O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
-rasm. Fibrum dan VR shlemining koʻrinishi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
3.21-rasm. Fibrum dan VR shlemining koʻrinishi Bir infografikada CB INSIGHTS kompaniyasi VR va AR texnologiyalariga eng koʻp sarmoya kiritadigan jamgʻarmalarni toʻpladi. Birinchi uchtalikka, quyidagi xorijiy kompaniyalar kirdi: Rothenberg Ventures – “chegaraviy texnologiyalar”ga e’tibor qaratgan sohadagi eng faol investor hisoblanadi. River Accelerator firmasi boshlangʻich darajadagi VR va AR startaplariga sarmoya kiritadi. Ularning eng soʻnggi kelishuvlaridan biri Vicarious jarrohlik robototexnikasini ishlab chiqaradigan VR Medtech kompaniyasi bilan tuzilgan edi. BoostVC – bu blockcheyn texnologiyasi va virtual reallikka qaratilgan akseleratordir. Boostning soʻnggi sarmoyasi Finlyandiyada asos solingan VR-kontent yaratish platformasi boʻlgan Vizor hisoblanadi. Vive X – VR HTC minigarniturani ishlab chiqaruvchining akseleratoridir. U korporativ vositalardan (Snobal) boshlab futbolga oid sport mashgʻulotlariga (Soccerdream) qadar barcha sohalardagi startaplarni oʻz ichiga oladi. Virtual va toʻldirilgan reallikdan amaliyotda foydalanish Virtual reallik – bu tarkibiy qismlarning rivojlanishi bilan bir vaqtda infratuzilma va texnologiyalar ham rivojlanadigan sohadir. Agar shlem yoki virtual reallik koʻzoynagi boʻlsa, ular orqali koʻrish yoki amalga oshirish mumkin narsa ham boʻlishi kerak. 246 Shu sababli, sohani rivojlantirishning bir necha asosiy yoʻnalishlarini, ularning mazmuni va qoʻllanilish doirasiga qarab ajratib koʻrsatish mumkin. Shu jumladan, oʻyinlar; kino; sport dasturlari va koʻrsatuvlari; ijtimoiy tarmoqlar; marketing; ta’lim; tibbiyot; savdo va koʻchmas mulk; sanoat va harbiy-sanoat kompleksi kabilarni misol keltirish mumkin. Quyida turli xil sohalarda VR va AR texnologiyalarining qanday qoʻllanilishi haqida soʻz boradi. Virtual reallik tarixidan ma’lumki, ushbu texnologiyalarning rivojlanishi asosan harbiy maqsadlarda foydalanishdan boshlangan. Oʻtmishdan beri VR ishlanmalari takomillashdi va endi ular nafaqat harbiy ishlarda, balki boshqa sohalarda ham qoʻllanila boshlandi. Jumladan, ruhiy kasalliklarni davolashda yaxshi samara berdi. Garvard universiteti mutaxassislari ruhiy kasalliklarni, ayniqsa – ogʻir nevrozlar va fobiyalarni davolashda zamonaviy VR usullarining samaradorligini oʻrganilgan maqola chop etishdi. Va Buyuk Britaniya va Ispaniyadan kelgan bir guruh olimlar virtual reallikdan foydalanib depressiyani davolash usulini ishlab chiqdilar va uning samaradorligini namoyish etdilar. Eng foydali VR ishlanmalari tibbiyotda qilinyotgani toʻgʻridir. Tibbiyot muassasalari talabalari endi jasadlar ustida oʻz mahoratini oshirishi shart emas, ularning oʻrniga ta’sirli virtual trenajyorlar paydo boʻldi. Marketingda ham virtual va toʻldirilgan reallikka oid qiziqarli yechimlar mavjud. Agar marketing va reklama shunchaki vaqt hamda pulni isrof etish deb faraz qilinsa, Bill Klintonning qambagʻallikka qarshi “Inside Impact” Jamgʻarmasi loyihasi buning aksini isbotlaydi. Sharqiy Afrika mamlakatlarining rivojlanishi uchun mablag‘ toʻplash uchun jamgʻarma tomonidan 360 graduslik kamera bilan film suratga olingan. Namoyish paytida tomoshabinlar o‘zlarini Bill Klinton va uning qizi Chelsi bilan Keniyada koʻrishadi. Unda OITV/OITS, bezgak, tugʻruqxonalarning yetishmasligi va quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari mavzularini koʻtarilar ekan, tomoshabinlarni koʻcha-koʻyda, maktablarda va boshqa muassasalarda qoʻllaridan tutgan holda empatiyaga undaydi va jalb qiladi. 247 Agar VR texnologiyalari juda ham oʻziga xos va har qanday biznes uchun mos boʻlmasa, AR texnologiyalarini deyarli har bir sohada qoʻllash mumkin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling