O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Elektron tijorat tarixi
Elektron tijoratning birinchi tizimlari va usullari sotishni avtomatlashtirish texnologiyalari paydo boʻlishi va korporativ resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarining joriy qilinishi bilan bogʻliqdir 7 . 1960 yilda Amerikaning American Airlines va IBM kompaniyalari parvozlarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishga kirishdilar. SABRE ( Semi-Automatic Business Research Environment ), ya’ni Yarim Avtomatik Tadqiqot Atrof-muhit tizimi oddiy yoʻlovchilar uchun havo qatnovini yanada arzonlashtirib, ularga doimiy ravishda oʻsib borayotgan parvozlar va parvoz tariflarini boshqarishda yordam bergan. Oʻrindiqlarni bron qilishda tariflarni hisoblash jarayonini avtomatlashtirish tufayli xizmatlar narxi pasayib, yoʻlovchilar tashish hajmi ortgan 8 . American Airlines va IBM oʻrtasidagi qoʻshma loyiha elektron tijoratning birinchi namunasidir. 1971 yilda Stenford universiteti va Massachusets texnologiya instituti talabalari Stenford sun’iy intellekt laboratoriyasining ARPANET kompyuter tarmogʻidan foydalanib, marixuanani sotishni tashkil etishgan. Keyinchalik, ushbu bitimlar birinchi onlayn oʻtkazmalar, elektron tijoratning boshlanishi deb hisoblangan 9 . 6 « Electronic Commerce», Gary Schneider, Course Technology, 2008 7 Yurasov A. V. «Osnovi elektronnoy kommertsii», Goryachaya liniya-Telekom, Moskva, 2007 god 8 http://www.aerohelp.ru/data/432/cir313.pdf 9 Michael Power. Online highs are old as the net: the first e-commerce was a drugs deal // The Guardian. 2013. Аpril. 41 1979 yilda Maykl Oldrich birinchi onlayn xarid qilish tizimini taqdim etgan 10 . 1981 yilda biznes uchun birinchi onlayn xarid qilish tizimi Thomson Holidays UK tashkil etilgan 11 . 1982 yilda Minitel France Télécom tomonidan butun mamlakat boʻylab taqdim etilgan va onlayn buyurtmalar uchun foydalanilgan. 1983 yilda Kaliforniya shtati assambleyasi Vulkan shahrida (Kaliforniya shtati) birinchi “elektron tijorat” tinglovini oʻtkazgan 12 . 1995 yilda Jeff Bezos Amazon.com ni ishga tushirgan va birinchi 24 soatlik reklamasiz Radio HK va NetRadio radiostansiyalar ish boshlagan. eBay dasturchi Per Omidyar tomonidan AuctionWeb nomi bilan yaratilgan. Toʻrt yildan soʻng Xitoyda Alibaba Group tashkil etilgan. 1997 yilda 149 ming AQSh dollariga tashkil etilgan Business.com eCompanies ga 7,5 million dollarga sotilgan. Huddi shu davrda Napster-dan peer-to-peer dasturi ishga tushirilgan. ATG Stores Internet orqali uy bezak buyumlari savdosini boshlagan. 2001 yil dekabr oyida Alibaba.com rentabellikka erishgan. 2002 yilda eBay PayPal-ni 1,5 milliard dollarga sotib oldi 13 . Amazon.com oʻzining birinchi yillik daromadini 2003 yilda e’lon qildi. 2004 yilda B2B onlayn-tranzaktsiyalari boʻyicha birinchi xitoy platformasi DHgate.com yaratilgan va bu boshqa B2B saytlarini «sariq sahifalar» modelidan ketishiga sabab boʻlgan 14 . 2007 yilda Business.com saytini R.H. Donnelley 345 million dollarga sotib olgan. 2015 yilda Amazon.com AQShga qariyb 500 million SKU sotish orqali elektron savdo oʻsishining yarmidan koʻpini tashkil etgan 15 . 2017 yilda: dunyo boʻylab elektron tijorat chakana savdosi 2,36 trln. dollarga etgan, va 2016 yilga nisbatan 14,8%ga oʻsgan(1.9-rasm). 10 Tkacz, Ewaryst; Kapczynski, Adrian. Internet - Technical Development and Applications. Springer. - 2009. - С. 255. - ISBN 978-3-642-05018-3. 11 Palmer.C. Using IT for competitive advantage at Thomson Holidays // Institute of Strategic Studies Journal. London- Pergamon Press.. - 1988. - С. 26-29. 12 E Commerce – Essays – Hpandurang92 // Study mode. — 2013. 13 eBay acquires PayPal Investor // Investor. eBay.. — 2012. — Декабрь 14 Diane Wang: Rounding up the "Ant" Heroes // Sino Foreign Management. — 2011. 15 Amazon will account for more than half of 2015 e-commerce growth, says Macquarie // Market Watch. 42 Soʻnggi 20 yil ichida Internet tarmogʻidan foydalanuvchilar sonining jadal koʻpayishi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa interfaol onlayn platformalar ta’sirining kuchayishi, elektron toʻlov tizimlarining dinamik rivojlanishi va etakchi bozor ishtirokchilarining elektron tijorat uchun yangi texnologik platformalarga oʻtishi tufayli elektron tijorat bozori eng dinamik ravishda rivojlanmoqda 16 . (Web 1.0 dan Web 2.0-ga, soʻngra Web 3.0-ga). Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling