Virtual reallik buyumlari
VR buyumlariga virtual olamga shoʻngʻish uchun foydalanadigan
barcha qurilmalarni kiritish mumkin, shu jumladan:
Virtual reallik kostyumi
VR koʻzoynaklar
Qoʻlqoplar
VR xonasi
Virtual reallik kostyumi – odamga virtual reallik dunyosiga kirishga
imkon beradigan qurilmadir. U tashqi dunyodan butunlay ajratib turadigan
kostyum, ichida video ekran, koʻp kanalli akustik tizim va terining asab
tolalariga ta’sir qiluvchi elektron qurilmalar mavjud boʻlib, ular teginish
illyuziyasini yoki, masalan, esayotgan shamolni keltirib chiqaradi.
Hozirgi vaqtda bunday kostyumni ishlab chiqarish uning yuqori
narxi tufayli maqsadga muvofiq emas, shuning uchun odatda virtual
makonga qisman kirish uchun virtual reallik shlemi va qoʻlqoplari
ishlatiladi.
Biroq, Amerikaning NullSpace VR startapi taqdim etgan kostyum
virtual reallik kostyumi deyish mumkin. Hardlight deb nomlangan ushbu
qurilma atigi 1,5 kilogramm ogʻirlik bilan tananing yuqori qismiga
moʻljallangan. Kostyumga turli xil mushak guruhlari uchun mas’ul boʻlgan
sensorlar va tebranish motorlari biriktirilgan. Hardlight yordamida
foydalanuvchi virtual voqelikda narsalarga tegina olishni sezishi mumkin.
Endilikda kompaniyaning veb-saytida qurilmani oldindan buyurtma qilish
mumkin.
Yangi texnologiyalar goʻzalligini his qilishning oson va arzon usuli
bu virtual reallik koʻzoynaklari va shlemlardir. Biror kishi bunday
moslamani oʻrnatgandan soʻng, uning koʻrgan narsasi virtual olamdir.
Bunda virtual reallik koʻzoynaklari va AR koʻzoynaklari oʻrtasidagi
asosiy farq koʻrinadi. Virtual reallik koʻzoynaklari naushniklarga
oʻxshaydi, lekin faqat koʻzlar uchun moʻljallangan.
248
Do'stlaringiz bilan baham: |