O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 97.57 Kb.
bet17/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
man

11-modda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.Qarang: mazkur Konstitutsiya 91-moddasining birinchi qismi, 114-moddasining birinchi qismi va 130-moddasi.
12-modda.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.
13-modda.
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.Qarang: mazkur Konstitutsiyaning 25 — 35-moddalari.Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.Qarang: mazkur Konstitutsiyaning 54 — 58-moddalari.
14-modda.
Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Xulosa
Xulosa qulib aytganda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarda Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga saylovlarda okrug komissiyasi tegishincha viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi mazkur qaror haqida okrug saylovchilarini xabardor qiladi.O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga takroriy saylovlar asosiy saylov o`tkazilgan kundan boshlab bir oy ichida, lekin kamida o`n besh kun keyin o`tkaziladi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga takroriy saylovlar asosiy saylov kunidan keyin ikki hafta ichida o`tkaziladi.Takroriy ovoz berish chog`ida ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko`p olgan Respublika Prezidentligiga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga nomzod, takroriy ovoz berishda ro`yhatga kiritilgan saylovchilarning yarmidan ko`pi qatnashgan va bu nomzodni yoqlab berilgan ovozlar unga qarshi berilgan ovozlardan ortiq bo`lgan taqdirdagina saylangan hisoblanadi.O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga takroriy ovoz berish, agar ovoz berish chog`ida belgilangan miqdorda Senat a'zolari saylanmagan bo`lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a'zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini to`plamagan nomzodlar bo`yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining (xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari) qo`shma majlislarining o`zida o`tkaziladi.



Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling