyinchalik u qanday bolib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bolsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo boldi, ikkinchidan, u oz taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib otdi, uchinchidan, uning tarixiy orni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur boladi. Tarixiylik tamoyili xalqning otmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, otmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yoldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bolgan avlod tarix fani orqali otmishni, ajdodlarimizning tarixiy tajribasini yaxshi bilmogi lozim. Otmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni togri tasavvur etamiz, taraqqiyotning alternativ yollaridan togrisini tanlay olamiz. Insoniyat taraqqiyotining malum bosqichida xususiy mulkchilik kelib chiqadi va urugchilik tuzumi emirilib, urug jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bolinadi, shu davrdan etiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bogliq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa oz manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ayrim hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy manfaati bir-biri bilan toqnashadigan, qozgolonlar kotariladigan bolib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bolgan voqealarni, tarixiy jarayonni organishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya etish zarur boladi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini, teng tasir etuvchi omillarni hisobga olgan holda organishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa - kambagallar, yoqsillar yoki mulkdor boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bolib, bu tarixni soxtalashtiradi, togri xulosalarga olib kelmaydi. Shohlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishga adolat nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan, mulkdor bolgani uchungina qoralash, badnom qilish adolatdan bolmaydi. Mamlakat yurtboshisiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz bolmasligini isbot etishning hojati bolmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga qoralash ham togri emas. Jonajon Vatanimiz kohna tarixi ham ular orasida xalqparvar, marifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur davlat arboblari bolganligidan guvohlik berib turibdi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yolboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga korsatgan ijobiy yoki salbiy tasirini, jamiyatning u yoki bu yoldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir. Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar ortasida, hukmdorlar ortasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategic maqsadlar yolida tez-tez qirginbarot urushlar bolib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, maglub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zorovonlik bilan oz manfaatiga boysundirgan va ozlashtirgan. Bunday jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib baholash zarur boladi. Tarixni o`rganishda vorisiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g`oyaga asoslanish tamoyillari. Tarixni yoritishda milliy qadriyatlar, xalq ananalari va urf-odatlari, diniy etiqodlar, turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan tarixiy-madaniy taraqqiyot nuqtai-nazaridan yondoshuv. Mamlakatimiz tarixini organishda milliy qadriyatlar, xalq ananalari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy etiqodlari, diniy talimotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularni tarixiy xotira sifatida hurmatlash, ezozlash va yanada boyitib borish nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga-ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bolish, birinchisini qoralashdan iborat yoriqnomaning naqadar zararli ekanligini korsatdi. Milliy madaniyatga, manaviy merosga bunday yondashuv manaviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urfodatlarning oyoq osti qilinishiga, kopgina olimlar, marifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak. Ajdodlarimiz hayotini, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, yoritish, organishda Vatan manfaati nuqati nazaridan yondashish, milliy istiqlol goyasi tamoyillariga tayanmoq lozim. Tarixni organishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni otkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur. Tarixni organishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni otkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling