Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
-MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK VA BIBLIOGRAFIYA ASOSLARI HAMDA ULARNING TARIXCHINING ISH SOHASIDAGI AHAMIYATI
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.Abdullaev Kutubxonashunoslik asoslari, T,1988 yil. M.Matyoqubova Xiva xonligida kitobat, T,2009 yil.
6 -MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK VA BIBLIOGRAFIYA ASOSLARI HAMDA ULARNING TARIXCHINING ISH SOHASIDAGI AHAMIYATI
REJA: 1.TARIXCHI MUTAXASSISLARNING ISH SOHASIDA KUTUBXONALARNING ORNI VA AHAMIYATI 2. KUTUBXONALARNING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN ORNI VA AHAMIYATI ADABIYOTLAR: F.Abdullaev Kutubxonashunoslik asoslari, T,1988 yil. M.Matyoqubova Xiva xonligida kitobat, T,2009 yil. X.Aminov, N.Polvonov Feruzxon fehristi, T, 2009 yil. Insoniyat tarixi kurashlardan, aql va marifatning rivojidan, uning nodonlik ustidan galabasidan, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat. Insoniyat doimo muntazam taraqqiyot yolidan borgan. Inson tafakkurini ozida aks ettirib, saqlab kelayotgan ijtimoiy xotira shu taraqqiyot negizini tashkil etadi. Ijtimoiy xotira insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida biron-bir axborotni yoki malumotni qaerdadir qayd etish, royxatga olish, saqlash, qayta ishlov berish, kimgadir, avloddan avlodga etkazishning osha davrga xos shakllaridan iborat bolgan. Bu shakllar malum bir sifatga, qiyofaga yoki vositalarga ega bolgan. Jamiyatlar taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida tilning paydo bolishi dastlabki tajribalarni ozlashtirib, tahlil qilib, mehnat qurollarini takomillashtirish, ulardan foydalanish jarayonlarida kozga tashlangan. Eng muhim belgilar tuzilmasidan iborat yozuvning paydo bolishi esa fikrlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolish, bir kishidan ikkinchi kishiga etkazish, avloddan avlodga etkazish imkonini kengaytirdi. Avval xalq ogzaki ijodi korinishida, keyinchalik yozma shaklda paydo bolgan malumotlar almashinuvi ogzaki va yozma adabiyotning paydo bolishiga olib keldi. Natijada, avval ogzaki korinishdagi matnlar yozma shaklga aylandi. Insoniyat tomonidan yaratilgan ikkinchi kashfiyot kitob yuzaga keldi va hamma bilim sohasida adabiyotning mavjudlik shakllariga aylandi. Davrlar davomida kitobning shakl-shamoyili, sifati, bezatilishi, tashqi korinishi, ishlab chiqarilishi takomillashib bordi. Antik davrda orama kitoblar shakllangan bolsa, keyinchalik eramizning IV asriga kelib, muqovaga ega qolyozma kitoblar paydo boldi. XV asrga kelib esa qolyozmalarni qolda kochirib yozishdan kitob chop etishga otildi. XX asr oxiriga kelib esa ilgor mamlakatlarda elektron shakldagi kitoblar yuzaga keldi. Ammo har qanday shaklda bolmasin, kitobning mohiyati ozgarmaydi. Qolyozma holida ham, matbaa holida va elektron shaklda ham kitob ozining tub mohiyatini, ahamiyatini yoqotmaydi, uning ornini boshqa narsa egallay olmaydi. Kitob insoniyat va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismi bolib, insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida kishilarni tarbiyalash, ularning aqliy rivojlanish vositasi bolib keldi. Kitob barcha sohaga oid bilimlarni toplash, saqlash usuli sifatida ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, barcha formatsiyalarning almashinuvida va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boldi. Inson Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 2 tafakkurining rivojlanishida kitob va yozuv doimo hamroh bolgan. Bazi madaniyat va marifat shakllari ogzaki aloqa munosabatlariga asoslangan bolsa-da, yozuv paydo bolgandan songgina hozirgi kungacha etib keldi va voqelikka aylandi. Insoniyat yaratgan muomala vositalari ichida eng ishonchlisi, eng qulayi kitobdir. Barkamol inson tarbiyasi, odamlar manaviyati, madaniyati, odob-axloqi, bilim saviyasi, jamiyatda oziga xos orinni egallashi faqat kitobdan olgan bilimiga bogliq, chunki u inson aql-zakovati va bilimlarini saqlash hamda keng yoyishning eng mukammal qurolidir. Kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi, xalqlar ortasidagi munosabatni, hamjihatlikni, ozaro mehr-oqibatni tiklaydi. Dunyoda tinchlikni ornatishga, mustahkamlashga xizmat qiladi. Insoniyat yaratgan yozuvlar, kitoblar bolmaganda odamzod ozining otmishini, bilim, donolik va hikmatlarini ham bilmagan, ilm-fanni ham taraqqiy ettira olmagan bolardi. Jami ixtirolar, kashfiyotlar, taraqqiyot darajasi ham kitoblar tufaylidir. Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir, degan edi nemis yozuvchisi S. Sveyg. Kitoblar barcha zamonlar uchun eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar xazinasi, donishmandlik chashmasi bolgan va bolib qolaveradi. Kitoblar tufayli qadim davrlardagi kutubxonalar, ulardagi fondning mazmuni, katalog va kartotekalar tizimi, kutubxona xizmati korsatishning sifati haqidagi malumotlarni bilish bilan osha davr kishilarining qiziqishlari, intilishlari, hayot darajasi haqida malumotga ega bolamiz. Eramizdan avvalgi asrlarda kutubxonalarning sopol taxtachalarda bitilgan qolyozma boyliklari Ossuriya-Bobil madaniyatini tushunishga yol ochib berdi. Boshqa topilmalar kabi Mesopotamiyaning qadimgi madaniyati tarixini, uning yozuvi, saroy, cherkov va boshqa kutubxonalari sirlarini ochishga yordam qildi. Ular sababli bizgacha etib kelgan juda kop turk, fors, arab tillaridagi qolyozma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi adabiy manbalar jonli guvohligida Orta Osiyoning qadimgi sulolaviy kitob fondlari, masjid va madrasalarning kutubxonalari, shaxsiy kitob toplamlari bolganligidan xabardor bolamiz. Somoniylar, xorazmshohlar, qoraxoniylar va mogullarning Orta Osiyoga bostirib Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 3 kirgan davrida saljuqiylar davlatidagi juda boy kitob xazinalari, SHahrisabz, Samarqand va Hirotdagi Temur va temuriylar kutubxonasi, Buxoroda shayboniylar va ashtarxoniylar kutubxonasi, Qoqon, Xiva va Buxoro xonliklari kutubxonalari musulmon olamiga mashhur bolganligini bilib olamiz. YOzma axborot manbalari bolgan kitob, gazeta, jurnal va boshqalar jamiyat taraqqiyotini, manaviy, ijtimoiy-maishiy talabehtiyojlarini tola qondirishga qaratilgan va butun insoniyat taraqqiyoti davomida shu vazifani ham bajarib kelgan. YOzma hujjatlar kishilarning ozaro fikr almashuv imkoniyatlarini kengaytirgan bolsa, kutubxonalar yozma asarlar umrini uzaytirish vositasi hisoblangan. Boshqa ijtimoiy muassasalar kabi kutubxonalar ham jamiyatning eng zaruriy ehtiyojlari asosida vujudga keldi va turli davrlarda turlicha shaklda rivojlanib keldi. Buning sababi, malumotlarni qayd qilish, uzatish vositasi sifatida ijtimoiy talabga javob beradigan yozuvning paydo bolishi bilan oz-ozidan tabiiy holda ana shu yozuvlarni saqlay oladigan muassasalarni vujudga keltirishga ehtiyoj paydo bolgan edi. SHu tufayli ham kutubxonalar avval-boshdanoq jamiyatning motadil mavjudligini taminlaydigan ajralmas qismi hisoblangan. Kutubxona kitoblar va kishilik jamiyati tarixi yigindisi bolgani uchun insonparvar muassasadir. Bunda insoniyat erishgan barcha ilmlar, turli fan sohalari boyicha shaklidan, xilidan, turidan, tilidan qati nazar, adabiyotlar toplangan. Kutubxonalar zulmatga, nodonlikka, jaholatga qarshi kurashda faol bolgan, kishilar qalbiga ezgulik, yaxshilik, sahovat, sadoqat, mehr-muhabbat, oqibat uruglarini singdirgan. U insoniyat butun borligining buyuk hujjatlashgan guvohi sifatida yashab kelmoqda. Unga zarurat sezgan har bir kishi bemalol foydalana olishi va, oz navbatida, kutubxonalar shu maqsadda hammabop bolishi kerak. Bora-bora madaniyatning takomillashuvi ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyotining tarixan rivojlanishiga asos bolib, kutubxonalar, kitob fondi, ularni tashkil etish va boshqarishning, kitobxonlarga xizmat korsatishning muhim omiliga aylanib qoldi. Qadimgi davrlardagi SHumer va Nineviya sopol taxtachalaridagi yozuvlardan Misrdagi papirus orama kitoblarigacha, orta asrdagi masjid va madrasalardagi taqchil Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 4 qolyozmalardan to dastlabki maktablar uchun yaratilgan darsliklargacha bolgan hamma davrda kutubxonalar koplab tarixiy ozgarishlarni boshidan kechirdi va osha davr jamiyat talablariga, taraqqiyotiga javob berib keldi. Har bir jamiyatning goyalari, yangiliklari, oliy maqsadlari kutubxonalarning rivojlanishiga, mazmun-mohiyatiga tasir etdi. SHu tufayli, kutubxonalarning jamiyatda tutgan orni, maqsad va vazifalari shunga qarab ozgarib, rivojlanib bordi. Hamon kutubxonalar jamiyat manaviy kamolotining ajralmas tarkibiy qismi bolib qolmoqda. Zero, manaviyat kitoblar, axborot resurslarining boshqa turlari orqali shakllanadi. Buni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida korish mumkin. SHuning uchun kutubxonalarning ijtimoiy roli aniq tarixiy sharoitda namoyon boladi. Kutubxonachilik ishi hech qachon makondan va zamondan tashqarida mustaqil rivojlana olmaydi, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga boysunadi. Kutubxonalar ijtimoiy hodisa sifatida ozi ishlab turgan ijtimoiy muhit doirasiga bogliq ravishda shakllanishi buyuk haqiqatdir. Jamiyat kutubxonaning vasiysi bolgani uchun ham kutubxonalar jamiyat oldida oz faoliyatiga javobgardir va uning ehtiyojiga javob berishi shart, yani jamiyat azolarining axborotga bolgan talabini tola va sifatli qondirishi axloqiy, manaviy, ijtimoiy qoidalar darajasiga kotarildi. 18921972-yillarda yashab ijod etgan hindistonlik kutubxonashunos olim SH. R. Ranganatanning kutubxonachilik ishining besh qoidasi hozirgi davrda ham oz ahamiyatini yoqotmagan. Bular: kitoblar oqish uchun xizmat qiladi; har bir kitobning oz kitobxoni bolsin; har bir kitobxonning oz kitobi bolsin; kitobxonlar vaqtini asra; kutubxona osayotgan organizmdir. Bunday fikrlar juda kop va ulardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kitob manaviy kamolotning mahsuli, malum bir bosqich yakunidir. Kitob oqish esa, osib borayotgan manaviy ehtiyojni qondirish yoli, manaviyatni boyitish vositasi, manaviy kamolot kalitidir. Professor O. G. Qosimova va T. B. Esimovning 1994-yil nashr qilingan Umumiy Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 5 kutubxonashunoslik darsligida Ozbekistonda Kutubxonashunoslik fanining rivojlanish bosqichlari uch davrga bolib korsatilgan. Agar shunga amal qiladigan bolsak, hozirgi kunda bu davrlar tortta boladi: 19181945-yillar; 19461974-yillar; 19751990-yillar; 1991-yildan keyingi davr. Bunday bolinishlar kutubxonachilik ishidagi rivojlanish xususiyatlari va sohaga oid amalga oshirilgan ilmiy-amaliy ishlar kolamiga bogliq. Birinchi bosqichda kutubxonashunoslik masalalariga oid atigi 14 ta material elon qilingan bolsa, 19761987yillarda birgina Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan chiqarilgan Ozbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi toplamida kutubxonachilik ishining turli yonalishlari boyicha 131 ta maqola elon qilingan. 4- bosqichda esa kutubxonashunoslik masalalariga oid oquv qollanmalari, darsliklar, har ikki yilda ananaviy tarzda Ozbekiston hududida otkazilib kelinayotgan Central Asia Xalqaro anjumani, boshqa xalqaro anjumanlar toplamlarida, xalqaro seminarlar, ananaviy tarzda Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasida otkazilayotgan Betgerxonlik kunlari toplamlarida, Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yilda bir marta nashr etiladigan XXI asrda bolalar kitobxonligi Respublika seminari toplamida, KUTUBXONA-UZ oylik jurnali va Kitob dunyosi gazetasi sahifalarida muntazam maqolalar berib borilmoqda. SHu davrda sohaga oid birinchi marta qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining Axborot-kutubxona faoliyati togrisidagi Qonuni, 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Prezidentimizning Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taminlashni tashkil etish togrisidagi, 2011-yil 23-fevraldagi 20112015- yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning chora-tadbirlari togrisidagi Qarorlari, 2012-yil 20-martda qabul qilgan Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi Qarorning oziyoq bu davrning oziga xos xususiyatlarini va ahamiyatini korsatadi. Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 6 Ozbekistonda kutubxonashunoslik fanining birinchi bosqichi asosan fanning shakllanish davri deb hisoblanadi. Bu bosqichda Turkiston Respublikasida kutubxonalar tarmogini barpo qilish, kutubxonachilik ishining tashkiliy va funksional jihatlarini asoslash, uning nazariy va amaliy asoslarini yaratish, turli xil kutubxonachilik ishiga oid konferensiyalar, kengashlar, qurultoylarni chaqirish, kutubxonachilik ishiga rahbarlik qilish organlarini tashkil etish bilan bogliq ishlar bajarildi. Bu ishlarni amalga oshirish osha paytdagi Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi Ozbekiston Milliy kutubxonasi) faoliyati bilan bogliq. CHunki aynan shu kutubxonada osha davrning eng etuk kutubxonachi-bibliograflari, dastlabki kutubxonashunos, sharqshunos olimlar, madaniyat arboblari toplangan edi. Ozbekistonda Kutubxonashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi Evgeniy Karlovich Betger nomi bilan bogliq. Y. K. Betger 1887-yil 30-iyunda Toshkent shahrida tugilib, 1905-yili Toshkent erkaklar gimnaziyasini, keyin Moskva, Gendelberg, Kiev universitetlarini tugatgan. 19201924-yillari Orta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tugatadi va sharq tillari boyicha etuk mutaxassis bolib etishadi. 1914-yilda juda keng bilimga, ayniqsa, rus tilshunosligi boyicha etuk bilimga ega bolgan Y. K. Betger Toshkent erkaklar gimnaziyasida rus tili va adabiyotidan oqituvchilik faoliyatini boshlaydi. 1915-yildan uning kutubxonachilik ishi bilan bogliq hayoti boshlanadi. Avval u Rus geografik jamiyatining Turkiston bolimida ham uning azosi, ham kutubxonachi lavozimida ishlaydi. 1915-yil u bir ovozdan kutubxona mudiri lavozimiga saylanadi. A. V. Penkov bilan kitoblarni joylashtirish ishini tugatib, kartochkali va predmet katalogini tuzishga kirishadi. Olimlar yordamida fondni kengaytirishga harakat qiladi. Fond, ayniqsa, olkashunoslik xarakteridagi adabiyotlar bilan boyiydi. Y. K. Betger kutubxona fondini targib qilish ishini jonlantirdi, shu yonalishda bibliografiya ishini tashkil qiladi. A. V. Penkov bilan birgalikda 1912-yil 1-oktabrdan to 1914-yil 1- yanvargacha bolgan davrda turkistonshunoslikka oid kitoblar va maqolalarning bibliografik korsatkichini va 19141915-yillar uchun korsatkichini tuzadi. 1917-yili u Turkiston ommaviy kutubxonasining Kuzatish qomitasi tarkibiga ishga Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 7 olinadi. Bu erda u asosan kitob fondini saqlash va uni targib qilish masalalari bilan shugullanadi. Rahbarlik qobiliyatiga ega bolganligi sababli, 1918-yil Turkiston xalq kutubxonasini qayta tashkil etish komissiyasi ishiga jalb etiladi, bir vaqtning ozida Xalq komissariati qoshidagi kutubxonachilik bolimini boshqara boshlaydi. Uning tashabbusi bilan Toshkentda kutubxona xodimlarini tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Bolalar, maxsus va milliy kutubxonalar tashkil etila boshlaydi. Boshqa mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy va akademik kutubxonalarning Markaziy Orta Osiyo birlashmasini boshqaradi. Markaziy bibliografik komissiya ishiga rahbarlik qilib, kataloglashtirish boyicha masul xodim, onli tizim boyicha yirik mutaxassis va indeksator sifatida olka boyicha kutubxonalar rahbarligiga tayinlanadi. 19221931-yillar ilmiy ishlar boyicha direktor orinbosari, ilmiy kotib, 1947-yilgacha bolim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1943-yil A. I. Butakov kundaliklari mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1920-yillardayoq Y. K. Betger kutubxonalar ishini tashkil etishdagi asosiy jihatlarga etiborini qaratadi. Bular: hisobotlarni tuzishda bir xillikka erishish, kutubxona fondi va kutubxona malumot apparatini tashkil etish, katalog va kartotekalarni tuzish, kitob fondini saqlash, klassifikatsiya qilish va onli klassifikatsiya asosida tavsiflash. 1918-yili L. K. Davidov, A. A. Metelnikov bilan birga 1-marta Onli bibliografik klassifikatsiyani nashr ettiradi. Y. K. Betger bu ishni 1922-yili takomillashtirib qayta nashr ettirdi, unga sozboshi, uslubiy korsatma, foydalanish qoidalarini qoshadi. Betger kutubxonalar hisobotini va uning tarkibiy qismlarini belgilab beradi, unda kutubxonaning tuzilishi va kutubxona bolimlarida ishni tashkil etish haqidagi masalalami yoritishni talab qiladi. Bolimlar ishini qulay va togri tashkil etish kitobxonlarga ilmiy xizmat korsatishning mezoni ekanligini takidlaydi. Uni takomillashtirishda kutubxona xodimining orni beqiyosligini, buning uchun undan professional bilim, aql-zakovat, mahorat talab etilishini, kutubxonaning moliyaviy ahvoli, uning smetasini tuzish hamda tahlil qilib turish kutubxona faoliyatini rivojlantirishda, takomillashtirishda muhim ekanligini, kutubxonaning moddiytexnik bazasini mustahkamlashning kutubxona oldida turgan vazifalarni hamda aholiga kutubxona xizmati korsatishni yaxshilashning asosiy omili ekanligini korsatadi. Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 8 Orta Osiyo davlat kutubxonasi (hozirgi Milliy kutubxona)ning Y. K. Betger tomonidan tuzilgan yillik hisobotlarida qiyosiy tahlil usuli qollanilgan bolib, bu bilan kutubxonaning ijtimoiy roli yildan yilga oshib borganligi, yol qoyilgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yollarini korish mumkin. Y. K. Betger bibliografik faoliyatga, ayniqsa, olkashunoslik bibliograiiyasiga katta etibor beradi. Nashr etilmay qolib ketgan bolsa ham, u juda koplab olkashunoslik xarakteridagi bibliografik korsatkichlarni tuzadi. Arab, fors va boshqa sharq tillarini mukammal bilgan mutaxassis sifatida hozirgi SHarqshunoslik instituti faoliyatida ham ishtirok etadi. 194749-yillarda sharq qolyozmalarini tavsiflash ishida, 1952-yil tuzilgan OzFA sharq qolyozmalari katalogining 1-jildini tuzishda qatnashadi. Nizomiy, Sadiy, Navoiy, Ogahiy asarlarini tarjima qiladi. 1953-yili uzoq yillik samarali mehnatlari uchun Ozbekistonda xizmat korsatgan kutubxonachi unvoni bilan taqdirlanadi. A. P. Arxangelskiy va Stenmaxiar esa kutubxona budjeti, kitob fondining osib borishi kutubxonachilik ishining taraqqiyotini belgilab beradigan omil bolibgina qolmay, balki kutubxonaning ijtimoiy rolini ham korsatib beradi deb takidlashgan. Buni yana kitobning ommaga etkazib berilishiga, kutubxona ishi mazmunining ozgarishiga bogliq bolib, yangi tipdagi kutubxonalar avvalgi kutubxonalardan siyosiy va madaniy masalalarni ilgari surishi bilan ajralib turishi zarur degan goyani ilgari surishgan. Ushbu goyani rivojlantirib, kutubxonalarning muhim vazifalaridan biri kutubxonaga zarurati, ehtiyoji katta bolgan uy bekalari, uy xizmatkorlari, kosiblami va boshqalami jalb qilish zarurligini aytganlar. Kutubxonaning tarbiyaviy rolini oshirish uchun kutubxonachilik ishi sifatini yaxshilash, kitobxonlarga tabaqalashtirilgan (differensial) xizmat korsatish zarurligini korsatdilar. O. V. Maslova va M. N. Latipovalarning 1931-yil nashr etilgan Alifbo katalogi amaliy qollanmasida asarlarni tavsiflashda qollaniladigan ruscha-ozbekcha qisqartirilgan sozlar lugati va boshqalar ozbek tilida nashr qilingan kitoblar asosida ishlab chiqiladi. Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 9 Olga Vasilevna Maslova yirik kutubxonashunos-bibliograf, Respublikada xizmat korsatgan kutubxonachi, tarix fanlari nomzodi, xalqimiz manaviy merosining faol targibotchisi 1893-yil 11-sentabrda Toshkentda harbiy xizmatchi oilasida tugilgan. Faoliyati davomida malumot-bibliografiya apparatini, tarix, geografiya, geologiya, gidrologiya, biologiya, Orta Osiyo xalqlari madaniyatiga oid bibliografik ishlarni tuzadi. Bibliografik tavsif, annotatsiya va sharhlarni tuzish metodikasiga alohida etibor qaratadi. Kutubxonashunoslik fani taraqqiyotining birinchi bosqichi kutubxonachilik nazariyasining tashkiliy masalalari bilan bogliq bolib, ular 1921-yil noyabr oyida Markaziy idoralararo kutubxonachilik komissiyasining barpo qilinishi, 1923-yil Toshkent shahrida kutubxona birlashmalarining tashkil etilishi, turli kutubxonachilik kengashlari, konferensiyalar, seminarlar, qurultoylarning chaqirilishi, respublikadagi ayrim kutubxonalar faoliyatini tekshirish, kutubxona shoxobchalarini rivojlantirish rejalarining tuzilishi, etakchi kutubxonalarning ilgor ish tajribalarini organish, targib qilish, ommalashtirish va boshqa ishlar amalga oshirildi. Osha davrda kutubxonashunoslar tomonidan bazi bir muammolar organilgan va rivojlantirilgan. Bular: Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 10 kutubxonachilik ishi tarixi va nazariy asoslarining umumlashtirilishi (Ozbekiston davlat kutubxonasi asarlarining nashr qilinishi va ilmiy sessiyalarning otkazilishi); Ozbekiston davlat kutubxonasining ilmiy hisobotlarini tuzish va faoliyatini tahlil qilish; kutubxonachilik xizmati korsatishning ahvoli va kutubxona fondini toldirish muammolarini organish; kutubxona shoxobchalari va tarmoqlarini tashkil qilish; tavsiflash metodlari va alifbo katalogini tashkil qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqish hamda ozbek tilidagi kutubxonachilik atamalari muammolarini tadqiq etish; turli xil nazariy qarashlar (tanqidiy, munozarali), aniq namoyon bolgan onli bibliografik klassifikatsiya jadvali nazariy va amaliy asoslarining ishlab chiqilishi. Ozbekistonda kutubxonachilik fani rivojlanishining ikkinchi bosqichi birinchi bosqichdan farqli ravishda sohada mahalliy millat vakillarining kopayishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda kutubxonachilik ishining umumiy masalalaridan tortib, alohida kutubxonalar faoliyati, kutubxona tarmoqlari, kutubxonalar ishining ayrim yonalishlari, kitobxonlarga xizmat korsatish, kutubxona fondiga oid muammolar, kutubxonalar ishini tashkil qilish, kutubxonalarda ilgor tajribalarni organish, umumlashtirish va targib qilish, boshqa kutubxonalar amaliyotiga joriy etish, kutubxonalar ish tajribalarini ommalashtirish va targib qilish maqsadida toplamlar nashr qilish, lugatlar, malumotnomalar tuzish, malum mavzularda dissertatsiyalar yaratish masalalari asosiy orinda turdi. 1940-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab matbuotda Ozbekistonda kutubxonachilik ishi, uning tashkil etilishi, tarmoqlarning rivojlanishi, A. Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining faoliyati, tashkiliy-metodik ishlariga oid materiallar paydo bola boshlaydi. 1950-yillar ortalariga kelib, jamoa xojaliklari kutubxonalari ishi keng organiladi va ular matbuotda yoritila boshlanadi. Otgan asrning 60-yillariga kelib, qishloq va shoro xojaligi kutubxonalarining faoliyati, taraqqiyoti boyicha Ozbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi [ SAVIYA.UZ ]. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan malumot olinganda yoki boshqa saytlarga joylashtirilganda sayt nomi havolasi bilan korsatilishi shart! | 11 materiallar paydo boldi. Markaziy ilmiy qishloq xojaligi kutubxonasi faoliyati, qishloq va shoro xojaligi kutubxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yoritila boshlandi. 1950-yillardan bolalar kutubxonalari xodimlarining bolalarga kutubxona xizmati korsatish, ilgor tajribalarni ommalashtirish, bolalar oqishiga rahbarlik qilish, bolalar bilan ishlash masalalarini yoritadilar. Otgan asrning 60-yillari boshlariga kelib, ochiq kitob fondlarini tashkil etish masalasi oldingi oringa chiqdi. 1960- yilda Fargona va Buxoro viloyatida tuman kutubxonalarining ochiq kitob fondi sharoitida kitobxonlarga xizmat korsatish tajribasi organilib, respublika miqyosida bu ilgor tajribani yoyishga otildi. Dastlab bu masalada Moskva va Sankt-Peterburgda nashr qilingan uslubiy qollanmalardan foydalanildi. SHuning uchun milliy tildagi adabiyotlar fondini shakllantirish, kitoblarni joylashtirish usullarini ishlab chiqish, tavsiya bibliografik qollanmalarining etishmasligi, katalog va kartotekalar tizimining takomillashmagani tufayli kutubxona fondi mazmuni tola ochib berilmasligi, ochiq kitob fondi sharoitida kutubxonachining bolishi shart emas degan tushunchalarning paydo bolishi kutubxonachilik ishini takomillashtirishdagi asosiy tosiqlar bolib qoldi. SHu sababli, Ozbekiston davlat kutubxonasi metodik markaz sifatida ochiq kitob fondi sharoitida kitobxonlar oqishiga rahbarlik qilish, kutubxona fondini organish va toldirish, katalog va bibliografk qollanmalardan foydalanish hamda boshqa dolzarb masalalar boyicha tajribalarni organish, ommalashtirish, umumlashtirish masalalari bilan shugullandi. Kutubxonachilar uchun viloyat, shahar, tuman kutubxonalarida ochiq kitob fondini tashkil etish, fondni joylashtirish, kutubxonachilarga yordam beradigan adabiyotlar royxatini oz ichiga olgan tavsiya uslubiy qollanmalar ishlab chiqish boshlandi. SHu sharoitda oqishga rahbarlik qilish, kitobxonlar qiziqishini organish, ommaviy, bolalar, kasaba uyushmalari, texnika kutubxonalarida ochiq fondni tashkil etish kabi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling