O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


partiyadagi barcha shlemlarning 14 daqiqadayoq sotildi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi


partiyadagi barcha shlemlarning 14 daqiqadayoq sotildi. 
Bu esa VR texnologiyalari koʻtarilishining boshlanishi va ushbu 
sohaga investitsiyalarning keskin oʻsishi ramzi edi. 2015 yildan boshlab 
virtual reallik texnologiyalari haqiqatan ham yangi texnologik Klondaykga 
aylandi. 
Jahon VR va AR texnologiyalari bozoridagi vaziyatga baho berilsa, 
rivojlanish tendensiyalari kuzatiladi. 
Virtual reallik imkoniyatlari ommaviy iste’molchilarga hali taqdim 
etilmagan boʻlsa-da, taniqli kompaniyalar ushbu texnologiyalarni faol 
rivojlantirmoqdalar. 


243 
Universal Studios egasi Comcast kompaniyasi, Monrealdagi unchalik 
kata boʻllmagan Felix&Paul-VR studiyasiga 6.8 million dollar sarmoya 
kiritdi. Shuningdek, New York Times ham virtual reallikni rivojlantirishga 
mablag‘ sarflamoqda. Nashriyot koʻplab 360 gradusli “Kann sherlari” 
festivalida gʻolib boʻladigan videolarni taqdim etdi. 
2014 yilda Facebook Oculus VR kompaniyasini 2 milliard dollarga 
sotib oldi. Keyinroq esa 3D avatarlari va VR oʻzaro ta’sirlash qobiliyatiga 
ega ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi. 
HTC kompaniyasi ham trendda – 2016 yilda kompaniya oʻzining 
Vive platformasini rivojlantirish uchun 100 million dollar ajratdi. HTC 
kompaniyasi HTC RE mahsulotlar turkumini ishlab chiqdi va ularning 
virtual reallik shlemi Oculus Riftning raqobatchisiga aylandi. HTC nafaqat 
oʻz mahsulotlarini ishlab chiqadi, balki VR-startaplari uchun 
akleleratorlarni ham yaratadi. San-Frantsiskoda Vive X akleleratoridan 
demo kuni boʻlib oʻtgan, unda 26 kompaniya oʻz texnologiyalarini 
namoyish etdilar. 
Texnologiyalar bozorining rivojlanishiga boshqa yirik ishtirokchilar 
ham oʻz hissalarini qoʻshishdi – Sony 2015 yilda 3D imo-ishora anglash 
tizimlarini ishlab chiqaruvchisi SoftKineticSystems ni sotib oldi va 
Samsung kompaniyasi esa Amerikaning animatsion virtual reallikka 
ixtisoslashgan Baobab Studios startapiga 6 million dollar sarmoya 
kiritishini e’lon qildi. 
Yirik kompaniyalar oʻzlarining virtual reallik moslamalarini (HTC 
Vive, Oculus Rift, PlayStation VR) ishlab chiqaradilar, shu bilan birga ular 
uchun eksklyuziv oʻyinlar va dasturlarni ishlab chiqadilar. Ammo agar 
ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan oʻzaro aloqa qilishni, tajriba 
almashishni va virtual reallik texnologiyalarini ommalashtirishni 
boshlasalar, jarayon misli koʻrilmagan darajada oʻzgarishi mumkin. Shu 
maqsadda, sohaning yirik kompaniyalari 2016 yil oxirida VRni 
rivojlantirish va ilgari surish bilan shugʻullanadigan Global Virtual reallik
Uyushmasini (Global Virtual Reality Association-GVRA) tuzdilar.
Uyushma tarkibiga Acer (Starbreeze), Google (Cardboard, Daydream), 
HTC (Vive), Facebook (Oculus Rift), Samsung (Gear VR) va Sony 
(PlayStation VR) kabilar kiradi. 


244 
AR/VR kompaniyalarining ulkan oqimiga kirishni istovchilar, 
e’tiborini, Venture Reality Fund bilan Frantsiyaning LucidWeb 
kompaniyasi birgalikda tashkil etgan 300 dan ortiq kompaniyalarni oʻz 
ichiga toʻliq qamrab oluvchi VR industrial ekotizimiga qaratishi kerak. 
Agar texnologiya nuqtai nazaridan uzoq xorij mamlakatlari 
yetakchilik 
qilsa, 
kommunikasiya 
sohasida 
Rossiya 
chet 
ellik 
hamkasblarini ortda qoldirdi. 2015 yil iyun oyida Rossiyada toʻldirilgan va 
virtual reallik uyushmasi paydo boʻldi.
Rossiya VR va AR texnoligiyalari bozorida aksariyat xorijiy 
ishlanmalar (Oculus Rift, HTC Vive) asosida loyihalarni amalga 
oshiradigan kichik kompaniyalar faoliyat yuritadi. Jumladan, 2011 yil 
bozorda paydo boʻlgan AR Production kompaniyasi Toʻldirilgan reallik
muzeyi, “Gazprom” uchun AR va “Kuban” agroxoldingga virtual sayohat 
kabi turli kompaniyalar uchun loyihalarni amalga oshirgan. 
Ammo hamma kompaniyalar ham Gʻarbdagi hamkasblarining 
ishlanmalari asosida biznes yuritishni istashmaydi. Rossiyaning Boxglass 
kompaniyasi nafaqat 360 formatda videolarni suratga oladi va AR / VR 
dasturlarini ishlab chiqadi, balki oʻzining virtual reallik koʻzoynaklarini 
ham ishlab chiqaradi. 
VE Group kompaniyasi yanada ilgʻor, u 10 yillar oldin tashkil etilgan 
boʻlib, oʻzini virtual reallik tizimlari va 3D vizualizatsiya tizimidagi 
integrator deb ataydi. Virtual tadqiqotlar markazlari va VR xonalarini 
rivojlantirishdan tashqari, kompaniya neft va gaz sanoati, ta’lim va qurilish 
uchun VR yechimlarini ishlab chiqaradi. 
Rossiyadagi virtual reallik bozorida yirik va unchalik katta 
boʻlmagan startaplar ham taqdim qilingan. Muvaffaqiyatga erishganlarning 
orasida Gravis va Media Markt nemis riteyl tarmoqlari bilan virtual reallik 
shlemlarini etkazib berish boʻyicha kelishuvga erishgan Fibrum startapini 
ajratib koʻrsatish mumkin.(3.21-rasm)
Yana bir qiziqarli loyiha – LiveMap toʻldirilgan reallik mototsikl 
shlemi, uning yakuniy versiyasi CES 2018 da taqdim etilgan. 
VR va AR texnoligiyalari bozoridagi start-up loyihani amalga 
oshirish uchun mablag‘ boshlangʻich topishning uchun eng oson usuli
albatta, investorlarni jalb qilishdir. 


245 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling