O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Download 97.57 Kb.
bet10/18
Sana08.11.2023
Hajmi97.57 Kb.
#1754586
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
man

Aralash saylov tizimi. Aralash saylov tizimlari majoritar va proporsional saylov tizimlarini birlashtirish tamoyiliga asoslangan saylov tizimidir.Har bir partiya o`z nomzodlari ro`yxatini tuzadi va bu ro`yxatga kirgan nomzod bir mandatli saylov okrugida o`tkaziladigan saylovda ham qatnashishi mumkin.Aralash tizimning qo`llanilishi qat'iy proporsional tizimda mavjud bo`lgan mayda partiyalarning ko`payib ketishini oldini oladi. Undan tashqari mavjud kichik partiyalar bir mandatli majoritar tizimli saylovlarda yutqazsalarda, proporsional saylovlar bilan buning o`rnini to`ldirib olishlari mumkin. Lekin, Rossiyada mavjud bo`lgan 5% li to`siqning bo`lishi buning amalga oshishiga ancha to`sqinlik qiladi.Aralash tizimning qo`llanilishi ikki turdagi deputatlarning saylanishiga olib keladi. Birinchisi saylov okrugidagi saylovchilar bilan ancha bog`liq bo`lgan deputat bo`lib o`z saylovchilari oldida o`z ma'suliyatini sezadi. Ikkinchisi partiya ro`yxati vositasida saylangan deputat bo`lib, u ma'lum okrug saylovchilariga uncha tanish bo`lmasligi mumkin, chunki saylovchi ovoz berganda alohida nomzod uchun emas, balki partiya ro`yxati uchun ovoz beradi. Natijada saylangan deputat o`zini muayyan saylov okrugi saylovchilari oldida emas, balki uni ro`yxatga kiritgan partiya rahbarlari oldida hisobdor sezadi.Saylovning bu shaklida saylov okrugida bir necha mandat bo`lsada, har bir saylovchi faqat bir ovozga ega bo`ladi. Saylovchi partiya ro`yxatiga kiritilgan o`ziga ma'qul bo`lgan nomzodni yoqlab ovoz berishi mumkin. Bunday ovoz berish ko`p mandatli saylov okruglarida mandatlar bo`linishining olingan ovozlarga mutanosibligini ancha ta'minlasada, saylovchi-deputat munosabatlarini susaytiradi. Chunki saylovchining faqatgina bir ovozga ega bo`lishi, partiyalarning saylovchilar e'tiborini qozonishga unchalik harakat qilmasalarda, osongina mandatlarga erishishini ta'minlaydi.
Har bir yuridik jarayon singari saylov jarayoni ham o`zida huquqiy normalar tizimini mujassamlashtirgan faoliyatdir. Davlat hokimiyati, o`zini-o`zi boshqarish organlariga bo`ladigan saylovlarni o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatni saylov jarayoni deb tushunamiz. Xamda ushbu faoliyat qat'iy belgilangan tartibda, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu quyidagilardan iboratdir.

Download 97.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling