Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
-1945 YILLARDA OZBEKISTONDA ARXIV ISHI
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
3. 1941-1945 YILLARDA OZBEKISTONDA ARXIV ISHI.
Ikkinchi jahon urushi yillari Ozbekistonda arxiv ishi tarixida eng ogir yillardan biri boldi. Alolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligini kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ihtiyoriy ravishda frontga jonab ketdilar. Arxiv tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, galabaga erishishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv tashkilotlari jamoalari mudofaa jamgarmasiga har oy oz maoshlarining 2 foizini otkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa oldilar. Ularga moddiy va manaviy yordam korsatib bordilar. Bayramlarda sovgalar tashkil qilib, jan!chilarga jonatib turdilar. 1942 yil noyabrida Toshkent shahrida Orta Osiyo va Qozogiston respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bolib otdi. Qabul qilingan qarorda bu respublikalar arxiv idoralari hujjatlarni ehtiyot qilishni taminlash, tartibga solish va ulardan urush manfaatlari yolida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani etirof etildi. SHu bilan birga, OzSSR arxiv idoralari ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi hamda shahar, tuman arxivlari birmuncha inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi va markaziy davlat arxivlarda ishchilarning, arxivchilarning etishmasligi, OzSSRda kino-foto-fotohujjatlar davlat arxivi tashkil etilmaganligi korsatib otildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini korish, ilmiy va tashviqot maqsadlarida hujjatlardan keng foydalanishni tashkil etish zarurligini oqtirib otdi. Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, rsspublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. OzSSR XKS ning 1943 yil 18 fevral qarori bnlan OzSSR kino-foto-fono-hujjatlar markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. 108 ta shahar, tumanlarda davlat arxivi ochilib, ularning mudirlarini oylik ish haqi miqdori oldingi - 110 som orniga 300 som qilib tasdiqlandi. 1941 yili OzSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxondaryo va keyinroq, 1943 yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat IIXK boshqarmasida arxiv bolinmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilindi. Urush yillari mobaynida arxiv tashkilotlari birmuncha kadrlar bilan mustahkamlandi. 1941 yili respublika arxiv tashkilotlarida 113 kishi ishlagan bolsa, 1945 yili ularning soni 306 taga etdi. Bularning ichida tarixchi-arxivchilar: Z.I. Agafonova, A.I. Belkova, N.G, Manin, L.M. Vays, L.M. Landa, YA.N. Seriy, A.A. Xalfin va boshqa malakali mutaxassislar bor edi. Arxiv xodimlari hujjatlarni ehtiyot qilish maqsadida tashkilotlar arxivlarini tartibga solish va ularni davlat arxivlariga qabul qilishga apohida etibor berdilar. 1941-1942 yillarda rsspublika davlat arxivlariga 0,5 (yarim) million saqlov birligida hujjatlar qabul qilindi. Lekin keyingi Yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlardahujjatlarni qabul qilish aa saqlafga joy etishmas edi. 1944-1945 yillarda davlat arxivlariga bor yogi 48 ming saqlov birligi qabul qilindi. YAngi tashkil qilingan Kino-foto-fono hujjatlar markaziy davlat arxivi 1944-1945 yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjat qabul qildi. Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan frontga jonatilgai harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur boldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv fondlarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlaridan 1941 yili 100 ming, 1944-1945 Yillarda esa 136 ming saqlov birligida hujjatlar tartibga solindi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xojaligi maqsadida foydalanish uchun kop hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlar-dan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari «Frontdan xatlar» va boshqa bir necha hujjatlar toplamlariii tayyorlashga kirishdilar. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan maqolalar gazeta va jurnallarda elon qilinib turildi. Masalan, 1944-1945 yillari 21 ta maqola, 9 ta radioeshittirish, 4 ta korgazma tashkil etildi va koplab maruzalar oqildi. Arxiv qiroatxonalarida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchui arxiv hujjatlaridan foydalandilar. SHunday qilib, respublika arxivchilari urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini qabul qilish, tartibga solish, ehtiyot qilib saqlash, ulardan foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ishlar olib borildi. Arxiv tashkilotlari moddiy jihatdan ham ancha mustahkamlandi. OzSSR kino-foto-fono hujjatlar markaziy davlat arxivi, bir qancha viloyat davlat arxivlari va joylarla shahar, tuman davlat arxivlari tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlari malakali kadrlar bilan mustahkamlandi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling