Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
MUSTAQIL OZBEKISTONDA ARXIV ISHI
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
6. MUSTAQIL OZBEKISTONDA ARXIV ISHI.
Ozbek xalqining mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga otishi jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan madaniy merosni tiklash, tarix, arxivshunoslik fanlarini rivojlantirish sohalarida ham tub ozgarishlar sodir bolishiga olib keldi. Bozor munosabatlariga otish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, maishiy xizmat va savlo korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xojaliklari, kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamkarmalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari Ozbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (OzR MAF)ga aylaitirildi. OzR Milliy arxnv fondi hujjatlarini davlat royxatidan ogkazish va hujjatlar zgasiga, tashkilop-a maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat korsatishi kengaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning shaxsiy tarkib boyicha hujjatlari saqpanishini taminlash maqsadida respublika shaharlari va tumznlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib boyicha idoralararo arxivlar soni kengaytirildn. Bu arxialar maxsus (byudjetdan tashqari) mablaglar hisobiga tashkil qilinadi. Ular fuqarolarni ijtimoiy - huquqiy sorovlarini bajarishda, shahar va tumanlarda arxiv ishiniig umumiy axvolini yaxshilashda muhim rol oynay boshladilar. Mustaqillik sharoitida «Ozarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy yonalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yonalishlar boyicha tuzilgan va besh yilga moljallangan: hujjatlarni idoraviy saqlovini taminlash, ularning davlat hisobn va ilmiy-malumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan foydalanishni jadallashtirish. 1996 yilda «Ozarxiv» agentligi Ozbekiston Respublikasida arxiv shpiii 2000 yilgacha rivojlantirish Konnepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatni axborot bilan taminlashdagi imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlashdagi rolini ortirishga qaratilgan edi. Ozbekiston Respublikasi hukumati arxiv ishi boyicha qonun va meyoriy hujjatlar ishlab chiqdi. 1999 yil 15 - aprelda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Arxivlar togrisida» qonun va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 30- oktyabrda «Arxiv ishi boyicha meyoriy hujjatlarni tasdiklash togrisida» qaror qabul qildi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Ozbekiston Respublikasi Milliy arxiv foidi togrisida Nizom», «Ozbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat royxatidan otkazish tartibi», «Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi («o-)bosharxiv») togrisida Nizom», «Ozbekiston Respublikasi Davlat hokichiyati va boshqaruvi organlari. korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv togrisida Namunaviy nizom» tasdiqlandi. Bu hujjatlar respublika arxiv idoralarini mustaqilligini, erkin.chigini qonuniy yol bilan rasmiylashtirdi. G.u hujjatlar asosida arxiv idoralari sovet tuzimi davridagidek ittifoq arxiv organlari aralashuvi, rahbarligi bilan , endi mustaqil Oebekistonda arxiv ishiga erkin rahnamolik qilmokda. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3-fevraldagi «Ozbekiston Respublikasn arxlv ishini boshqarishni yanala takomillashtirish togrisidaigi qaroriga kora «Ozbosharxiv» Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Ozarxiv» agentlshiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar arxiv bolimlari ornsha Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. Hududiy organlarning boshliqlari Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarn bilan kelishuv boyicha «Ozarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boldi. Ilgari arxiv bolimi mudirlari hokimlar tomonidan tayinlanardi va ozol qilinardi. Ozbekistonda bozor munosabatlarnga otish jarayonida koplab xususiy, nodavlat tashkshyutlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari eujudga keldi. Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi uyaarning mulki hisoblanadi. SHuning bilan birga 1999 yil 30- oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Ozbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi togrisidati Nizomda «Nodavlat yuridik ea jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashma-larning tarkibiy buliimalarida doimiy saqlashni taminlaydilar. Doimny muddatda saqlanadigan hujjatlar va shaxsiy tarkib boyicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, oqish, mukofotlash va bosh^alzr togrisidagi hujjatlar) Ozbeknston Respublikasi-Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Ozarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoq qilinishi mumkin emas», deb uqtirilgan. OzR MAF togrisidagi Nizomga biloan iodavlat yuridik, jismoniy shax^lar oz hujjatlarini davlat mulki qilib daalat arxivlari, muzeylar aa kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar yoki shaxsiy arxiv egasi vafot ztganda, vorislar va qonuniy merosxorlar bolmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga otkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari xujjatlarni butlash, saqlash, foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish boyicha meyoriy hujjatlarpi ishlab chiqish, Yigmajildlarni tamirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar korsatishi mumkin, Mustaqillik yillari davlat arxiv muassasalari idoraviy arxivlar hujjatlari saqlovini taminlash, ish yuritishni tashkil qilish borasida samarali ishlarni amalga oshirdi. Olar oz faoliyatini 1990 yil 28- iyunda «Ozbosharxiv» qarori bilan tasdiqlangan «DAF hujjatlari idoraeiy saqlovining taminlashni asosiy yonalishlari (1990-1995yillar)ning amalga oshirishni tashkiliy-metodik tadbir-lari rejasi» asosida amalga oshirdilar. Unda arxiv tashkilotlari respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda DAF hujjatlari idoraviy saqlovini takomillashtirish, ular tarkibini nxshilash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni kadrlar bilan taminlash, idoraviy arxivlar bilan ishlash boyicha meyoriy-metodnk qollanmalar tayyorlash va boshqa tadbirlarni amapga oshirish iazarda tutilgan edi. Eu tadbirlarning bajarapishi muassasa, tashkilot va korxonapar idoraviy arxia hujjatlari saqlovini yanada yaxshilanishiga imkon berdi. SHahar va tuman hokimiyatlari qoshidagi shaxsiy trkib boyicha idoralararo arxivlar tarmogi birmuicha kengaydi. 1995 yilda 1990 yilga nisbatan bunday arxivlarning soni 13 taga koiaydi va 1995 yilda ularning soni 91 tani tashkil qildi. Bu arxivlar shaxsiy tarkib boyicha hujjaglar saduyuvini va fuqarolarga ijtimoiy - huquqiy malumotnoma berishni yaxoshladi. 1990-1995- yillarda davlat arxivlari idoraviy arxivlarda 115 ta kompleks, 1378 ta maazu boyicha, 1705 ta nazorat qilish maqsadida tekshirish otkazdi. SHu bilan birga arxiv tashkilotlari respublikaning ayrim idoralari tarmoklarida kompleks tekshiruvlar otkazdilar. Masalan, 1991-1995 yillarda quyidagi idoralar tarmoqlari kompleks tekshirildi: Ozbekiston Respublikasi Markaziy statistik qomitasn (1991y), Mahalliy sanoat vazirligi (1992y), "Ozsanoatfuqaroqurilish" korporatsiyasi (1993 y.), Oliy va orta maxsus talim vazirligi (1994 y.), Soglikni saqlash vazirligi (1995 y.) va hokazolar. Ozbekiston davlach- sanoat va fuqarolar qurilnshi korporatsiya-sining kompleks tekshirilishi natijasida 31 ta arxiv tashkilotlari nazoratidagi muassasalarda 26 tasi binolar bilan taminlanganliklari, ulardan 20 tasi stellajlar bilan jihozlanganligi aniqlandi. 31ta tashkilotdan 17 tasining ish yuritish boyscha yoriqnomasi, 58 % muassasalarda yigma jildlar nomenklaturasi bolgan. SHuning bilan birga, ushbu korporatsiya tizimidagi idoraviy arxivlarda hujjatlar saqlovini taminlash va ish yuritishpi tashkil qilishda ayrim kamchiliklar borligi aniqlandi. Ish yuritish boyicha yoriqnomalar va yigma jildlar nomenklaturasi barcha muassasa va korxonalarda bolmagan va joriy qilinmagan. Faqat 3 ta muassasa shtatida arxiv xodimi bolib, 5ta muassasada arxivga masul shaxs buyruq bilan tayinlanmagan edi. Hujjatlarni tartibga solish, ularni davlat saqloviga tayyorlash va topshirish etarli darajada uyushtirilgan emas edi. Korporatsiya tizimi boyicha doimiy saqlanadigan 5,1 ming yigmajild, shaxsiy tarkib boyicha 9,3 miig yigma jild tartibga solinmagan va 3,2 ming muddati otgan yigmajildlar saqlanmoqda edi. Kopchilik muassasalarda doimiy ishlaydigan ekspert komissiyasini tashkchl qilinmagan va ular togrisida nizomlar ishlab chiqilmagan edi. Boshqa kompleks tekshirilgan idoralar tizimida ham idoraviy arxivlarda hujjatlar saqlovi va ish yuritishni tashkil qilinishi yuqorida bayoi etilgan tizimdagiga oxshagan holatlar uchratilli. Arxiv tashkilotlari nazoratidagi muassasalarga ish yuritish boyicha yoriqnoma, yigmajildlar nomenklaturasi, ekspertiza komissiyasi va idoraviy arxiv togrisidagi nizomlar ishlab chiqishga metodik va amaliy yordam korsatdilar. 1996 yilda Ozbekiston qishloq xojaligi vazirligi tizimi muassasalarida arxiv hujjatlarining idoraviy saqlovi va ish yuritishni tashkil etilishi ahvoli organildi- Ish yuritishda asosiy meyoriy hujjat hisoblangan ish yuritish boyicha yoriqnoma vazirlik tizimida mavjud bolgan 1763ta tashkilotning 585tasidagina (33 %) ishlab chiqilgan. Buning ustiga bir qator idoralarda ish yuritish boyicha guzilgan yoriqnomalarga qoshimcha aniqlik kiritilishi va arxiv muassasalari bilan kelishishni talab qilardi. Vazirlik tizimi tashkilotlarining yigmajildlar nomenklaturasi bilan taminlanishi 65 %ni tashkil qilgan. Xolbuki, hujjatlarni qidirish, indekslashii otkazish, yishajildla ijro etilgan x,ujjatlarni toplashda yigma jildlar nomenklaturasi odatdagi ish yuritishda asosly hujjat hisoblanadi. Idoraviy arxivlar togrisidagi nizomlar ushbu tizimning 558ta gashkilotlaridagi mavjud edi. Bu 31 % ni tashkil qilardi. Tekshirilgan davrda tizimning davlat arxivlari nazoratdagi 1763ta tashkilotidagina 750 nafar ish yuritish xodimi va 107 nafar arxia xodimi Xizmat qilgan. Vazirlik tizimidagi (333ta (75%) muassasa va tashkilotlar arxiv uchun ajratilgan xonalarga ega bolgan. qolgan 25 % idoralarda esa arxiv hujjatlari duch kelgan joylarda yotgai. Tizim boyicha arxiv muassasalari nazoratidagi 1763ta muassasaning 838 tasida ekspsrg komissiyasi tuzilgan, shulardan 554tasi ozining nizomiga ega bolgan. Tizim muassasalarida tegishli davlat arxivlariga topshirilishi lozim bolgan 78-164 yigmajilddan iborat hujjatlar bepgilangan muddatdan ortiq saqlanayottan edi. Qishloq xojaligi muassasalarining idoraviy arxivlarda doimiy saqlanishga molik 157610 yigma jild saqlanayotgan bolib, shulardan qariyb 38 mingtasi tartibga keltirilmagan. Arxiv tashkilotlarining harakati tufayli 1995 yilda respublika boyicha 61,5% idoraviy arxivlar hujjatlar saqlaydngan joylar bilan, 67,7% davlat arxivlari nazorat qiladigan muassasalar yigmajildlar nomenklaturasi bilan taminlanganligi malum boldi. Davlat arxivlarida saqlanishi lozim bolgan ^ujjatlar saqlovini taminlashning ishonchli garovi-bu idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatli matsriallarni tartib!^ solish va ularni davlat arxivlariga qabul qilish hisoblanadi. Lekin 1996 yil 1 - yanvarda idoraviy arxivlarda 1 millionaan ortiq doimiy muddatda saqlanadigan va 0,5 millionga yaqin idoraviy arxivda saqlash muddati tugagan, yani davlat arxiviga qabul qilinadigan hujjatlar saqlanardi. Davlat arxivlarida bosh joy bolmaganligi uchui idoraviy arxivlardagi hujjatlarni qabul qilish imkoniyati bolmagan. Davlat arxiv fonli hujjatlari saqlovini taminlashning jiddiy muammosi davlat va idoraviy arxivlarda hujjatlar saqlaydigan joylarniig etishmasligi edi. 1996 yil 1- yanvarda respublikada faqat 9 ta davlat arxivlari uchun quri.chgan bino mavjud bolgan. 68 ta davlat arxivlarining binolari hujjatlar saqlash uchun moslashtirnlgan binolar bolib, ularni kopchiligi hujjatlar bilan tolgan va idoravky arxivlardan davlat saqlovi uchun hujjatlar qabul qila olmas edi. Arxivlarning rejali butlashni taminlash uchun respublika boyicha 1,5 millioidan ortiq yigmajildlar saqlanadngan joylar qurib foydala-nishga topsshrish lozim edi. Rsspublika davlat arxivlarida hujjatli axborotlar bilan taminlash uchun OzR Milliy arxiv fondi (MAF) tarkibi va mazmuni togrisida ilmiy-malumot apparati (IMA) barpo qilindi. Davlat arxivlarmniig IMA tarkibiga quyidagi malumotnomalar kiradi: 1) arxiv royxatn (olisi); 2) arxiv boyicha korsatgich (putevoditel); 3) viloyat arxivi boyicha qisqacha malumotnoma; 4) fondlar katalogi; 5) tiznmli, ismli, mavzuli kataloglar; 6) fondlar va mavzular boyicha sharhlar. Viloyat davlat arxivlari filiallarida fondlar katalogi va royxatlar. viloyat davlat arxivlarida bulardan tashqari arxiv fondlarp boyicha qisqacha malumotnoma va tizimli katalog. Markaziy davlat arxivlarida IMAnint barcha gurlari albatga bolishi kerak. Ayrim arxivlar doirasidagi IMA dan tashqari respublika va viloyat doirasida ham IMA boladi. «Ozarxiv» agentligida respublika fondlar katalogi. Arxiv ishi hududiy boshqarmalarida fondlar katalogi bor. Bu barcha malumotnomalar garixchilar, tadqiqotchilar uchun ochiadir. Ular tadqiqotchilarga OzR MAF tarkibi va mazmuni xyaqida zarur bolgan malumotlar beradi. Mustaqil Ozbeknston sharoitida arxiv tashkilotlari IMA ni takomillashtirish boyicha kompleks dasturni amapga oshirlilar. «1989-1995 yillarda DAF hujjatlarining davlat hisobi va IMA ni rivojlantirish va takomillashtirish boyicha Ozbekiston Respublikasi arxiv muassasalarining tshkiliy - metodik rejasini bajara borib. arxiv tashkilotlari arxiv hujjatlari IMAni takomillashtirishda malum darajada yutuqlarga erishdi. 1989-1995 yillarda 404368 yigmajildlardan iborat arxiv royxatlari takomillashtirildi va qayta ishlandi. Ularni takomillash-tirish jarayonida yikmajildlar sarlaahalari tahrir qilindi, royxatlarga mundarija, kirish sozi va korsatgichlar tuzildi. 152 mnng boshqaruv hujjatlari yigmajildlari, 6 ming ilmiy - texnik hujjatlar yigmajildlari, 227 kinohujjatlar saqlov birligi, 49 ming fotohujjatlar va 4,1 mint fonoadjjatlar saqlov birligi kataloglashtirildi. Maazular boyicha kataloglar uchun 375 miig kartochka tuzildi aa yataloglarga qoshildi. Davlat arxivlari fondlar tarkibi va mazmuni haqida 5 ta malumotnoma chop etdilar, jumladai Ozbekiston Respublikasi kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivining korsatgichi, Ozbekisgon Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi korsatgichi. Mustaqillik tufayli respublikamiz, xalqymiz tarixiga qiziqish ksskin ortdi. SHu munosabat bilan davlat arxivlarining xalqning arxiv hujjatlariga bolgan talabini qondirishga qaratilgak axborot faoliyati ahamiyati osmoqda. Mustaqillik sharoitida OzR MAF hujjatlaridan goyaviy. ijtimoiy-madaniy, oquv-pedagogik, tarbiyaviy maqsadlarda, shuningdek fuqarolarning ijtimoiy - huquqiy talablarini qondirish uchun foydapanish ancha faollashdi. Respublika, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tyarixiga oid, ayrim tarixiy shaxslar hayoti va faoliyatn, jamiyat hastida arxivlarning ahamiyagi togrisila fotohujjatlar bilan bezatilgan va maemunli maqolalar, hujjatlar toplamlari elon 1941-1945 yillarda fashizm ustidan qozonilgan galabaning 50 yilligini tayyorlash va otkazish munosabati bilan urush yillarida viloyat davlat arxivlari mehnatkashlarning fashizm ustidzn qozonilgan galabaga qoshgai hissasi togrisida risolalar chop etdilar. Masalan, «Samarqand-frontga», «Qashqadaryo-frontga» va boshqalar nashr etildi. Har yili gazeta va jurnallarda yuzlab maqolalar eadoya qilindi. onlab korgazmalar tashkil qilindn, telekorsatuvlar, radioeshittirishlar berildi. 1999 yilda respublika arxiv tashkilotlari davriy matbuotda 205 ta maqola elon qildilar, 83 ta arxiv hujjatlari korgazmasi, 35 ta tslekorsatuv va radioeshttirish tashxnl qildilar. Juda kop ijtimoiy-huquqiy va mavchu boyicha sorovlar bajarildi. Respublikaarxivtashkilotlari 1991-1993 yillar mobaynida fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy xususdagi 46 .ching sorovini bajardi. Daalat arxnvlariga kelgan fuqarolar sorovlari yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1991 ynlda 15 mingga yaqin sorovlar bajarilgan bolsa, 1992 yilda 18 mingdai ortiq va 1993 yilning birinchi yarmida 12,5 mingsorov bajarildi. 1994-1995- yillarda respublika arxiv tashkilotlari 50 miigdan ortiq fuqarolar sorovlari bajarilgan bolsa, ulardan 32 mingdan kopiga ijobiy javoblar berilgan. Rossiya va Ozbekiston hukumatlari nafaqaxorlarga imtiyozlar bergani munosabati bilan urush yillaridagi ish stajini va medal bilan mukofotlaiganligi, polyak, yahudiy, koreets va boshqalarning evakuatsiyasi gogrisidagi sorovlar kopaydi. Respublikganing bozor munosabatlariga otish sharoitida kopchilik dav^lat arxivlari fuqarolar sorovinn shoshilinch (muddatidan oldin) bajarganligi uchun pullik xizmat korsatgan. «Ozarxiv» agentligi davlat arxivlari tomonidan bepul bajarilaligan sorovlar royxatii tasdiq ladi. Bu royxatga ish staji, urushda ishtiroki, urush yillari medal bilan taqdirlangailigi, qatagon qilinpshligi togrisidagi sorovlar kiritilgan edi. Sorovlarning boshqa turlari pullik bajarilgan. Ozbekiston arxiv tashkilotlari faoliyatning asosiy yonalish-laridan yanabiri tarixiy hujjatlarni elon qilish hisoblanadi. Lekin bozor munosabatlari sharoitida arxiv tashkilotlari nashriyot bazasi, qogoz va mablag yoqligi tufayli hujjatlar toplamlari chop echish imkoniyatlari bolmadi. Tarix ixgisosligidagi manfaatdor tashkilotlarni, shuningdek sponsorlarni qidirish borasadagi urinishlar muvaffaqiyat bilan tugallanmadi. Arxiv tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot ishlari ham shu ahvolda qoldi. Bozor munosabatlariga ogish sharoitida iqtisodiy islohotlar jarayonida arxiv tashkilotlarida xojalik yuritishning iqtisodiy usullarini joriy qilish va rivojlantirish yuz bermokda. Respublika arxiv ishini rivojlantirnsh fondining asosiy qismini bundan keyin ham davlat byudjeti mablaglari tashkil etadi. SHuning bilan birga, yangicha xojalik yuritish usuliga otish arxivlarga tashkilot va korxonalar, jamiyat va kooperativ, ijodiy muassasalar hamda aholiga tartnoma asosida pulli xizmat korsatishni kengaytirish hisobiga byudjetdan tashkdri moliyalashtirish manbalari-ning topish imkoniyatini berdi. Davlat arxivlarini shargnoma asosida bajaradigan pullik xizmag ishlari turlari quyidagilardan iborat: 1.Vazirlik, idora va boshqalarga yikmajildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda, ish yuritishni tashkil qilishda metodik va amaliy yordam korsatish. 2.Hujjatlarni tanlab olish va tartibga solish, jumladan shaxsiy arxivlarda ham shunday ishlar amalga oshirilishi mumkin. 3.Mavzuli sorovlarni, shuningdek mulkdorlik huquqi totrisida. sulolaviy xususdagi sorovlarni bajarish. 4.Tashkilotlarni axborot bilan taminlash. 5.Oquv yurtlari, ijodiy muassasalar va boshqa tashkilotlar buyurtmasn bilan hujjatlar toplamlari, hujjatlar korgazmalari, ekskursiyalar tayyorlash. Davlat arxivlari rahbarlari ish haqi jamgarmasidan iqtisod qilingan, pullik xizmat va shartnoma asosida topilgan qoshimcha daromadlar asosida xizmatchnlarini iqtisodiy ragbatlantirish (oylikka qoshimcha haq qoshib berish, mukofotlash) huquqiga ega boldilar. 1999 yilda respublika arxiv tashkilotlari pullik xizmat hisobiga 47,5 million som daromad qildilar. Arxiv tashkilotlari pulli xizmatda! olingan daromaddai xizmatchilarni mukofotlash, ularga qimmatli sovgalar taqdim etish va soglomlashtirish gadbirlarini amalgl oshirdilar. Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi Ozbekmston Vaznrlar Mahkamasi huchuridagi "Ozarxiv" agentligi hisoblanadi. Uiing tnzimiga Qoraqalpogistoi Respublikasn, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ularning qaramogidagi davlat arxivlari (ulariing filiallari) hamda markaziy davlat arxivlari kiradi. YUqorida qayd etilgan arxiv tashkilotlariga arxivlarni butlai!, Ozbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining otmish tarixi togrisidagi hujjatli yodgorliklarni jamiyat va fuqarolar manfaati uchun saqlash va foydalayaish kabi davlat majburkyatlari yuklangan. Hozirgi kunda Ozbekiston Respublikasida 80dan ortiq davlat arxialari bolib, ularda 6 mln. Yigma jildlardan iborat hujjatlar asrab-avaylab saqlanmoqda. Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, madaniy-marifiy ishlarda keng foydalanmoqda. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling