O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
§ Virtual texnologiyalar (VR va AR )
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.18-rasm. Virtual, toʻldirilgan va aralash reallik
7 § Virtual texnologiyalar (VR va AR )
Reja: 1. VR va AR tushunchalari 2. Jahonda VR va AR texnologiyalarining rivojlanishi 3. VR va AR texnologiyalaridan amaliyotda foydalanish Virtual reallik (ing. virtual reality-VR) – odamga uning sezgilari orqali: koʻrish, eshitish, hidlash, teginish va boshqalar orqali uzatiladigan texnik vositalar yordamida yaratilgan olamdir. Virtual reallik ta’sir qilish va unga javob reaksiyalarini imitasiya qiladi. Toʻldirilgan reallik (ing. augmented realit y- AR) – har qanday hissiy ma’lumotlarni qoʻshib, real dunyoni toʻldiradigan texnologiyalar. Nomiga qaramay, ushbu texnologiyalar virtual ma’lumotlarni real dunyoga olib kirishi va undagi narsalarni olib tashlashi mumkin. AR qobiliyatlari faqat qurilmalar va dasturlarning imkoniyatlari bilan cheklangan. 69 3.18-rasm. Virtual, toʻldirilgan va aralash reallik VR va AR oʻrtasidagi farqni aniqlab olish kerak: VR haqiqiy dunyoni toʻsib qoʻyadi va foydalanuvchini raqamli olamga olib kiradi. Agar inson maxsus moslamani taqib yashash xonasi oʻrniga oʻzini dengiz tubida sayohat qilayotgandek his qilsa, bu VR dir. AR haqiqiy dunyoni raqamli dunyo elementlari bilan toʻldiradi. Agar koʻchada piyoda ketayotgan vaqtda toʻsatdan trotuarda Dregonayt pokemon paydo boʻlsa, u holda bu ARdir. (3.19-rasm) 69 https://rb.ru/story/vsyo-o-vr-ar/ 240 3.19-rasm. Toʻldirilgan reallik misoli: Pokemon GO oʻyini Virtual reallikning rivojlanishi oʻtgan asrning 50-yillarida boshlangan. 1961 yilda “Philco corporation” harbiy maqsadda foydalanish uchun birinchi Headsight-VR shlemini ishlab chiqdi va bu ushbu texnologiyaning amaliyotda ilk bor qoʻllanilishi edi. Lekin bugungi tasnifga asoslanilsa, mazkur tizim koʻproq AR texnologiyalariga toʻgʻri keladi. Morton Heylig haqli ravishda virtual reallikning otasi deb hisoblanadi. U 1962 yilda dunyodagi birinchi “Sensorama” deb nomlangan virtual simulyatorni patentladi. Ushbu qurilma tashqi koʻrinishidan 80- yillardagi oʻyin avtomatlariga oʻxshagan katta qurilma edi va u tomoshabinga virtual voqelikka kirishga, masalan, Bruklin koʻchalari boʻylab mototsikl haydashga imkon berdi. Ammo Xeylig ixtirosi sarmoyadorlarda ishonchsizlik uygʻotdi va olim ishlanmalarni toʻxtatishga majbur boʻldi. (3.20-rasm) Xeyligdan bir necha yil oʻtgach, Garvard professori Ayvan Suzerlend tomonidan shunga oʻxshash qurilma taqdim etildi, u talaba Bob Spraul bilan birgalikda “Damokllar qilichi” nomli - boshga oʻrnatiladigan displeyga asoslangan birinchi virtual reallik tizimini yaratdi. Bunda koʻzoynak shiftga mahkamlangan va rasm kompyuter orqali tarqatilgan. Bunday noqulay ixtiroligiga qaramay, Markaziy razvedka boshqarmasi va NASA texnologiyaga qiziqish bildirdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling