O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
3.22.-rasm. VR-koʻzoynak
Super Data ma’lumotlariga koʻra, 2016 yilda ushbu VR minigarnituralaridan taxminan 6,3 milliontasi sotib olingan. Ular orasida Oculus Rift, HTC Vive, Samsung Gear VR, Sony HMZ-T1, Silico MicroDisplay ST1080 savdo yetakchilari boʻlishgan. Bunday qurilmalarning narxi 100 dan 900 dollargachani tashkil etadi. Virtual reallik qoʻlqoplari virtual oʻyin ixlosmandlari orasida eng mashhurdir. Ular oddiy Ashan qoʻlqoplariga oʻxshaydilar, biroq oʻyin motorini ishlatib, qoʻl harakatlarini hisobga oladi va ekranda immitasiya qilishlari mumkin. Bir juft qoʻlqop narxi 200-500 dollarni tashkil qiladi. Eng qiziqarli qurilmalar qatoriga Xitoyning Dextra Robotics kompaniyasining ishlanmasini misol keltirish mumkin. 3.23 - rasm. Dexmo F2 qoʻlqopi 249 Dexmo qoʻlqoplari insonning jismoniy sezgilarini virtual ob’yektlar bilan oʻzaro ta’sir ettirishga qodir. Ular foydalanuvchi qoʻllari harakatining 11 darajali erkinligini kuzatadilar va qoʻl virtual ob’yektga tegishi bilan har bir barmoq ustida harakat qiladi. Ajablanarlisi shundaki, agar qoʻlga virtual tosh olinsa, barmoq oʻtkazgichlari haqiqiy tosh qoʻlda boʻlgandagiga qaraganda qattiqroq siqishga imkon bermaydi. Dextra Robotics bilan bir qatorda, Oculus, Contact Ci, Manus VR, HTC va boshqa kompaniyalar tomonidan ham qoʻlqoplar yaratilgan. VR xonasi (yoki CAVE tizimi, gʻor) virtual olamga toʻliq shoʻngʻish tajribasini ta’minlaydi. Shlemlardan koʻra xonalarning asosiy ustunlik va afzalliklari yuqori rasm oʻlchamlari, tomosha kechikishining pastligi, keng koʻrish maydoni, xona boʻylab boshni va fazoviy “sichqoncha”ni harakatlantirish, agar kerak boʻlsa, butun tanani, shu jumladan barmoqlarni (agar virtual reallik kostyum va qoʻlqoplaridan qoʻshimcha foydalanilganda) harakatga keltira oladi. Albatta, bunday xonaning narxi, shlem kabi, 100 dollar emas, lekin nisbatan arzonroq 3D proyektorlar chiqarilgandan keyin narx pasaymoqda. Inson oʻzining uyiga VR xonasini oʻrnatishi mantiqqa toʻgʻri kelmaydi, lekin koʻngilochar joylarda bu texnologiyalarni sinab koʻrish mumkin. Masalan, Moskvada ExitGames qvest oʻyin markazi HTC Vive tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar asosida Rossiyada birinchi virtual reallik xonasini ochdi. Oʻyin 60 daqiqa davom etadi, unda bir vaqtning oʻzida 5 kishi qatnashishi mumkin. Moskva davlat universitetida ham shunga oʻxshash xonalar mavjud. Toʻgʻri, talabalar ularda oʻynashmaydi, lekin ilmiy tajribalar oʻtkazishadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, virtual va toʻldirilgan reallik dastlab, harbiy va tibbiy ehtiyojlar uchun ishlab chiqilgan, ammo vaqt oʻtishi bilan ushbu texnologiyalar koʻngilochar oʻyinlar sanoatida rivojlana boshladi. Mutaxassislar ushbu texnologiyalar kelajagi haqida turli xil prognozlarni berishmoqda. Jumladan, Oculus bosh ilmiy xodimi Maykl Abrash 2016 yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Connect konferentsiyasida kelgusi besh yil ichida sohaning rivojlanishi toʻgʻrisida qator farazlarni ilgari surdi. Abrash virtual reallikning vizual xususiyatlarini yaxshilash muhim deb hisoblaydi. Tabiatan, inson 220 gradusli koʻrish qobiliyatiga ega – har bir gradusga 250 120 piksel toʻgʻri keladi. Rift va Vive kabi zamonaviy shlemlar har bir gradusi 15 pikselga teng boʻlgan 100 gradusli koʻrish maydoni va 1080 × 1200 imkoniyatini beradi. Uning fikriga koʻra, besh yil ichida, har bir gradusga toʻgʻri keluvchi piksellar sonini – 30 ga yetkazib, ikki baravar oshirishga va har bir koʻz uchun 4000 × 4000 oʻlchamdagi koʻrish maydonini 140 gradusgacha kengaytirishga umid qilishimiz mumkin. Abrash “toʻldirilgan virtual reallik” deb ataladigan real dunyoga virtual olam elementlarini qoʻshish masalasiga toʻxtalgandi. Kelajakda shlemlar boʻshliqni skanerlashi va foydalanuvchining jismoniy muhitidan VR ilovalariga buyumlarni oʻtkazishlari mumkin. Shuningdek, foydalanuvchini real vaqt rejimida videotasvirga olingan joylarga «teleportatsiya» qilish ham ahamiyatli boʻlishi mumkin. Asosan, bu aralash reallikka oʻxshaydi. Abrash aniqlik kiritib: toʻldirilgan virtual reallik shlemlari toʻldirilgan reallik shlemlaridan keskin farq qilishini, chunki ular nafaqat grafikalarni joylashtirishga, balki har bir pikselni aralash sahnada boshqarishga imkon berishini aytgan. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling