O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
3.16-rasm. 3G texnologiyasi
Diapazonlar soni va foydalanish zonasiga qarab telefonlar sinflarga va chastota oʻzgarishiga boʻlinadi: Bir diapazonli - telefon bitta polosali chastota bilan ishlashi mumkin. Hozirda mavjud emas, lekin ba’zi bir telefon modellarida, masalan, Motorola C115-da qoʻllanilgan yoki telefonning muhandislik menyusidan foydalanib ma’lum chastota diapazonini qoʻlda tanlash mumkin. Ikki diapazonli (Dual Band) - Evropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya uchun 900/1800 hamda Amerika va Kanada uchun 850/1900. Uch diapazonli (Tri-band) - Evropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya uchun 900/1800/1900 hamda Amerika va Kanada uchun 850/1800/1900. Toʻrt diapazonli (Quad Band) – barcha 850/900/1800/1900 diapazonlarni qoʻllab-quvvatlaydi. 206 Simsiz dastur protokoli (WAP) (inglizcha Wireless Application Protocol - ma'lumotlarni simsiz uzatish protokoli) maxsus GSM tarmoqlari uchun yaratilgan boʻlib, unda portativ qurilmalararo (mobil telefon, PDA, peyjerlar, ikki tomonlama radioaloqa qurilmalari, smartfonlar va boshqa terminallar) Internet vositasidagi aloqani oʻrnatish kerak. WAP ikkita tarmoq texnologiyalarining birlashishi natijasida paydo boʻldi: ma'lumotlarni simsiz raqamli uzatish texnologiyasi va Internet. WAP-dan foydalangan holda mobil qurilmadan foydalanuvchi Internetdan har qanday raqamli ma'lumotlarni yuklab olishi mumkin. Mobil qurilmalarni monoxrom (keyinchalik toʻrt va sakkiz rangli) ekranlarida mobil kontentni namoyish qilish uchun WAP bilan bir qatorda, WML HTMLga oʻxshash, ammo ancha engil va mobil qurilmalar uchun ixtisoslashgan texnologiya yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 21-maydagi 173- sonli buyrugʻiga ilova tariqasida Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi, shu jumladan Internet xizmatlarini koʻrsatish qoidalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Aloqa toʻgʻrisida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ma’lumotlar uzatish tarmogʻi, shu jumladan Internet xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini belgilaydi. Mazkur qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan: GSM-shlyuz – mobil aloqa tarmoqlari va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari oʻrtasida trafikni oʻtkazish uchun moʻljallangan apparat- dasturiy vosita; IP-shlyuz – IP tarmoqlar va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari oʻrtasida trafikni oʻtkazish uchun moʻljallangan apparat- dasturiy vosita; 207 IP-adres – TCP/IP texnologiyalari bilan boshqariladigan ma’lumotlar uzatish tarmogʻida kompyutyerlar yoki uzellarni identifikatsiyalaydigan noyob adres; IP-televideniye (IPTV) – televideniye, video, audio, matn, grafika va shu kabi, boshqa ma’lumotlar, IP protokoli asosidagi tarmoqlar ta’minlanadigan, sifat, xavfsizlik, interaktivlik va ishonchlilikning talab qilinadigan darajasini ta’minlash maqsadida boshqariladigan multimedia xizmatlari; IP-telefoniya – IP texnologiyasi asosida paketlar kommutatsiyalanadigan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli axborot, jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqani ayirboshlash xizmati; SMS-shlyuz – mobil telefondan foydalanmasdan SMS xabarlar joʻnatish va olish imkonini beradigan apparat-dasturiy vosita; Wi-Fi xizmati tashkilotchisi – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha oʻzlarining chetki uskunalaridan, mijozlar yoki tashrif buyuruvchilar hisoblanadigan tor doiradagi foydalanuvchilarga uskunadan foydalanishni taqdim etadigan ma’lumotlar uzatish tarmogʻi operatori yoki ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari provayderi yoxud abonent – yuridik shaxs; Wi-Fi xizmatlari – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha chetki uskunalarga foydalanuvchilarning cheklangan doirasiga uskunadan foydalanishni taqdim etish; abonent – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi operatori yoki ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari provayderi bilan shartnoma tuzgan, ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs; autentifikatsiya – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan identifikatsiyalash ma’lumotlarining haqiqiyligini aniqlash; domen nomi – axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet tarmogʻida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom; 208 domen nomlari tizimi – Internet tarmogʻida domen nomlarini berish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi; identifikatsiyalash – mavjud ma’lumotlar asosida ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchi shaxsini aniqlash; Internet tarmogʻi – yagona adres va nomlar makonidan foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP protokoliga muvofiq ishlaydigan koʻplab tarmoqlardan iborat global xalqaro tarmoq (boshqariladigan tarmoqlar birlashmasi); Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punkti – foydalanuvchilarga Internetdan foydalanish yuzasidan haq evaziga yoki bepul xizmatlar koʻrsatish joyi; ma’lumotlar uzatish – ma’lumotlarni (raqamli shaklda taqdim etilgan, elektron vositalar bilan qayta ishlash uchun yaroqli boʻlgan, nutqni, matn, faksimil xabarlar, dinamik tasvirlarni (videoni) va boshqalarni oʻz ichiga oladigan axborotlarni) ikkilik signallar koʻrinishida, keyinchalik hisoblash texnikasi vositalari bilan qayta ishlash uchun, telekommunikatsiyalar vositalari orqali bir punktdan boshqa bir punktga koʻchirish; ma’lumotlar uzatish tarmogʻi – Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona xizmat koʻrsatish, taqdim etish va toʻlov prinsiplari asosida barcha jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotlar uzatish xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻi; ma’lumotlar uzatish tarmogʻi operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ma’lumotlar uzatish tarmogʻiga ega boʻlgan, uning ishlashini, rivojlanishini ta’minlovchi va ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs; ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari – operator va provayderning ma’lumotlar uzatish tarmogʻi orqali signallar va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlash boʻyicha faoliyati mahsuli; ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) – foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs; 209 ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs; xosting xizmatlari – Internet tarmogʻida doimiy boʻladigan serverda axborotni joylashtirish uchun texnik resurslarni taqdim etish xizmati; Operator va provayderning Oʻzbekiston Respublikasi hududida ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya asosida amalga oshiriladi. Operator yoki provayder tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan va ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanishning taqdim etilishi, operatorlar va provaydyerlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shuningdek operatorlar yoki provaydyerlarning abonentlar bilan oʻzaro munosabatlari yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari roʻyxati operator yoki provayder hamda abonent oʻrtasida tuziladigan ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak. Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi orqali ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarining quyidagi turlari taqdim etilishi mumkin: ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish (turli standartlar boʻyicha), trafik tranziti, shuningdek ma’lumotlar uzatishning xalqaro tarmoqlaridan, jumladan Internetdan foydalanish; real vaqtda axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish; elektron xabarlar qabul qilish va uzatish (shu jumladan, elektron pochta); konfidensial axborotni kriptografik va boshqacha muhofaza qilish; kichik (quyi) tarmoq ajratish; domen va domen nomlari tizimini roʻyxatga olish va olib borish; IP-adres ajratish va tutib turish; IP-telefoniya va IP-televideniye (IPTV); xosting xizmatlari. Operator yoki provayder qonun hujjatlariga muvofiq ma’lumotlar uzatish tarmogʻining boshqa xizmatlarini ham koʻrsatishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling